«jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi»


Jismoniy madaniyat va sportning asosiy vazifalari



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/21
tarix02.02.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#51999
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
talabalar jismoniy va amaliy tayyorgarliklarining axamiyati.

Jismoniy madaniyat va sportning asosiy vazifalari. 

Jismoniy tarbiya va sportni har tomonlama rivojlantirish birmuncha murakkab 

va qiyin, ko‘p qirrali vazifa bo‘lib, jamiyat taraqqiyotida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. 

Jismoniy  tarbiya  ahloqiy  tarbiya  bilan  uzviy  bog‘liqdir.  Sport  musobaqalari, 

bellashuvlar  paytida  sportchida  halollik,  ulug‘vorlik,  raqibiga  nisbatan  hurmat  va 

boshqa  ahloqiy  fazilatlar  tarbiyalanib  boradi.  Jismoniy  tarbiya  va  sport 

mashg‘ulotlari  bilan  muntazam  shug‘ullanish  aqliy  rivojlanishga  kuchli  ta’sir 

ko‘rsatadi. Jismoniy mashqlar va sport mashg‘ulotlari bilan aqliy aloqalar bir-biriga 

bevosita bog‘liqdir. Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jismoniy mashqlar va 

sport  bilan  shug‘ullanish  ma’lum  miqdorda  hissiyot  organlari  ko‘nikmalarini 

takomillashtirishda  ayniqsa,  mushaklar  harakati,  ko‘rish,  sezish,  idrok  qilishga 

yaxshi zamin yaratadi. 

Mehnat tarbiyasi, mehnat ko‘nikmalarini egallash orqali, ya’ni mashg‘ulotlarda 

o‘z-o‘ziga  xizmat  qilish,  mashg‘ulotlar  o‘tkazish  uchun  gigiena  sharoitlarini 

yaratish,  sport  buyumlari  va  uskunalarini  jihozlash,  tozalash  va  joylashtirishda 

ishtirok  etish,  sport  maydonchalarini  obodonlashtirish  singari  umumiy  foydali 

mehnat jarayonida ta’minladi. O‘quv mashg‘ulotlari va o‘quv mashqlari jarayonida 

jismoniy tarbiya yoki sport bilan shug‘ullanuvchilar jismoniy mashqlarni bir necha 

marotaba takrorlasa yoki uning alohida qismlarini yod olsa, o‘zini mehnatsevar qilib 

tarbiyalaydi. 

Jismoniy  tarbiyaning  har  qanday  maxsus  vazifalarini  hal  etishda  albatta 

sog‘lomlashtirish  afzalligiga  e’tibor  berish  kerak.  Jismoniy  tarbiya  vositalarini 

tanlashda  va  jismoniy  chiniqish  tadbirlari  sog‘lomlashtirishga  qaratilgan  jarayon 

bilan  birga  qo‘shib  olib  boriladi.  Shuning  uchun  jismoniy  tarbiya  va  sport 

mashg‘ulotlari  bilan  shug‘ullanishning  asosiy  shartlaridan  biri  shug‘ullanuvchi 



22 

 

sog‘lig‘ini  jiddiy  nazorat  qilishdir.  Bu  ish  o‘qituvchi-shifokor  tomonidan  olib 



boriladi. Jismoniy tarbiya va sport-halqlar o‘rtasida hamkorlik, tinchlik va do‘stlikni 

mustahkamlaydigan vositadir. Shunday qilib, jismoniy madaniyat va sport kishilarni 

birlashtirish, tinchlik mustahkamlash, halqlar o‘rtasida va o‘zaro bir-birini tushunish 

vaziyatini yaratishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.  

O‘zbekiston Respublikasining "Halq ta’limi haqidagi" va "Jismoniy tarbiya va 

sport  haqida"  qonunida  O‘zbekiston  Respublikasining  fuqarolari  o‘z 

salomatliklarini  yaxshilash  va  mustahkamlash  uchun  jismoniy  jihatidan 

chiniqishlari to‘g‘risida qayg‘urishlari shart, degan fikr ta’kidlanadi. Bu qonun to‘la 

ma’noda maktabdagi jismoniy tarbiya ishiga ham taalluqlidir. 

Jismoniy 

tarbiyaning 

maqsadidan  kelib 

chiqqan  holda 

talabalarni 

sog‘lomlashtirish,  chiniqtirish,  jismoniy  rivojlantirish,  harakat  malaka  va 

ko‘nikmalarini  shakllantirish  bo‘yicha  Jismoniy  tarbiyaning  asosiy  vazifalari 

belgilanadi: 


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin