I.BOB. Talabalar jismoniy va amaliy tayyorgarliklarini tashkil etish shakllari.
1.1.Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishda ta'lim uslublarining ahamiyati.
Talabalar Jismoniy tarbiya amaliyotida ta'limning ko`plab turli uslublari va
uslubiy shakllari qo`llaniladi.
Uslublarni quyidagi uch guruhga birlashtirish mumkin:
a) og`zaki;
b) ko`rgazmali;
v) amaliy.
Og`zakilik uslubi jismoniy tarbiya jarayonida mashqlarni tushuntirish,
mashqlarni o`zlashtirish bo`yicha suhbatlar, munozaralar, muhokamalar hamda
tahlil etish shaklida bo`ladi. Tushuntirish uslubi nisbatan ko‘proq qo`llaniladi. U
6
mashqning mohiyatini ochib beradi, talabalarda harakat haqida tasavvur hosil qiladi.
Tushuntirish uslubida qiyoslash, taqlid qilishni ko`p qo`llash mumkin. Tushuntirish
davomida talabalar ham mashqlar va harakatlarga oid bo`lgan yangi so`zlarni
o`rganib boradilar. Qiyin mashqlarni tushuntirishda esa talabalar diqqatini asosiy
maqsadga yo`naltirish kerak. Ko`rinib turibdiki, tushuntirish og`zakilik uslubining
asosiy shakli hisoblanadi va talabalarga o`rganiladigan material haqida to`la
tasavvur beradi.
Suhbat savol-javob shaklida o`tkaziladi. O`qituvchi yo`llovchi savollar
yordamida materialni o`zlashtirish darajasini aniqlaydi, shuningdek, talabalarda o`z
fikrlarini aytish istagini qo`zg`aydi. Suhbat o`qituvchi va talabalar o`rtasidagi
muammolarning qulay shakli bo`lib, o`rganiladigan o`quv materialini o`tilgan o`quv
materiali bilan bog`lash va uni talabalar tushunishlari darajasini aniqlash ular
diqqatini faollashtirish uchun foydalaniladi. Suhbat doimo o`z mavzusiga
yo`naltirilgan qiziqarli bo`lishi kerak.
Buyruq va qarorlar jismoniy tarbiya jarayonini boshqarish vositasi hisoblanadi.
Buning asosida o`qituvchi jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida buyruq berib
talabalarni boshqarish masalalarini hal etadi. Buyruq va qarorlardan talabalar
jismoniy mashqlarni bajarayotganlarida va darsni o`tish jarayonida o`qituvchi
rahbarlik qilish uchun buyruq va qarorlaridan foydalanadi. Buyruq usullari
talabalarda harakatlarni bajarishga bo`ladigan ta'sir sifatida shakllanadi.
o`qituvchining buyruqlari aniq, lo`nda va qisqa bo`lishi kerak. Shuningdek ohangli
darajada bajarilishi kerak.
Ko`rsatmalar ta’lim muassasalarining guruxlarida mashqlarni bajarishda
qo`llaniladi. Ko`rsatmalar butun guruhga yoki bir talabaga tegishli bo`lishi mumkin.
Jismoniy tarbiyaninig og`zakilik uslubidan yana bir shakli ko`rsatma va
tavsiyalardir. Ular jismoniy mashqlar texnikasini egallash, xatolarni bartaraf etish
hamda yangi mashqlarni o`zlashtirish davomida berib boriladi.
Mashqni amalda bajarib ko`rsatish usuli jismoniy tarbiya jarayonida muhim
ahamiyatga ega. Ta'lim uslublari ichida eng tushunarlisi ko`rsatish uslubi
hisoblanadi. Ko`rgazmali uslublarda mashqlarni ko`rsatish yetakchi o`rinni
7
egallaydi. Umuman ko`rgazmalilikni qo`llanish, xususan ko`rsatish kichik yoshdagi
talabalarni o`qitishda zarurdir. Ko`rsatish juda samarali bo`lish uchun talabalarni
yaxshi uyushtirish va ular kuzata olishlari uchun sharoit yaratish lozim. Mashq
talabalarga yaxshi ko`rinadigan joyda, bajarilib ko`rsatilish kerak. Mashqlarni
namoyish etishda o`qituvchi faol sportchi talabalardan foydalanish mumkin. Bu usul
talabalarga ijobiy ta'sir etadi. O`z o`rtog`i mashqni bajarganligini ko`rib talabalarda
ishonch hosil bo`ladi. Avval talabalarni mashq namoyishini diqqat bilan kuzatishga
jalb etish kerak. Mashqlarni bir necha marotaba takrorlab ko`rsatish zarur. Birinchi
ko`rsatishda mashq to`g`risida umumiy tasavvur berish kerak. Talabalalar mashqni
o`rganish davomida qismlarga bo`lib bajarish, va bunda o`qituvchi xatolarni tuzatib
borish kerak. Mashqni namoyish qilish jarayoni doimo tushuntirish bilan birga olib
boriladi. O`rganiladigan jismoniy mashq o`qituvchi va talabalar tomonidan amalda
bajarilishi kerak, shundagina talabalarda harakat to`g`risida malaka va ko`nikmalar
shakllanadi. Bu malaka va ko`nikmalarni shakllanishi darajasi o`qituvchini shu
harakatni o`zi bilishi, amalda bajara olishi hamda uni o`rgatish mahoratiga bog`liq.
Mashqni amalda bajarish uslublari quyidagi variantlarda bo`lishi mumkin.
Mashq namoyish qilinadi so`ng tushuntiriladi.
Mashq tushuntiriladi va namoyish qilinadi.
Mashq namoyishi tushuntirish bilan birga bajariladi.
Amaliy uslubda talabalar har bir harakatni amalda bajaradilar, ko`rsatadilar,
takrorlaydilar. Ta'limning asosiy vazifasi shug`ullanuvchilarda mustahkam
harakatlanish ko`nikmalarini shakllantirishdan iborat. Bu vazifani hal etish uchun
o`rganiladigan harakatlarni ko`p martalab takrorlash zarur. O`rganiladigan
harakatlarni rejali ravishda mashq qilish talabalarga jismoniy tayyorgarlikning eng
yuqori natijalariga erishishlarda yordam beradi, ularni sog`lom qiladi, bilimini
oshiradi. Musobaqa va o`yinlar ham jismoniy mashqlarni takomillashtirish uslubi
sifatida talabalarda bir qadar malaka hosil bo`lganidan keyingina qo`llaniladi.
Musobaqada o`quv materialini o`tish davomida eng yaxshi jamoalar, guruhlar yoki
ayrim talabalar aniqlanadi.
8
Ko`rgazmali qurollardan jismoniy tarbiya mashg`ulotlari davomida, rasm,
jadval, devoriy gazeta, maket hamda o`qitishning texnik vositalari, kino va
videofilm kabilardan foydalanish ham ta'lim tarbiya jarayonini samaradorligini
oshirishga katta hissa qo`shadi. Harakatlar haqida to`g`ri tasavvur hosil qildirish
uchun ko`pincha ko`rgazmali qurollardan foydalaniladi. Ko`rgazmali qurollar
suratlar, jadvallar, rasmlar, fotosuratlarni darsda o`qituvchi rahbarligida yoki, agar
ular guruxda yoki zalda osib qo`yilsa, darsdan tashqari vaqtda mustaqil ravishda
ko`rib chiqish mumkin. Ko`rgazmali qurollarni talabalar o`zlari tayyorlashi ham
mumkin. Jismoniy tarbiya jarayonida mo`ljalga olish uchun moslamalardan
foydalanish juda qulay bo`ladi. Buning uchun ma'lum bir balandlikka buyum yoki
jism o`rnatilib shuni mo`ljalga olib harakatlar bajariladi. To`pni to`g`ri otish,
sakrash, to`pga tegish mashqlari shunday vaziyatda oson o`rganiladi.
Hozirgi zamonaviy axborot vositalari takomillashgan davrda videofilmlardan
o`quv jarayonida samarali foydalanish asosiy o`rinni egallamoqda. Buning uchun
tajribali murabbiylar rahbarligida o`tkaziladigan dars, trenirovka mashg`ulotlari
videotasmalarga yozib olinib shu mavzuga oid mashg`ulotlarda namoyish etilishi
mumkin. Shu bilan birga sport turlari bo`yicha musobaqalarning video
yozuvlarilaridan jismoniy tarbiya mashg`ulotlari jarayonida samarali foydalanish
mumkin. Video yozuvlarning qulayligi har qanday vaziyatni tasmaga tushirish va
kerakli jarayonlarni ko`p marotaba takror va sekinlashtirilgan holda ko`rish
muhokama etish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |