«jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi»


Ta’lim muassasasidagi jismoniy tarbiya vositalari



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/21
tarix02.02.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#51999
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
talabalar jismoniy va amaliy tayyorgarliklarining axamiyati.

2.2.Ta’lim muassasasidagi jismoniy tarbiya vositalari. 

 Jismoniy mashqlar, mehnat, tegishli kun tartibi va tabiatning tabiiy omillaridan 

foydalanish talabalarni jismoniy tarbiyalash vositalari hisoblanadi. 

Talim muassasasida jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi jismoniy mashqlardir. 

Jismoniy mashqlar talabalarda harakat malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish 

bilan  bog‘liq  vazifalarni  hal  etadi,  harakat  apparatining  rivojlanishiga  yordam 



25 

 

beradi, qon aylanish va modda almashishini yaxshilaydi, nafas olishga ijobiy ta’sir 



etadi. Talim muassasasidagi jismoniy tarbiyaga oid amaliy ishlarda qo‘llaniladigan 

harakatlar 

tezkorlikni, 

epchillikni, 

egiluvchanlik, 

kuchni, 


chidamlilikni 

rivojlantiradi va kishining yurish, yugurish, sakrash, muvozanat saqlash, uloqtirish, 

tirmashib  chiqish  kabi  tabiiy  harakatlarni  to‘g‘ri  bajarish  ko‘nikmalarini 

mustahkamlaydi.  Jismoniy  mashqlarni  to‘g‘ri  qo‘llashda  mashqlarni  tanlash  va 

ularni o‘tkazish uslubiyati katta ahamiyatga ega. Jismoniy mashqlar harakatlariga 

o‘rgatish jarayonining bir qismida ham shuningdek yaxlit jarayonning ishtirok etadi. 

O‘yin va musobaqalar tarkibida jismoniy mashqlar mavjud bo‘lib bolalarni jismoniy 

rivojlanish hamda jismoniy fazilatlarni takomillashtirishni amalga oshiradi.  

Tabiat omillar yordamida chiniqish muolajalari har bir dars mashg‘ulotlari va 

kun  tartibidagi  jismoniy  tarbiya  tadbirlari  amalga  oshirilib  borish  kerak.  Shunga 

qaramay chiniqish tadbirlarining asosiy qismi sayrlar va turizmda o‘tkaziladi. Unda 

shug‘ullanuvchilarni suzish va cho‘milish, quyoshda toblanish hamda toza havoda 

sayr qilish va o‘yinlar musobaqalar o‘tkazish tadbirlari amalga oshiriladi.  

O‘qituvchi avvalo o‘z ishini yaxshi bilishi va sevishi kerak. U har tomonlama 

yetuk  pedagog  va  sport  texnikasi  mahoratiga  ega  bo‘lishi  kerak.  Chunki 

o‘qituvchining pedagogik mahorati qanchalik yuqori va jismoniy tarbiya bo‘yicha 

maxsus bilimlar doirasi keng bo‘lsa, unda tarbiyaviy masalalarni hal etish imkoni 

shuncha ko‘p bo‘ladi. O‘qituvchi nafaqat pedagogik jihatdan kamol topgan bo‘lishi, 

balki tashqi ko‘rinishi jihatdan ham sport formasi - tayyorgarligini egallagan bo‘lishi 

katta  ahamiyatga  ega.  U  sohaning  xususiyatiga  ko‘ra  oddiylikka  va  harakatda 

ifodalilikka,  qaddi-qomatning  chiroyli  bo‘lishiga,  yengil  va  chiroyli  yurishga  ega 

bo‘lishi  kerak.  Bulardan  tashqari  u  madaniyatli  bo‘lishi,  yurish-turishi  bilan 

shug‘ullanuvchilarda estetik zavq uyg‘ota olishi lozim. O‘qituvchi ma’naviy boy, 

quvnoq,  xushmuomala,  pedagogik  nazokatli  bo‘lishi  kerak.  U  o‘quv  jarayoni  va 

sinfdan  tashqari  ishlarni  rejalashtirishni  mukammal  bilishi,  Vatanimiz  va  chet 

ellarda sodir bo‘layotgan sport ishlaridan muntazam xabardor bo‘lishi zarur. Buning 




26 

 

uchun  esa  u  muntazam  ravishda  o‘zining  sport  va  pedagogik  mahoratini  oshira 



borishi kerak. Chunki undan jamiyatning faol quruvchisini tarbiyalash talab qilinadi.  

Jismoniy tarbiya mutaxassislari yosh avlodni jismoniy tarbiyalash va jismoniy 

rivojlantirish  mehnatga  va  hayotga  tayyorlash  hamda  aholini  sog‘lomlashtirish 

vazifalarini bajaradilar. Shuning uchun ular o‘z sohalarini yetuk mutaxassislari va 

mohir  sportchilar bo‘lishlari kerak.  Ular  jismoniy  tarbiya  jarayonida  harakatlarga 

o‘rgatish, harakat malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda jismoniy mashqlar 

texnikasiga  o‘rgatishda  o‘zlari  nazariy  va  amaliy  jihatdan  yuksak  darajada 

tayyorgarligi bilan o‘rnak bo‘lishlari kerak. Shu bilan birga tarbiyachi mutaxassislar 

ahloqiy va ma’naviy yetukligi shug‘ullanuvchilarga har qanday yordamga tayyorligi 

ularda  iroda  va  ruhiy  fazilatlarni  tarbiyalashda  mohir  do‘st  ekanligi  bilan  ajralib 

turishlari  kerak.  Tarbiya  jarayonining  ko‘p  qirraliligi  va  murakkabligi  jismoniy 

tarbiya mutaxassisi zimmasiga ko‘p mas’uliyat yuklaydi.  

Jismoniy  tarbiya  mutaxassislarning  pedagogik  mahoratlari  ularni  o‘tiladigan 

o‘quv  materiallarini  nazariy  va  amaliy  jihatdan  to‘liq  egallagan  bo‘lishlari  bilan 

belgilanadi.  Shug‘ullanuvchilarni  jismoniy  mashqlarga  o‘rgatishda  pedagogik 

ta’lim  uslublari  va  texnologiyalardan  foydalanish  darajasi  ham  jismoniy  tarbiya 

mutaxassislari  mahoratli  darajasini  belgilaydi.  Jismoniy  tarbiya  mutaxassislari 

shug‘ullanuvchilarda  faqatgina  jismoniy  fazilatlarni,  mashqlar  texnikasi  va 

taktikasini tarbiyalabgina qolmay, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini, milliy istiqlol 

g‘oyalarini,  sport  yutuqlari  bilan  Vatanni  dunyoga  tanitish  ma’suliyatini  hamda 

ahloqiy 

va 


estetik 

fazilatlarni 

shakllantirib 

tarbiyalab 

boradilar. 

Shug‘ullanuvchilarning harakat tajribalarini shakllantirish va jismoniy qobiliyatlarni 

rivojlantirish bilan bir vaqtda ularning vatan taraqqiyotidagi g‘oyaviy maqsadlarini 

tarbiyalash ularni yangi jamiyat qurishning faol ishtirokchilari qilib yetishtirish ham 

jismoniy tarbiya mutaxassislarining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.  

Jismoniy tarbiya mutaxassislarining pedagogik mahorati ham jismoniy tarbiya 

jarayonlari kabi ko‘p qirralidir. Pedagogik mahorat shug‘ullanuvchilarni jismoniy 

fazilat  va  qobiliyatlarini  takomillashtirishda,  harakat  faoliyatida  mustaqillikni 




27 

 

rivojlantirishda,  jamoatchilik  ruhini  tarbiyalashda,  shug‘ullanuvchilar  shaxsiy 



xususiyatlari,  hatti-harakatlarini  tushunishda,  qiziqishlari,  talablari  ehtiyoj  va 

intilishlarini mohirlik bilan amalga oshirishda namoyon bo‘ladi. Jismoniy tarbiya 

mutaxassislari o‘z ishini ustasi bo‘lishi va uni sevishi, jismoniy jihatdan barkamol, 

sog‘lom,  sport  texnik  mahorati  yuqori  darajada  bo‘lishi  kerak.  Mutaxassislarning 

malakasi  va  jismoniy  tarbiya  sohasidagi  maxsus  bilimlari  qanchalik  keng  bo‘lsa 

tarbiya  vazifalarini  amalga  oshirish  imkoniyatlari  shuncha  ko‘p  bo‘ladi.  Har  bir 

pedagog o‘z fani bilan tarbiyalash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.  

Jismoniy  madaniyatning  va  jismoniy  tarbiya  fanining  o‘ziga  xos  xususiyati 

jismoniy tarbiya jarayonida o‘qituvchining tashqi qiyofasi alohida ahamiyatga ega. 

O‘qituvchi  shug‘ullanuvchilarni  jismoniy  takomillashtirishga  harakat  qilar  ekan 

uning o‘zi jismonan barkamol, gavda tuzilishi uyg‘un holda rivojlangan, harakatlari 

estetik jihatdan ifodali, qaddi-qomati kelishgan harakatlari ma’noli va erkin bo‘lishi 

kerak.  Jismoniy  tarbiya  mutaxassisi  shu  bilan  birga  madaniyatli  bo‘lishi,  estetik 

tarbiyalangan,  badiiy  ma’lumotli,  didli,  sinchkov,  ijodiy  faol,  shirin  muomalali 

bo‘lib,  shug‘ullanuvchilarda  ham  sifat  va  fazilatlarini  tarbiyalashga  katta  e’tibor 

qaratishi kerak. O‘qituvchi shirin suhan va shug‘ullanuvchilarga mehribon bo‘lish 

bilan birga, quvnoq, hamda yumor hissiga boy bo‘lishlari kerak. Shuningdek ular 

shug‘ullanuvchilarni harakat faoliyatini bajarishda talabchan va pedagogik odobga 

ega bo‘lishlari muhim.  

Jismoniy  tarbiya  jarayonida  mutaxassislar  nutq  madaniyatiga  katta  e’tibor 

qaratishlari kerak. O‘qituvchi nutqining ta’siri uning mantiqiy izchilligiga, badiiy 

jihatdan savodli, aniq, ravshan, obrazli qilib ifodalangan bo‘lishigi bog‘liq. Nutqdan 

foydalana  bilish,  ovozni  yaxshi  yo‘lga  qo‘yish,  intonatsiyaning  boyligi  jismoniy 

tarbiya jarayonida harakatlarni o‘rganish va bajarish faoliyatida buyruq va tavsiyalar 

berishda  qo‘llaniladi.  O‘qituvchining  hissiy,  ifodali  hamda  shaxsiy  xususiyatlari 

bilan boyitilgan so‘zlarning ta’siri va tarbiyaviy kuchi katta bo‘ladi.  

Jismoniy  tarbiya  mutaxassislarining  shaxsiy  fazilatlari,  mehnatsevarligi, 

samimiyligi, sahiyligi, beg‘arazligi, rostgo‘yligi, prinsipialligi va boshqa fazilatlari 




28 

 

ham  shug‘ullanuvchilar  ma’naviy  qiyofasini  shakllanishiga  ta’sir  ko‘rsatadi. 



Tarbiyachining ozgina xatosi yoki arzimas odati shug‘ullanuvchilar ongida yomon 

fikrlar  shakllantirishi  mumkin.  Chunki  shug‘ullanuvchilar  tarbiyachilar  gaplariga 

emas,  ularning  yurish-turishlari,  hatti-harakatlariga  amal  qiladilar.  Tarbiya 

vazifalarini  hal  qilish  uchun  jismoniy  tarbiya  o‘qituvchisi  milliy  istiqlol  g‘oyasi 

talablariga muvofiq holda ahloqiy va estetik tarbiyalangan bo‘lishi kerak.  

Sport  hakamlari  ham  pedagogik  mahoratni  egallagan  bo‘lishi  kerak.  Yomon 

hakamlik  qilish  natijasida  nizolar  paydo  bo‘lib,  musobaqa  qatnashchilarida  nafrat 

uyg‘otadi va natijada murabbiyning barcha tarbiyaviy ishlari barbod bo‘lishiga olib 

keladi.  Sport  hakamlarining  pedagogik  ta’sir  ko‘rsatishdagi  muvaffaqiyatlari  o‘z 

vazifalarini  bevosita  uddalay  olishlariga  bog‘liq.  Sport  hakamlari  sportchilarni 

qo‘pollik  va  ahloqsizligini  e’tibordan  chetda  qoldirmasligi  kerak.  Ular  ham 

murabbiy  vazifasini  bajarishlari  kerak.  Tajriba  bilimi  yuksak  malakasi  pedagogik 

mahorati  va  yaxshi  hulqi  bilan  faqat  sportchilarga  emas  tomoshabinlarga  ham 

namuna  bo‘la  oladigan  hakamlar  musobaqalarda  yuksak  sport  madaniyatini 

tarqatuvchi  bo‘ladilar.  Bunday  hakamlikda  musobaqa  qatnashchilarining  sport 

etikasi talablarini buzish uchun urinishlariga yo‘l qo‘ymaydi. Hakamlarning tashqi 

qiyofasi  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Ularning  tashqi  qiyofasi  sportchilarni 

bellashuvga  safarbar  etishi  yoki  hafsalalarini  pir  qilishi  mumkin.  Bolalar  va 

o‘smirlar  jismoniy  tarbiya  jarayonida  o‘smirlar  musobaqasida  bu  narsaga  katta 

e’tibor qaratish kerak.  

Jismoniy  tarbiya  mutaxassislarini  tarbiya  jarayonini  boshqarish  malakasi 

mukammal  bo‘lishi  zamonaviy  talablardan  tarbiya  jarayonini  boshqarish  uchun 

jismoniy  tarbiya  mutaxassislari  mamlakatda  va xorijda  jismoniy  tarbiya  bo‘yicha 

ilg‘or tajribalardan habardor bo‘lishi va ularni egallagan bo‘lishi kerak. Shuningdek 

tarbiya jarayonida quyidagi tamoyillarga ahamiyat berish kerak.  

1.  Tarbiya jarayonini milliy istiqlol g‘oyasi yo‘nalishida bo‘lishi.  

2.  Shug‘ullanuvchilarning  yosh  xususiyatlariga  muvofiq  holda  har  biriga 

individual yondashish.  




29 

 

3.  Shug‘ullanuvchilar oldiga yuksak talablar qo‘yish va ularni xurmat qilish  



4.  Tarbiya jarayonini jonli faol, quvnoq shaklda o‘tkazish.  

5.  Pedagogik talablar bilan tarbiyaviy ta’sir bo‘lishini ta’minlash. 

Jismoniy  harakatlarga  o‘rgatish  jarayoni  shug‘ullanuvchilarning  ma’naviy 

xislatlarini tarkib toptirish va uni hayot, jamiyat, ehtiyoji bilan mehnat faoliyati bilan 

bog‘lab  olib  borish  zarur,  jismoniy  tarbiya  jarayoni  shug‘ullanuvchilarni  yangi 

jamiyat  qurish  uchun  kurashda  faol  ishtirok  etishga  ruhlantirish  lozim. 

Shug‘ullanuvchilarni  milliy  istiqlol  g‘oyasi  ruhida  tarbiyalash  uchun  qanday 

yashayotgani, nima haqida o‘ylashi, kimlar bilan do‘stligi ishlab chiqarishda qanday 

ishlashi, o‘quv yurtida qanday o‘qishi, oilada, jamoat joylarda o‘zini tutishi bo‘sh 

vaqtini  qanday  o‘tkazishi  va  boshqalarni  jismoniy  tarbiya  mutaxassislari  to‘liq 

bilishi kerak.  

Jismoniy  tarbiya  mutaxassislari  shug‘ullanuvchilarni  jismoniy  qobiliyatlar 

rivojlanganlik darajasini bilishi, shaxsiy xarakter xususiyatlarini, aql idrok hissiyot 

irodalarini  ahloqiy  sifatlari  va  statik  ehtiyojlardagi  individual  farqlarni  o‘rganish 

zarur.  Shug‘ullanuvchilarni  har  tomonlama  bilish  asosidagina  jismoniy  tarbiya 

jarayonini samarali tashkil etish mumkin.  

Pedagogik tajribalar yaxshi munosabatlar shug‘ullanuvchilarga yuksak talablar 

qo‘yish  va  ular  shaxsini  xurmat  qilish  asosida  yuzaga  kelishi  mumkin.  Vazifalar 

bajarilishini  talab  qilish  va  xurmat  qilish  tarbiya  jarayonini  ajratib  bo‘lmas 

tomonidir.  Jismoniy  tarbiya  tamoyillari  amaliyotida  talabalarga  yuksak  talablar 

qo‘ygan  holda  xurmat  qilmasliklari  uchrab  turadi.  Bunday  yondashish 

murabbiyning qo‘polligi natijasida bu bilan shug‘ullanuvchilar indamas g‘azabnok 

yo  qo‘pol  bo‘ladilar.  Shuningdek  sport  mashg‘ulotlariga  qiziqmay  qo‘yadilar. 

Talabchanlik  bilan  birga  shug‘ullanuvchilarga  g‘amxo‘r,  mehribon,  samimiy 

munosabtda bo‘lishi kerak. Oqko‘ngil, yaxshi gapirish, to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, 

murabbiyninig  pedagogik  odobi,  hisoblanadi.  Murabbiyning  musobaqa  vaqtdagi 

odobi  yaxshi  bo‘lishi  kerak.  Sportchi  musobaqalarda  mustaqil  harakat  qilishga 

tayyorlangan bo‘lishi zarur. 




30 

 

Shunga qaramay sportchilar musobaqalarda ma’naviy yordamga muhtoj bo‘lib 



qoladi. Murabbiyning sportchilarda hayajonlanishni yo‘qotish, start oldidan foydali 

maslahatlar  berish,  mag‘lubiyat  chog‘ida  ko‘ngil  ko‘tarib  dalda  berish.  Tarbiya 

jarayonining muhim omillaridan bu bilan murabbiyning obro‘si ko‘tariladi. Mag‘lub 

bo‘lgan sportchilarga tana qilmaslik ularni ruhiy ososyishtaligini ta’minlash kerak. 

Pedagogik odob o‘qituvchidagi yaxshi xususiyatlarni ko‘rishga, ularga tayanib yana 

boshqa yaxshi xususiyatlarni shakllantirishga imkon beradi. Murabbiyning do‘stona 

munosabati  sportchilarda  o‘z-o‘zini  tarbiyalashga  ishtiyoq  uyg‘otishga  sabab 

bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida qattiqqo‘l va rahmdil talabchan va mehribon jiddiy va 

odamiy bo‘lishga yo‘l topishi nihoyatda muhim hisoblanadi.  

Sport amaliyotini natijalari ba’zi murabbiylar tarbiya tamoyillarini buzishlarini 

ko‘rsatadi.  Yuqori  malakali  sportchilarni  norozi  qilishdan  qo‘rqib,  ularni  hoxishi 

bilan  ish  tutadilar.  Bu  esa  saralangan  sportchilarni  tarbiyalashda  zarar  keltiradi. 

Murabbiyning haqiqiy obro‘yi sportchilarga nisbatan yuksak talabchan bo‘lish va 

o‘z talabalarini sport jamoasida tutgan o‘rni hamda roliga qaramasdan ularning hatti-

harakati hulq atvoridagi kamchiliklarga qarshi kurashga asoslanadi. Murabbiyning 

muvaffaqiyati shug‘ullanuvchilar faoliyatini qaysi tarzda tashkil etilishiga bog‘liq.  

Ma’naviy  tarbiya  tizimida  sportchi  shaxsini  tarkib  toprishda  jamoaning  roli 

behat  katta.  Jumladan  yaxshi  uyushgan  jismoniy  madaniyat  jamoasi 

shug‘ullanuvchilarni  ma’naviy  ahloq,  talablari  ruhida  tarbiyalashga  faol  ta’sir 

ko‘rstadi. Shaxsiy ehtiyojlarni ijtimoiy ehtiyojlar bilan birga amalga oshirishga asos 

bo‘ladi. Shug‘ullanuvchilarga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish yagona pedagogik usullar 

asosida olib boriladi. Pedagogik talab va ta’sir ko‘rsatishda har xil uslublar yaxshi 

natija  bermaydi.  Jismoniy  tarbiya  jarayonida  shug‘ullanuvchilarning  ayrim 

tomonlari va fazilatlari rivojlanmay, uning jismoniy va ma’naviy birlikdagi shaxsi 

tarkib  topadi.  Shu  sababli  tarbiyachi  tarbiya  jarayonini  muvaffaqiyatli  boshqarish 

uchun  shug‘ullanuvchilar  maqsad  vazifasini  jismoniy  trabiya  jarayonida  tarkib 

toptirish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Inson  jismoniy  taraqqiyotida  barcha  tarbiya 

uslublari samarali ta’sir ko‘rsatadi.  




31 

 


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin