Xulosa
Bitiruv malakaviy ishda talabalarning jismoniy tarbiya va sport
sog‘lomlashtirish tadbirlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jismoniy va amaliy
tayyorgarlikning asosiy shakllari va uslublari tahlil etilgan. Talabalarning jismoniy
tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘rganilgan. Talabalarning jismoniy
tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlari bilan birga, kasbga tayyorlash va kasbga
yo‘naltirish ishlarini tashkil etish masalalari o‘rganildi. Bu tadbirlarda jismoniy va
amaliy tayyorgarlikning shakllari va uning maqsad va vazifalari tahlil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etishni
o‘rganishda pedagogik nazorat suhbatlar, anketalar o‘tkazildi. Mavzuga oid internet
materiallari va adabiyotlar, darsliklar tahlil etildi. Talabalarning jismoniy
tayyorgarlik jarayonlari amaliy nazorat me’yorlari orqali baholandi. Zaruriy
jadvallar va grafiklar tayyorlandi.
A m a l i y j i s m o n i y m a d a n i ya t - kasbga taalukli amalda
qo‘llaniladigan va xarbiy-amaliy jismoniy tarbiyaga bulinadi.
Ular bevosita xunar, kasb faoliyati soxasida xamda ma’lum kasbdan kelib
chikadigan talablar va mehnat sharoitiga bog‘lik maxsus tayyorgarlik tizimini
kiritilishi bilan belgilanadi. Jismoniy tarbiyaning amaliy turlari, ularning organik
bog‘likligi, kasbga oid amaliy tayergarlik va xarbiy amaliy jismoniy tayergarlikning
umumiy jismoniy tayergarlik bazasi asosida yo‘lga qo‘yilishi, shakllanishi, vujudga
kelishi bilan ifodalanadi.
Bundan tashkari, jismoniy madaniyatning amaliy turlari mazmuniga jismoniy
tarbiya va sport zaminidagi turli turkumdagi jismoniy mashqlar kiritilgan. Jismoniy
madaniyat sog‘lomlashtirishga yunaltirilishi mumkin va davolash maqsadida
foydalaniladi. Shu tur jismoniy tarbiyasi o‘z oldiga organizmning vaqtinchalik
yo‘qolgan funksional imkoniyatlarini tiklash maqsadini qo‘yadi. Jismoniy mashqlar
odamni amaliy mehnatga va mudofaa faoliyatiga tayyorlaydi. Shuning uchun ham
har bir kasb egasiga jismoniy tarbiya va sport ko‘makchi bo‘ladi. Jismoniy mashqlar
hamda tabiat omillari insonni mehnat va xarbiy faoliyatdagi tabiatning va
sharoitning salbiy ta’sirlariga chidamliligini orttiradi.
59
Amaliy jismoniy tayyorgarligi salomatlikni mustahkamlashga, kasalliklarga
va charchashga chidamli bo‘lishga, jarohatlanishning kamayishiga yordam beradi.
Amaliy jismoniy tayyorgarlig bilan shug‘ullanganlarning mehnati boshqalarnikiga
qaraganda ancha samaralidir. Ular ish vaqtida kamroq charchaydilar. Barcha o‘quv
yurtlari talabalarining jismoniy tarbiya amaliyotida amaliy jismoniy tayyorgarligini
joriy qilish mas’uliyatli ishdir.
Amaliy jismoniy tayyorgarligi mehnatni tashkil qilishning yangi shakllaridan
foydalanishni tavsiya qiladi. Amaliy jismoniy tayyorgarligi mutaxassisning oliy
o‘quv yurtida jismonan rivojlanishning tashkiliy bir qismi deb qarash kerak. Kasbiy
amaliy jismoniy tayyorgarligini joriy qilish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bunday
yondashishi bu murakkab pedagogik jarayonning texnologiyasini chuqurroq
o‘rganishga hamda undan foydalanishga yordam beradi.
Bitiruv malakaviy ishi xulosalari.
1. Jismoniy va amaliy tayyorgarlikni takomillashtirishda zamonaviy tarbiya va
ta’lim uslublaridan keng foydalanish samaralar beradi.
2. Talabalarni sog‘lom va barkamol qilib tayyorlashda jismoniy va amaliy
tayyorgarlikning ahamiyat katta.
3. Jismoniy va amaliy tarbiya jarayonlarini reja va dastur asosida tashkil etish
shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishlarida ijobiy o‘zgarishlarni
ta’minlaydi.
4. Jismoniy va amaliy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini ta’lim muassasalarida hamda
kun tartibida ham muntazam tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
|