Mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar


Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/19
tarix30.01.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#51803
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Mavzu kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatl (1)

 

5.6.Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat 

      Birinchi  bor  maktabga  kelgan    bola  o‘z  atrofdagilari  bilan  psixologik  jihatdan  yangi 

munosabat  tizimiga  o‘tadi.    U  hayotining  tubdan    o‘zgarganini,    unga  yangi  majburiyatlar, 

nafaqat,  har  kuni  maktabga  borish,  balki  o‘quv  faoliyati  talablariga  bo‘ysunish        ham     

yuklatilganligini    his     eta    boshlaydi.  Bola  insoniy  munosabatlar  tizimida  ham  alohida 

o‘rin  egallayotganini  bila  boshlaydi.  Ota-onasi,  yaqinlari,  atrofdagilari  unga  Yosh  boladek 

emas,  balki  o‘z  vazifalari,  majburiyatlari  bor  bo‘lgan,  o‘z  faoliyat  natijasiga  ko‘ra  hurmatga 

sazovor  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  alohida  shaxs  sifatida  munosabatda  bo‘ladilar.        Oila 

a’zolarining bola o‘quv faoliyati, yutuqlari bilan qiziqayotganligi, Shuningdek,   uni   nazorat   

qilayotganligi,      unga      qilinayotgan      yangi  muomala,  munosabat  uning  ijtimoiy  mavqei 

o‘zgarganligini to‘la his etishiga,  o‘ziga nisbatan munosabatining o‘zgarishiga asos  bo‘ladi. 

Kichik  maktab  Yoshidagi  o‘quvchilarning  muhim  xususiyatlaridan  biri  ulardagi 

o‘qituvchiga  ishonch  hissi  bo‘lib,  bunda  o‘qituvchining  o‘quvchiga  ta’sir  ko‘rsatish 

imkoniyati  juda kattadir.  Bola  o‘qituvchini  aql  sohibi,  ziyrak,  sezgir,  mehribon  inson  deb 

biladi.  O‘qituvchining  obro‘si  oldida  ota-onalar,  oilaning  boshqa  a’zolari,  qarindosh 

urug‘larining nufuzi keskin kamayadi. SHu  sababli, bolalar o‘qituvchining har bir so‘zini 

qonun  sifatida  qabul  qiladilar.  Demak,  kichik  maktab  Yoshidagi  o‘quvchilar  rivojida 

etakchi  bo‘lgan o‘quv  faoliyati  o‘qituvchi  shaxsi  va  o‘quvchi  bilan  munosabat  uslubining 

ahamiyati juda kattadir. 

Kichik  maktab  davrida  bolaning    boshqa  insonlar  bilan  munosabatlarida  katta 

o‘zgarishlar  ro‘y  beradi.Bolaning  muloqoti  endi  aniq  maqsadga  qaratilgan 

bo‘ladi.Bunga  sabab  bir  tomondan  o‘qituvchining  doimiy  ravishda  unga  ko‘rsatadigan 

faol  ta’siri  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan  o‘quv  jamoasining  ko‘rsatadigan  ta’siridir. 

O‘qituvchining  dars  jarayonida  har  bir  o‘quvchiga  ta’sir  ko‘rsatishi  uchun  qulay  imkoniyati 

bor.  O‘quv  faoliyatining  boshlanishi  jarayonida  bolaning  kattalar  va  tengdoshlari  bilan 

qiladigan muomala-munosabatlari yangicha tus ola boshlaydi. "Bola-katta" munosabati "bola-ota-

ona"  munosabatidan  tashqarida  yuzaga  keladi.  CHunki,  o‘qituvchi  bolaga  ota-onaga  nisbatan 

ko‘proq  ravishda  normativ  talablar  qo‘yadi.  Bundan  tashqari    bolaning  oilasi  va  tevarak 

atrofdagi odamlar  bilan  ham  muloqotida katta o‘zgarishlar  bo‘ladi . Oilada  endi  bolani 

ma’lum  bir  majburiyat  va  huquqlari  bo‘lgan  shaxs  sifatida  qabul  qilinadi  va  bu  o‘z-

o‘zidan  bola  bilan  bo‘lgan  munosabatlarda  o‘z  aksini  topadi.    Atrofdagilar  bilan 

munosabatda  esa  bola  o‘z  “Men”ini  namoyon  etishga  harakat  qiladi.  L.S. 

Vigotskiyning  ta’kidlashicha,  faqat  jamoaviy  hayot  ichida  va  ijtimoiy  munosabatlar 

ta’sirida  bolaning  individual  xulq-atvori  shakllanadi.  Faqat  o‘qituvchigina 

o‘quvchisiga    turli  qat’iy  talablar  qo‘yib,  ularning  xatti-harakatlarini  baholay  oladi, 



bolaning  ijtimoiylashuviga  sharoit  yaratib,  uni  huquq  va  burchlar–ijtimoiy  maqoni 

tizimida  standartlashuviga  olib  kela  oladi.  O‘qituvchining  munosabat  uslubi  o‘quvchining 

faolligiga  bevosita  ta’sir  ko‘rsatadi.  Kichik      maktab      Yoshidagi      o‘quvchi      faolligining   

asosan   uch   xil ko‘rinishi  mavjud  bo‘lib,  bular:  jismoniy,   psixik  va  ijtimoiy faollikdir. 

O‘qituvchining  dars  jarayonida  har  bir  o‘quvchiga  ta’sir  ko‘rsatishi  uchun  qulay 

imkoniyati  bor.  O‘quv  faoliyatining  boshlanishi  jarayonida  bolaning  kattalar  va 

tengdoshlari  bilan  qiladigan  muomala-munosabatlari  yangicha  tus  ola  boshlaydi.  "Bola-katta" 

munosabati "bola-ota-ona" munosabatidan tashqarida yuzaga keladi. CHunki, o‘qituvchi bolaga 

ota-onaga  nisbatan  ko‘proq  ravishda  normativ  talablar  qo‘yadi.  Birinchi  bor  maktabga 

kelgan  bola  hali  o‘zini  to‘liq  anglashi  va  o‘z  xatti-harakatlarini  aniq  bilishi  qiyin.  Faqat 

o‘qituvchigina bolaga me’yorlar qo‘yishi, ularning xatti-harakatlarini baholashi, o‘z xatti-

harakatlarini  boshqalar  bilan  moslashtirishga  sharoit  yaratishi  mumkin.  Boshlang‘ich 

sinfda  o‘quvchilar  o‘qituvchi  tomonidan  qo‘yiladigan  yangi  shartlarni  qabul  qiladilar 

va  ularning  qoidalariga  to‘la  amal  qilishga  harakat  qiladilar.  Bola  uchun  o‘qituvchi 

uning psixologik holatini belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanib, bu holat uning nafaqat 

sinfdagi, balki, umuman tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosabatiga, bu munosabat esa o‘z-

o‘zidan oilasidagi  munosabatlariga  ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bu munosabatlar 

uning  o‘quv  faoliyati  muvaffaqiyatini  ham  belgilab  beradi.  O‘qituvchining  o‘quvchilarga 

ta’sir  ko‘rsatishi  va  munosabatining  quyidagi  uslublari  mavjud.  Avtoritar  uslub:  bu 

qattiqqo‘llik  bo‘lib,  bunda  o‘qituvchi  o‘quvchilarini  so‘zsiz  o‘ziga  bo‘ysunishlarini  talab 

etadi.  Lekin,  nima  uchun  qatiqqo‘lliq  qilayotganini  yoki  o‘quvchilariga  nima  uchun 

o‘zlarini shunday tutishlari lozimligini tushuntirib bermaydi, Shuningdek, o‘quvchilarni 

o‘z  xatti-harakatlarini  mustaqil  boshqarishga  ham  o‘rgatmaydi,  o‘qituvchi  dars  davomida 

o‘quvchilaridan  jim  o‘tirishini,  savollarga  doimo  qo‘l  ko‘tarib,  o‘qituvchining  ruxsati  bilan 

javob  berishini,  o‘qituvchining  ko‘rsatmalarini  so‘zsiz  bajarishini  talab  etadi.Bunday 

pedagoglar o‘quvchilarning qiziqishlari asosida emas, balki asosan o‘quv rejasi asosida dars 

o‘tadilar.  Dars  davomida  ham  bahs-munozara  uchun  deyarli  imkoniyat  yaratilmagan  holda 

asosan  o‘qituvchining  fikri  singdiriladi.  O‘quvchilari  bilan  muomala  munosabatda  ham 

ularning  individual  psixologik  xususiyatlari,  jumladan,  nerv  tizimining  qo‘zg‘aluvchanlik 

darajasini  ham  e’tiborga  olmaydilar.  Bu  uslub  o‘qituvchini  sinfdan,  o‘quvchidan 

uzoqlashtiradi.  Emotsional  sovuqlik  sinfda  intizomli  o‘quvchida  yakkalanish,  xavotirlik, 

himoya  qilinmaganlik  hissini  ham  yuzaga  keltiradi.  Bu  uslub  sinfda  yuqori  o‘zlashtirish 

ko‘rsatkichini  berishi,  lekin  bu  o‘zlashtirish,  asosan,  xotira  sababli  bo‘lib,  lekin  mustaqil 

tafakkur, ijodkorlik, hozirjavoblik kabi xususiyatlarni rivojlanishdan ortda qolishiga  sabab 

bo‘ladi, unda doimiy xavotirlik o‘ziga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. 


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin