«jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi»


Talabalarning kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/21
tarix02.02.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#51999
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
talabalar jismoniy va amaliy tayyorgarliklarining axamiyati.

3.2. Talabalarning kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligi. 

Bugungi  rivojlanish  davrida  mutaxassislar  tayyorlashning  umumiy  tizimida 

o‘quv  yurtlarida  jismoniy-tashkiliy  ishlarni  uyushtirish  muhim  axamiyat  kasb 

etmoqda. Mutaxassislar tayyorlashni to‘g‘ri tashkil qilish, ularning  layoqatliligini 

ta’minlaydi.  Bugungi  va  bo‘lajak  ziyolilarning  jismoniy  tayyorgarligi  bir  qator 

masalalarni hal qiladi. 

Xozirgi zamon talablariga yoshlar tayyor bo‘lishi va muammolarni hal qilish 

uchun  to‘g‘ri  yo‘lni  tanlashi,  sog‘lom  baquvvat  bo‘lishi  kerak.  Bu  masalani 

ta’minlovchi jismoniy tayyorgarlik tizimi-mutaxassislarning “mutaxassislik amaliy 

jismoniy tayyorgarligi” deyiladi. Mutaxassislarning amaliy jismoniy tayyorgarligi 

bir-biriga  bog‘liq  ikki  yo‘nalishda  o‘quv  yurtlarida  va  ishlab  chiqarishda  olib 

boriladi.  Talabalar  amaliy  jismoniy  tayyorgarligi  jarayonida  ularning  barcha  kasb 

sifatlari  shakllanadi.  Bu  esa  amaliy  jismoniy  tayyorgarligi  ishlab  chiqarish 

bosqichida muhimdir. 

Izlanishlarning ko‘rsatishicha, sharqshunoslarning ruhiy, siyosiy, madaniy va 

jismoniy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talab shifokor, muhandis, pedagog va boshqa 

qo‘yilgan  talablardan  farq  qiladi.  Bu talab  filolog,  muhandis  tarjimon,  kimyogar, 

iqtisodchi  va  tarixchilar  uchun  o‘ziga  hosdir.  Jismoniy  madaniyat  malakalari 

doirasidagi har taraflama keng miqyosdagi jismoniy tayyorgarlik mehnat faoliyatiga 

bo‘lgan tayyorgarlikni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish xodimlarida Mutaxassislarning  

amaliy  jismoniy  tayyorgarligi  g‘oyasi  keng  emas.  Yaqin  vaqtgacha  ishchi  va 

mutaxassislarning    amaliy  jismoniy  tayyorgarligi  muhim  professional  sifatlari  va 

amaliy  malakani shakllantirishga qaratilgan deb hisoblanardi. Keyingi vaqtlardagi 

ilmiy izlanishlarning natijalari  amaliy jismoniy tayyorgarligi haqidagi tushunchani 

kengaytirdi.      amaliy  jismoniy  tayyorgarligi  yordamida  ishchi-xodimning  ruhiy, 

madaniy va jismoniy sifatlari shakllanadi, jismoniy madaniyat va ishlab  chiqarish 

sohasidagi  bilim  va  malakasi  ortadi,  turli  xil  tashkiliy  va  pedagogik  malakalari 

rivojlanadi,  inson  organizmining  asosiy    a’zolari,  tizimlari,  ruhiy  jarayonlarning 

ishonchliligi ta’minlanadi. 




45 

 

Amaliy jismoniy tayyorgarligi salomatlikni  mustahkamlashga, kasalliklarga 



va charchashga chidamli bo‘lishga, jarohatlanishning kamayishiga yordam beradi. 

Amaliy jismoniy tayyorgarligi bilan shug‘ullanganlarning mehnati boshqalarnikiga 

qaraganda ancha samaralidir. Ular ish vaqti kamroq charchamaydilar. Barcha o‘quv 

yurtlari  talabalarining    jismoniy  tarbiya    amaliyotida    amaliy  jismoniy 

tayyorgarligini  joriy  qilish  mas’uliyatli  davlat  ishidir.  Gumanitar  va  iqtisodiyot 

fanlar  bilan  band  bo‘lgan  xodimlar  uchun  mehnat  faoliyatlari  davomida    amaliy 

jismoniy  tayyorgarligi  bilan  shug‘ullanish  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Bunday 

mashg‘ulotlar  professional  layoqatlilik  darajasini  takomillashtirishga  yordam 

beradi.  amaliy jismoniy tayyorgarligi mehnatni tashkil qilishning yangi shakllaridan 

foydalanishni tavsiya qiladi.  amaliy jismoniy tayyorgarligi mutaxassisning o‘quv 

yurtida  jismonan  rivojlanishning  tashkiliy  bir  qismi  deb  qarash  kerak.    amaliy 

jismoniy tayyorgarligini joriy qilish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bunday yondashishi 

bu murakkab pedagogik jarayonning texnologiyasini chuqurroq o‘rganishga hamda 

undan foydalanishga yordam beradi. 

 amaliy jismoniy tayyorgarligi o‘zining tarbiyaviy va tashkiliy asoslariga va 

aniq yo‘nalishiga ega.  amaliy jismoniy tayyorgarligi faoliyati xom ashyo bazasiga, 

maxsus  adabiyotlar,  ilmiy  izlanishlarni  o‘tkazish,  tashviqot-targ‘ibot  ishlari  olib 

borish,    amaliy  jismoniy  tayyorgarligi  rahbariyatining  maxsus  nazariy  va  uslubiy 

tayyorgarligini  ta’minlaydi.  O‘quv  yurtlarida    amaliy  jismoniy  tayyorgarligini 

rejalashtirishda  uning  tashkiliy  bosqichlari  hisobga  olinadi.    amaliy  jismoniy 

tayyorgarligi  jismoniy  tarbiya  jarayonida  olib  boriladigan  tarbiyaviy  va 

sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar bilan bog‘liq. 

Turli o‘quv yurtlari talabalarining  amaliy jismoniy tayyorgarligini mohiyati 

bir  qator  omillar  bilan  belgilanadi.  Turli  kasb  vakillari    amaliy  jismoniy 

tayyorgarligining muhimligi bu kasbning halq xo‘jaligidagi o‘rni va ahamiyati bilan, 

mutaxassis  ishlayotgan  tarmoq  rivojlanish  jadalligi  bilan  mehnat  unumdorligini 

ortishi  va  boshqalar  bilan  bog‘liq.  O‘quv  yurti  talabalari    amaliy  jismoniy 

tayyorgarligini  mohiyatining  asosiy  omillari  faoliyat  doirasi,  mehnat  sharoiti  va 

tartibi, mutaxassislarning psixofizik xususiyatlaridan iborat. 



46 

 

 amaliy jismoniy tayyorgarligini mohiyatini belgilovchi muhim omil mehnat 



sharoitidir. Turli kasb egalarining mehnat sharoiti turlichadir. Masalan, aqliy mehnat 

bilan  shug‘ullanuvchi  muassasa  xodimlari  ko‘proq  xonalarda  o‘tirgan  holda 

ishlaydi.  Kompleks  kompyuterlashtirish  va  ishlab  chiqarish  operatsiyalarini 

avtomatlashtirish, bugungi kundagi bozor  iqtisodiyoti  raqobatlrini  yengib  chiqish, 

ishlab  chiqarish  jarayonining  uzluksizligini  ta’minlash,  mehnat  va  dam  olish 

tartibini  takomillashtirish  va  boshqalar    amaliy  jismoniy  tayyorgarligining  asosiy 

yo‘nalishidir. Professional faoliyatining psixofiziologik tayyorgarligi ham  amaliy 

jismoniy tayyorgarligining yo‘nalishini belgilaydi. 

Mehnat faoliyati davomida uchrab turadigan qiyinchiliklarga bardosh berish 

va ularni o‘z foydasiga hal qilish, tavakkalchilikni kuchaytirish, jur’at va mardlik 

sifatlarini oshiradi. 

Muxandis-ishlab chiqarish tashkilotchilaridan biri bo‘lib, asosiy iqtisodiy va 

ijtimoiy masalalarni hal qilish uning faoliyatiga bog‘liqdir. Ishlab chiqarishning xom 

ashyo  va  texnik  asoslari  rivojlanmagan  bo‘lsa  hamda  kadrlarning  tayyorgarlik 

jarayoni past bo‘lsa, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bo‘lmaydi. Ilmiy-texnik taraqqiyot 

davrida  muhandis-texnik  hodimlarning  ahamiyati  ortadi.  Hozirgi  kunda  kuchli 

mexanizatsiyalashgan  va  avtomatlashgan  tarmoqlarning  malakali  mutaxassislarga 

ehtiyojini  qondirish  uchun  60%dan  ortiq  o‘rta  va  oliy  ma’lumotli  kishilar  kerak. 

Menedjerning vazifasiga jamoadagi umumiy rahbarlik, ishlab chiqarish vositalarini 

taxmin qilish va ularni rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish, ularni 

tuzish va takomillashtirish, idorada ish joyini va mehnat tashkil qilish hamda himoya 

qilish, havfsizlikni ta’minlash kiradi. Menedjerlar tashkilot  uchun  qadrlar  tanlash, 

ularning  tayyorlash  va  tarbiyalash,  xom  ashyo,  texnik  bilan  ta’minlash,  ishlab 

chiqarish jarayonini boshqarish, mahsulot sifatini nazorat qilish bilan shug‘ullanadi. 

Umumiy  talablar.  Ziyolilar  faoliyatini  har  tomonlama  o‘rganish  shuni 

ko‘rsatadiki,  har  bir  soha  mutaxassislari  singari  ularda  ham  o‘ziga  xos  ruhiy 

jismoniy  sifatlar  to‘plami  mavjud.  Tarbiya  jarayonida    qo‘llanilib,  professional 

tayyorgarlik uchun kerak bo‘lgan bunday komponentlarga ko‘nikma va malakalar 

kiradi.  Har  bir  ziyolidan  ishlab  chiqarish  jarayonida  ro‘y  beradigan  murakkab 



47 

 

vazifalarni tez hal qilish, ortiqcha emotsional zo‘riqishlarni yo‘qotish talab qilinadi. 



Hozirgi  kundagi  ishlab  chiqarishning  iqtisodiy  faolligini  oshirish  va  mehnat 

jamoalarining  ijtimoiy  rivojlanishida  jismoniy  tarbiya  va  sport  asosiy  omil 

hisoblanadi.  Bugungi  kundagi  ziyolilar  ijtimoiy-iqtisodiy  vazifalarni  hal  qilish 

uchun  jismoniy  tarbiya  va  sport  vositalarini  qo‘llash  haqidagi  aniq  bilimga, 

ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi lozim. Ular ishchi va xizmatchilarning jismoniy 

tayyorgarligini bilish uchun ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasining hamma turlari 

va  shakllarini  yaxshi  bilish  kerak.  Bugungi  kunda  o‘quv  yurtini  tamomlagan 

mutaxassisning  o‘zi  sport  bilan  shug‘ullanishi  kamlik  qiladi.  Ular  ish  vaqtida  va 

undan keyin jamoada jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil qilishi, xizmatchilarning 

mehnat  qilishlari  va  dam  olishlarining  to‘g‘ri  tashkil  qila  bilishi  shart.  Ziyolining 

mehnat  faoliyati  yaxshilanishi  uning  o‘ziga  xos  xususiyatga,  aqliy  va  jismoniy 

ishchanligiga,  organizmining  chidamkorligi  va  uni  og‘ir  mehnatdan  tez  tiklashi, 

ya’ni ish bajarish qobiliyatiga bog‘liq.  

 

Jismoniy  tarbiya  va    sport  ishlab  chiqarish  samaradorligini  ta’minlashning 



asosiy omilidir. Shuning uchun hozirgi zamon ziyolilari jismoniy tarbiya tizimining 

asosiy  holatlarini  va    kasbga  bo‘lgan  amaliy-jismoniy  tayrgarlikni  bilishi  shart. 

O‘quv  yurtlaridagi  talabalar    amaliy  jismoniy  tayyorgarligining  maqsadi-yuqori 

malakali kasb egallashga ko‘maklashishdir. U samarali mehnat jarayoniga erishish 

uchun yordam beradi. Institut talabalari  amaliy jismoniy tayyorgarligining asosiy 

vazifasi-jismoniy tarbiya va sportning turli vositalari yordamida talabalarda yuqori 

saviyali mutaxassis sifatlarini tarbiyalash. 

Oliy  ma’lumotli  mutaxassisni  jismonan  tarbiyalash  jarayonida  quyidagi 

vazifalar hal qiladi: 

1. Kasbga qiziqish, vijdonan ishlash, haqiqatparvarlik, odamlarga hurmat, ular bilan 

yaxshi muomalada bo‘lish, mehnatga muhabbatni tarbiyalash, suhbatni, uchrashuvni 

qiziqarli va ravon olib borish. 

2.  Tez  xotirlab  qolish,  ifodali  nutq,  tashkilotchilikning  malaka  va  ko‘nikmalarini 

hosil qilish. 




48 

 

3.  Kasbga  oid  ish  unumini  intensiv  aqliy  va  ish  bajarish  qobiliyatini  ta’minlash, 



markaziy asab, yurak qon aylanish, nafas olish tizimlari ishini yaxshilash; ko‘rish, 

eshitish; vestibulyar analizatorlarni takomillashtirish. 

4.  Sog‘liqni  mustahkamlash,  yurak-qon  tomir  aylanish  va  asab  tizimlari 

xastalanishining oldini olish. 

Oddiy ruhiy barqarorlik sifatlarini shaklantirish: biroz jismoniy zo‘riqishlar, 

tana, bel va qo‘l mushaklarining umumiy va statik  chidamlilik, turli qiyinchilikdagi 

harakatlarni  tez  va  aniq  bajarish,  chaqqonlik,  chidamlilikni  o‘stirish; 

gipodinamiyaning  oldini  olish,  kuzatuvchilikni    takomillashtirish,  diqqat,  tez  fikr 

yuritish,  iroda  sifatlari-maqsadga  intilish,  intizomlilik,  tashabbuskorlik,  qat’iylik, 

o‘zini tuta bilish kabi xususiyatlarni rivojlantirish. 

Talabalar  uchun  amaliy  jismoniy  tayyorgarligini  rejalashtirish  va  amalga 

oshirishda uning samaradorlik mezonlarini bilishi shart. Ular quyidagilar: 

1.Amaliy 

jismoniy 

tayyorgarligining 

ijtimoiy-iqtisodiy 

samaradorligini 

belgilaydigan mezonlar. 

2.Amaliy jismoniy tayyorgarligini aqliy mehnatga ta’sirini belgilaydigan mezonlar. 

3. Amaliy jismoniy tayyorgarligini tashkil qilish va uning uslublarini belgilaydigan 

mezonlar. 

Amaliy  jismoniy  tayyorgarligining  iqtisodiy  maqbulligini  belgilovchi 

mezonlar. 

Ilmiy  izlanishlar  oliy    o‘quv  yurti  talabalari  professional-amaliy  jismoniy 

tayyorgarliklarni oshirishning quyidagi yo‘llarini ko‘rsatadi: 

1.  Jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  ko‘proq  shug‘ullanish  talabaning  mehnatga 

ishtiyoqini  oshiradi.  Talabalar  oliygohda  o‘qiyotgan  paytlarida  jismoniy  tarbiya 

bilan haftasiga 3-4 marta shug‘ullanishlari kerak. 

2.  Jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  faol  shug‘ullanish  jarayonida  talabalarning 

bo‘lajak kasbi bo‘yicha professional sifatlarni shakllantirib berish. 

Bulardan birinchisini qo‘llash maqsadga muvofiq. 



49 

 

Ma’lum  mutaxassislikni  o‘rganayotgan  talabalar    amaliy  jismoniy 



tayyorgarligiini  amalga  oshirish,    amaliy  jismoniy  tayyorgarligining  umumiy  va 

maxsus vazifalarini hal qilishga qaratiladi.  

 amaliy  jismoniy tayyorgarligining vositalari va uslublari, ularni tanlash. Bo‘lajak 

mutaxassislar  uchun  kerakli  professional  sifatlarni  maqsadga  yo‘naltirib 

shakllantirish  uchun    amaliy  jismoniy  tayyorgarligi  vositalari  alohida  o‘rin 

egallaydi. 

Amaliy  jismoniy  tayyorgarligining  asosiy  vositasi  jismoniy  mashqlardir. 

Amaliy  jismoniy  tayyorgarligi  maqsadida  qo‘llaniladigan  jismoniy  mashqlar 

guruhlarga bo‘linadi, ya’ni mashqlarning yo‘naltirilganligi, a’zo tarmoqlarga ta’siri, 

yurak-qon,  nafas  olish  tizimlari,  vestibulyar  apparatining  rivojlanganligi  va 

takomillashganligi. Jismoniy mashqlar ruhiy-jismoniy sifatlar: kuch, tezlik, harakat, 

umumiy  va  statik  chidamkorlik,  egiluvchanlik,  epchillik,  diqqat,  emotsional 

turg‘unlikni rivojlantiruvchi mashqlarga bo‘linadi. 

Tirmashib  chiqish,  baland  joyda  ishlash,  yukni  bir  joydan  ikkinchi  joyga  tashish, 

ratsional yurish kabi malakalarni shakllantiruvchi mashqlarga ajratiladi. 

Ular sport turlarining asosiy va maxsus mashqlardan olinadi. 

Jismoniy  mashqlar  bilan  birgalikda  tabiat  omillari-quyosh,  havo,  suvdan  ham 

foydalaniladi.  Agar  ular  to‘g‘ri  qo‘llanilsa,  jismoniy  mashqlarni  qo‘llash 

samaradorligi  oshib,    amaliy  jismoniy  tayyorgarligining  alohida  vositasi  bo‘lib 

xizmat qiladi. Masalan, 30-40 kun tog‘li joylarda yashagan kishining jismoniy aqliy 

ish bajarish qobiliyati yaxshilanib, tashqi muhitning turli xil omillariga chidamliligi 

ortadi. Professional faoliyatning ayrim belgilari  amaliy jismoniy tayyorgarligining 

vositalari sifatida ham qo‘llaniladi, masalan, zinaga tirmashib va yugurib chiqish, 

avtomobil  haydovchilariga  avtomobil  va  avtomobil  xo‘jaligi  mutaxassisligidagi 

talabalar uchun tavsiya etiladi. 

Bo‘lajak  mutaxassislarning  professional  sifatlarini  maqsadga  yo‘naltirib, 

shakllantiruvchi  vositalar  tanlab  olinishi  kerak.  Vositalar  tanlab  olishda  quyidagi 

prinsiplarga rioya qilish kerak:  

- amaliy jismoniy tayyorgarligi vazifalarini maksimal amalga oshirish; 



50 

 

-Ko‘nikma va malakalar hosil qilish; 



-Jismoniy tarbiya vazifalari kompleks hal qilinishini ta’minlash. 

Jismoniy tarbiya vositalari yordamida paydo bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar 

ishlab  chiqarish  jarayonida  uch  bosqichda  rejalashtiriladi  va  amalga  oshiriladi. 

Birinchi  bosqich  maxsus  nazariy,  metodik  va  amaliy  darslarda  oliygoh  va  ishlab 

chiqarish sharoitlari bilan tanishib, jismoniy tarbiya va sportning aniq vositalarini 

qo‘llash o‘rganib chiqiladi. Talaba bilan yakkama-yakka ishlash uslubini qo‘llash 

mumkin,  texnik  vositalarni  qo‘llab  o‘rganish  va  nazorat  qilish  ham  yaxshi  natija 

beradi. 


Ikkinchi bosqichda jismoniy tarbiya va sport qismlarga ajratilib o‘rganiladi. 

Bu vazifa yo‘riqchilik amaliyoti jarayonida va uy vazifalarini bajarishda hal qilinadi. 

Bu bosqichda o‘rganiladigan mashqlar, o‘tkaziladigan tadbirlar hal qilinishi lozim. 

Uchinchi  bosqichda  o‘rganuvchilarning  ishlab  chiqarish  faoliyati  hisobga  olinib, 

ko‘nikma  va  malakalar  yanada  takomillashtiriladi.  Jamoada  jismoniy  tarbiya  va 

sport  tadbirlarini  tashkil  qilish  va  har  kim  o‘z  kun  tartibiga  jismoniy  tarbiya 

tadbirlarini kiritishi asosiy uslub hisoblanadi. 

Yuqori  toifali  mutaxassisning  professional  faoliyati  uchun  muhim  bo‘lgan 

harakat  ko‘nikma  va  malakalarini    amaliy  jismoniy  tayyorgarligi  tarmog‘i  ichida 

maqsadga yo‘naltirilib shakllantirilganda, o‘rgatish jarayonining quyidagi turkumini 

qo‘llash tavsiya etiladi: 

-harakatlarni  qismlarga  bo‘lib  o‘rganish;  o‘rganilgan  harakat  texnikasini  yaxshi 

o‘zlashtirib, ishlab chiqarish sharoitlariga moslashtirish hosil qilish. 

Harakat  malakalarini  shakllantirishning  asosiy  uslubi  mashq  bo‘lib, 

takomillashtirish maqsadida u bir necha marta takrorlanishi kerak Bu bosqichda so‘z 

va sensor uslublari keng qo‘llaniladi, eshitish va ko‘rishga asosiy e’tibor beriladi. 

Yangi  harakatlarni  o‘rganish  jarayonida  asab  tarmog‘i  tez  charchaydi.  Harakatni 

taqsimlab  o‘rganish  bosqichida  mashqni  butunligicha  o‘rganish  uslubi  yetakchi 

hisoblanadi, shu bilan birga so‘z uslubi ham qo‘llaniladi: tahlil, kinofilm; slayd va 

boshqalarni  qo‘llash  lozim.  Texnika  vositalari  yordamida  o‘rgatish  keng 

qo‘llaniladi. 



51 

 

O‘quv  yurtlarida    amaliy  jismoniy  tayyorgarligini  tashkil  qilish  shakllari. 



Hamma o‘quv yurtlarida qabul qilingan jismoniy tarbiya shakllari ichida  amaliy 

jismoniy tayyorgarligi vazifalarini qo‘llash afzal hisoblanadi. 

Jismoniy  tarbiya  darslarida    amaliy  jismoniy  tayyorgarlik.  Bo‘lajak 

mutaxassislarning  jismoniy  tayyorgarligi  jismoniy  tarbiya  darslarida  amalga 

oshiriladi, dasturga asosan bu darslar uch qismga bo‘linib o‘tiladi: maxsus, asosiy 

va  sport.  Oliygohlarning  dasturiga  yengil  atletika  gimnastika,  suzish,  sayyohlik, 

sport o‘yinlari, otish bo‘yicha nazariy va amaliy bo‘limlar kiritilgan. Talaba amaliy 

darslar jarayonida  amaliy jismoniy tayyorgarlik vazifalari jismoniy tarbiya va sport 

turlarining  qaysi  amaliy  qismlari  bilan  hal  qilinishini  bilishi  kerak.  U  hamma 

mashqlarni sinab ko‘rish lozim. 

Gimnastika  darslari  talabalarning  harakat  koordinatsiyasi,  qo‘llarning 

chaqqonligi, bel, qorin, tana mushaklarining statik chidamliligi, diqqat, emotsional 

turg‘unlik, tez fikr yuritish, mardlik kabi sifatlarni  tarbiyalash uchun qo‘llaniladi. 

Qo‘llar  epchilligi  va    koordinatsiyasi  buyumlar,  o‘rtacha  va  kichik  koptokchalar 

yordamida erkin mashqlar bajarish bilan rivojlantiriladi. Statik  chidamlilik, kuch,  

statik va dinamik  mashqlar yordamida rivojlantiriladi. Maxsus kuch trenajyorlarida 

mashq bajarish  maqsadga muvofiq.  

Emotsional turg‘unlik, mardlikni shakllantirish uchun yugurib kelib, tayanch holda 

“kon” dan sakrash, pastlikka va balandlikka sakrash, “brusya”, halqalar va turnikdan 

sakrab tutish, batutda sakrash mashqlaridan foydalaniladi. 

Yengil  atletika  darslarida  bo‘lajak  mutaxassislarning  ruhiy  va  jismoniy 

sifatlari shakllantiriladi. Buning uchun quyidagi vositalardan foydalaniladi: yilning 

issiq va sovuq paytlarida o‘yingoh yo‘laklarida va joylarda uzoq tinimsiz yugurish,  

estafetada yugurish, balandlikka va pastlikka sakrash va yengil atletikaning boshqa 

asosiy tayyorgarlik mashqlaridan foydalaniladi. 

Suzish  darslarida  yurak-qon,  nafas  olish,  issiqlik  almashinuvi  faoliyati 

yaxshilanadi, umumiy  chidamlilik shakllanadi. 30 daqiqagacha suzish, 50-100 m ga 

qayta-qayta suzish, uzoqqa va chuqurlikka sho‘ng‘ish, 3-5 m lik  tramplindan turli 

usulda sakrash epchillik va dov-yuraklikni tarbiyalaydi. 



52 

 

Sayyohlik  maxsus  jismoniy  tayyorgarlikni  talab  qiladigan  mashg‘ulot 



hisoblanadi:  yuk  bilan  uzoq  yurish  va  yugurish,  gorizontal  va  vertikal  arqonga 

tirmashib chiqish, maxsus to‘siqlardan oshib o‘tish lozim bo‘ladi.  

Sport  o‘yinlari.  Asab  va  yurak-qon  tomir,  mushak  tarmoqlarining 

shakllanishiga  ko‘maklashadi,  ko‘rish  va  eshtish  analizatorlarining  ishi 

yaxshilanadi,  umumiy  chidamlilik,  epchillik,  harakat,  koordinatsiya,  chaqqonlik, 

reaksiya  tezligi,  diqqatni  taqsimlash,  tez  fikr  yuritish  emotsional  turg‘unlik  kabi 

sifatlar ham shakllanadi. 

Merganlik.  Otish  bo‘yicha  darslarda  bo‘lajak  mutaxassislar  uchun  kerak  bo‘lgan 

ruhiy va jismoniy sifatlar:  ko‘z bilan chamalash, diqqat, emotsional turg‘unlik, sabr-

toqat tarbiyalanadi. 

Amaliy  darslarda    amaliy  jismoniy  tayyorgarligi  maqsadida  maxsus 

to‘siqlardan  oshib  o‘tish  jismoniy  mashqlardan  tuzilgan  doiraviy  mashg‘ulotlar, 

trenajerlarda  maxsus  tayyorgarlik  vaqtida  keng  qo‘llaniladi.    amaliy  jismoniy 

tayyorgarligi  bo‘yicha  o‘quv  qo‘llanma  har  bir  o‘quv    bo‘limi  mutaxassisligi, 

sog‘liqning holati, talabalarning jinsi, umumiy jismoniy tayyorgarligini hisobga olib 

tarbiyalaydi.    amaliy  jismoniy  tayyorgarligi  bo‘yicha  mashqlar  hamma 

mashg‘ulotlar tarkibiga kiritiladi. 

Darsdan tashqi jismoniy tayyorgarlik butun o‘qish jarayonida olib boriladi va 

u  amaliy jismoniy tayyorgarligini to‘ldirish uchun xizmat qiladi.  amaliy jismoniy 

tayyorgarligida darsdan tashqari o‘qituvchi topshirig‘iga asosan shaxsiy reja bilan 

bajariladi.  Darsdan  tashqari    amaliy  jismoniy  tayyorgarligni  o‘tkazishning  asosiy 

vazifasi kelajak professional faoliyati uchun muhim bo‘lgan ruhiy-jismoniy sifatlar 

va  harakat  malakalarining  takomillashtirishdan  iborat.  Shu  bilan  birga    amaliy 

jismoniy tayyorgarligi o‘quv yurtlarida, o‘qish mobaynida, har tomonlama jismoniy 

tayyorgarlik, sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy va aqliy ish bajarish  qobiliyatini 

ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi.  

Darsdan  tashqari    amaliy  jismoniy  tayyorgarligi  bilan  shug‘ullanganda 

talabalarni  jismoniy  tarbiyalashning  quyidagi  shakllari  qo‘llaniladi:  ertalabki 




53 

 

gigienik  badan  tarbiya,  yil  davomida  har  xil  mashqlar  bajarish,    amaliy  jismoniy 



tayyorgarligi dasturi bo‘yicha maxsus  mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda bajarish. 

O‘quv  yurtlari  talabalariga  quyidagi  kundalik  jismoniy  tarbiya  to‘plami 

tavsiya qilinadi: 

Ochiq havoda ertalabki badan tarbiya. 

Suv tadbirlari. 

1,5-2 km masofaga o‘rtacha tezlikda yugurish va yurish. 

Yurak-qon, nafas olish tarmoqlari, ko‘rish, qo‘l, barmoqlar harakatining aniq 

bo‘lishi. 

1-2  daqiqa  davomida  nafas  olish  va  yaxshi  ko‘rishni  rivojlantiruvchi 

mashqlarni mustaqil bajarish. 

1,5-2  km  yurib,  chuqur  nafas  olish,  ko‘rish,  qiziquvchanlik,  fikrlash 

mashqlarini bajarish. 

Dush. 

Uyqudan oldin 2 km yurib, sayr qilish. 



 amaliy  jismoniy  tayyorgarligi  dasturi  bo‘yicha  maxsus  mustaqil 

mashg‘ulotlar  bir  kishi  yoki  4-5  kishidan  iborat  guruh  bilan  o‘tkaziladi.  Bu 

mashg‘ulotlar  30-90  daqiqa  davom  etib,  o‘qishdan  keyin,  dam  olish  kunlari, 

amaliyot paytida ta’tillarda o‘tkaziladi. 

Turli  mutaxassislik  yo‘nalishidagi  talabalarining  mustaqil  shug‘ullanishi 

uchun quyidagi  amaliy jismoniy tayyorgarligi mashqlar tavsiya qilinadi:  

Kompleksning  yo‘nalish:  jismoniy  ish  bajarish  qobiliyatini  ta’minlash, 

umumiy    chidamkorlikni  rivojlantirish,  tana,  bel,  qo‘l,  barmoqlarini  dinamik  va 

statik  chidamligini,  chaqqonligi  va  egiluvchanligi,  tez    fikr  yuritish  hamda 

emotsional turg‘unlikni tarbiyalash. 

Kompleksning mazmuni: 

1. Usti yopiq joyda 2-3 km gacha yurish va yugurish. 

2. Turnikka osilib, 10-15 marta tortilish. 

3. 10-15 marta yuqoriga sakrash. 

4. Qo‘l va barmoqlar bilan devordan 10-15 marta itarilish. 



54 

 

5.Turli amplitudada oldinga va orqaga egilish yoki brevnoga o‘tirib, gavdani 



10-15 marta oldinga va orqaga tashlash. 

6. Bir yo‘nalishda sportchi yurish. 

7. 4-6 marta 50 m dan tepalikka yugurib chiqish. 

8.  Nafasni  rostlab  olish  uchun  nafas  olish  va  nafas  chiqarish  mashqlarini 

bajarish. 

To‘plamning  yo‘nalishi:  yurak-qon  tarmog‘ining  yuqori  darajada 

shakllanishini ta’minlash, ichki va tashqi nafas olish mexanizmi, issiqlik almashinuv 

tarmog‘i;  vestibulyar  apparat,  harakatlarning  tezligi  va  to‘g‘ri  bajarilishini 

rivojlantirish,  balandlikka    sakrash,  yuqoridan  pastga  sakrash  mashqlari  ustida 

ishlash, nafasni ushlab turishni mashq qilish va takomillashtirish. 

Kompleks mazmuni: 

Havoda va yopiq past-baland joylarda 3 km gacha yugurish. 

2. Chuqur nafas olib, nafas chiqarish. 

3.  Gimnastika  tayoqchasi  yordamida  egiluvchanlik,  qo‘l  chaqqonligi 

mashqlarini bajarish. 

4. Gimnastika tayoqchasini bir necha bor tepaga otib, ushlab olish. 

5. Bosh va tanani chap yoki o‘ngga aylantirish, tanani oldingi va yonga tez 

bukish. 


6. Past o‘tirgan holdan joyida sakrash. 

7. Oyoqlarni almashtirib, yuqoriga sakrash. 

8. Barmoqlarga tayangan holda qo‘llarni bukib yozish. 

9. Vertikal va gorizontal zinaga tirmashib chiqish. 

10. Zinapoya yoki tepalikka yurib yoki yugurib chiqish. 

11. Labirint yoki yopiq yo‘lakdan yugurib, aylanib chiqish. 

12. Nafas olmay 2-4 marta 50-60 m balandlikka yugurib chiqish. 

13. Qumlik joyda 200 m gacha yugurish va  sakrash. 

14. 200-400 m sekin yurish va yugurish. 

15. Tanani bo‘shashtiruvchi mashqlar. 

16. Kontrastli dush. 



55 

 

17. Sochiq bilan artinish, sovuq suvda cho‘milish va kontrastli dush. 



Mashqlar yo‘nalishi: gipodinamiyaga qarshi chidamlilikni rivojlantirish, qo‘l 

va  tana  mushaklarini  statik  chidamkorligi,  qo‘l,  barmoqlar  bo‘g‘imlarining 

harakatchanligi,  diqqat  ziyrakligi,  oyoqlar  va  tanada  qon  aylanishi  uchun  yaxshi 

fiziologik sharoit yarata bilish. Mashqlarning mazmuni: 

Bir xil yo‘nalishda 1-2 km gacha sekin yugurish. 

2. Turli joylarda tirsak bo‘g‘imlarini bukish va to‘g‘rilash. 

3. Tik turgan holatda qo‘l va barmoqlar bilan devordan itarilish. 

4. Har bir oyoqda yuqoriga 10-16 marta sakrash. 

5.  Bir  oyoqda  turgan  holda  tik  holatdan  gorizontal  holatga,  muvozanatga 

o‘tish, chap va o‘ng oyoqda 15-20 marta takrorlash. 

6. Qo‘llarni boshning orqasida “zanjir” qilib ushlab, sportcha yurish. 

7. Tennis koptogini qo‘lda 30 marta ezish. 

8. Tennis koptogini 10-16 marta otish. 

9. Maysada qoringa yotgan hola tennis koptogini o‘ynatish. 

10.  Tennis  koptogini  otib  va  uni  ushlab  olgan  holda  yurish,  yopiq  joyda 

yugurish. 

11. Qirrali holda ustida to‘pni otib, uni ushlab olgan holda yurish va yugurish. 

12. Turnikka osilgan holda oyoqlarni ko‘tarish. 

13. 200-300 mart masofaga yugurish.  

14. 200 martga qo‘llarni bo‘shatirib yurish. 

O‘quv  yurtlari  talabalari    amaliy  jismoniy  tayyorgarliklarni  rejalashtirish: 

O‘quv yurti talabalari  amaliy jismoniy tayyorgarlikni to‘g‘ri  rejalashtirib, nazorat 

qilib borilganda unumli natija beradi.  amaliy jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish 

“Jismoniy tarbiya” fanining o‘quv-uslubiy to‘plami doirasida amalga oshiriladi va 

uni  jismoniy  tarbiya  kafedrasi  tuzadi.  Bu    hujjatlarda    amaliy  jismoniy 

tayyorgarligning  yo‘nalishi,  maqsadi,  vazifasi,  vositasi,  uslubi  va  shakli  aniq 

ko‘rsatiladi.  amaliy jismoniy tayyorgarlik har bir talabaning bo‘lajak mutaxassisligi 

va  jismoniy  tayyorgarlik  darajasini  hisobga  olingan  holda  rejalashtirilsa,  yuqori 

samara  beradi.  Bunda  uchta  reja tuziladi: ko‘p  yillik, bir  yillik  va bir  oylik. Ko‘p 



56 

 

yillik  reja  butun  o‘qish  jarayoniga  tuziladi.  Bunda  jismoniy  tarbiya  va    amaliy 



jismoniy tayyorgarlikning yo‘nalishi, maqsadi, uslubi va shakli belgilanadi. Asosiy 

maqsad-talaba oliygohni tugatgandan so‘ng professional ishga layoqatli bo‘lishini 

ta’minlashdir. 

Bir  yillik  reja  ko‘p  yillik  rejaga  o‘xshash,  lekin  uning  mazmuni  aniq  va 

to‘liqdir.  amaliy jismoniy tayyorgarlikni rejasi o‘quv jarayonining xususiyatlarini 

hisobga olgan holda tuziladi. 

Oylik reja yillik reja asosida tuziladi. 

Talabalar    amaliy  jismoniy  tayyorgarligini  tekshirish  va  baholash,  ularning 

jismoniy tayyorgarlik darajasini tekshirishdan maqsad tanlangan mutaxassisliklarga 

yordam  berish.  Tekshirish  natijalarining  xolisona  bo‘lishi  jismoniy  tarbiyaning  u 

yoki  bu  vositalari  odam  organizmiga    qanday  ta’sir  qilishini  aniqlashga  imkon 

beradi.  Nazorat  qilish  va  baholash  jismoniy  tarbiya  darslari  jarayonida  har  bir 

semestrning  boshi  va  oxirida  o‘tkaziladi.  Tekshirishlar  jarayonida  talabalarning 

bo‘lajak professional faoliyatlari uchun kerak bo‘lgan amaliy bilimlari, malakalari 

va ko‘nikmalari baholanadi. 

 amaliy  jismoniy  tayyorgarlik  sohasidagi  bilimlar  kompyuterlar  yordamida 

maxsus savollarga javob berish yo‘li bilan aniqlanadi. 

Shug‘ullanuvchini har xil mashqlar bajarayotgan paytda baholash eng to‘g‘ri 

baholashdir. 

Professional  jismoniy  tayyorgarlikni  tekshirish  va  baholash  test  usullaridan 

foydalaniladi. 

“5”-rivojlanish darajasining kasb talabalariga to‘la mos kelishi; 

“4”-rivojlanish darajasining ko‘p miqdorda kasb talablariga mos kelishi; 

“3”-rivojlanish darajasining kasb talablariga qisman mos kelishi; 

“2”–rivojlanish darajasining kasb talablariga umuman mos kelmasligi. 

 amaliy  jismoniy  tayyorgarlik  bo‘yicha  sinov  o‘tkazishdan  maqsad  olingan 

bilim, malaka hajmini, jismoniy va ruhiy sifatlarni baholash va tekshirishdan iborat. 

Bu turli xil usullar yordamida amalga oshiriladi. 




57 

 

Hamma  institutlar  talabalari  uchun    bir  qator  talablar  umumiy  hisoblanadi. 



Bular quyidagilar:  

-muassasalar,  tashkilotlar,  idoralar  ishchi  xodimlari  jismoniy  tarbiyaning 

nazariy asoslarini bilish; 

-o‘quv yurti talabalari  amaliy jismoniy tayyorgarlikning umumiy vazifalarini 

bilish; 

-bo‘lajak  mutaxassislar  uchun  zarur  bo‘lgan  jismoniy  va  ruhiy  sifatlarni 

rivojlantirish va takomillashtirishni bilish; 

-professional amaliy jismoniy tayyorgarlik darajasini tekshirish va baholashni 

bilish; 

-    amaliy  jismoniy  tayyorgarlik  to‘plami  bo‘yicha  ertalabki  gigienik 

gimnastika, jismoniy tarbiya va sportga taalluqli reja konspektni tuzish; 

-yurak-qon  tomiri  tarmog‘i,  sensomotor  almashinuvlarining  rivojlanish 

miqdori, diqqatni tekshirish va baholash; 

-qo‘llar chaqqonligi, harakat tezligi, tez fikrlash; 

-hissiy qat’iylikni belgilovchi nazorat mashqni bajarish. 

Amaliy  mahorat va malakalarini shakllantirish va takomillashtirishda  tabiiy 

xarakatlar-sakrash,  uloqtirish,  tirmashib  chiqish,  yurish,  yugurish,  suzish  hamda 

maxsus vositalari foydalaniladi.  

Professional  fazilatlarni  rivojlantirish  uchun  maxsus  jismoniy  mashqlar, 

jismoniy fazilatlarni takomillashtirishga qaratiladi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 




58 

 


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin