III.BOB. Talabalar jismoniy-amaliy tayyorgarligi va mashqlarning
organizmiga ta’siri.
3.1. Jismoniy mashqlarning talabalar organizmiga ta’siri.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish suyak to‘qimalarining
mustahkamligini oshiradi, paylarning suyaklarga mustahkam birikishini
ta’minlaydi, umurtqa pog‘onasini mustahkamlab, ko‘krak qafasini kengaytiradi.
To‘qimalarning asosiy vazifasi-harakatni ta’minlash. Shu bilan birga ular
deformatsiyalovchi, o‘ziga xos tormozlovchi, harakat energiyasini susaytiruvchi va
tez harakat vaqtida birdan to‘xtash imkoniyatini beruvchi hamdir. Jismoniy tarbiya
bilan doimiy shug‘ullanish natijasida bo‘g‘imlarning cho‘ziluvchanligi, paylar bilan
bog‘lanishi ortadi. Jismoniy tarbiya jarayonida mushaklar alohida kuch to‘playdi.
Bu kuchni o‘lchash mumkin. Bu kuch mushak tolalari miqdoriga va mushaklarning
uzunligi va cho‘ziluvchanligiga bog‘liq. Jismoniy tarbiya bilan doimiy
shug‘ullanish natijasida mushaklar tolasining miqdori ortadi, yiriklashadi va
shuning hisobiga mushaklarning kuchi ortadi. Odamdagi barcha mushaklarning
umumiy soni 300 million toladan ko‘proqligi aniqlangan. Agar odam tanasidagi
hamma mushaklar tolasining ish faoliyatini bir tomonga yo‘naltira olsak edi,
ularning bir vaqtda qisqarganda hosil bo‘lgan uzunlik 5000 km ga teng kelgan
bo‘lardi.
Jismoniy harakat faolligi. Talabalar sog‘lom turmush tarzining tarkibiy qismini
harakat faoliyati tashkil qiladi. O‘quv yili davomida talabalarda dars vaqtidagi
dinamik harakat faoliyati statik harakat faoliyatiga nisbatan 1:3, o‘qishdan keyingisi
1:8 bo‘ladi. Bu esa harakat faoliyatining cheklanligini ko‘rsatadi. Gigiena qoidasiga
ko‘ra har bir kishi harakat faoliyati bilan bir kunda kamida 1,3-1,8 soat
shug‘ullanishi kerak.
Jismoniy mashqlar davomida organizmda uning funksional quvvatini,
tarmoqlar va ularning o‘zaro aloqalarini ma’lum darajada kengaytirishini,
boshqarish
mexanizmlarining
takomilashishini,
kompensator-moslashuv
o‘zgaruvchanlik chegarasining yuqori ko‘tarilishining taminlaydigan morfologik va
32
funksional jarayon yuz beradi. Natijada organizmning oddiy va o‘ta chidamliligi
uning tashqi muhitdan hilma-xil zararli omillar ta’siriga qarshilik ko‘rsatish
qobiliyati ortadi. Mashqlarga chidamlilik ham oshib boradi. Bajariladigan jismoniy
mashqlar tarmog‘i ta’sir ostida kishi organizmida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar
mushak harakatlarning o‘ziga hosiligiga mashqlarning me’yori va uslubiga sog‘liq
yosh jins holatiga tayyorgarlik natijasiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lum darajadagi
o‘zgarish bilan kishi organizmning qarshiligi kuchayadi.
Jismoniy mashqlar bilan doimiy shug‘ullanish natijasida mashqlarga bardosh
berishning rivojlanish negiz-asab faoliyati va boshqarish mehanizmining
takomillashuvidir. Asab xujayralarining o‘zgaruvchanligi va qo‘zg‘aluvchanligi
asosida asab jarayonlari va ularning harakatchanlik kuchi yotadi. Shartli
reflekslarning paydo bo‘lishi va ularning barqarorligi tezlashadi, modda almashinuv
faoliyati ma’lum darajada jadallashadi. Murakkab o‘rta tarmoqni boshqarish
mehanizmlar mukammallashadi.
Qondagi gemoglabin tarkibi va etrotsidlar tarkibi sonining ko‘payishi qonda
kislorod xajmining oshishiga imkon beradi. Limfotsitlar soni o‘rtacha ko‘tariladi,
ishqorlik ortadi. Mushaklarda, bosh miyada, yurak mushaklarda energetik moddalar
ko‘payadi. To‘qmalarni kislorod bilan taminlaydigan ferment tarmoqlari faolligini
oshiradi. Nafas olish apparatining ma’lum miqdorda funksional quvvati ortib
qondagi kislorod xajmining ko‘payishi jismoniy harakat vaqtida kislorod
yutilishining o‘sishini ta’minlab ishga bo‘lgan qobiliyatini ko‘tarish imkoniyatini
beradi. Uglevod zaxiralari ko‘payadi, yog‘ miqdori kamayadi. Energiyaning sarf
bo‘lishi past bo‘ladi. Lekin talabga javob berish uchun yana birdan o‘sish mumkin.
Mashg‘ulotlar jarayonida xilma-xil qo‘zg‘atuvchilarning katta miqdori vujudga
kelib sharoit yaratgan analizatorlar funksiyasi takomillashadi.
Harakat faolligining tarkibiy qismi bu talabalarda sog‘lom turmush tarzini
tashkil qilishdir. Organizmdagi o‘zgarish ifodasiga asosan analizator faoliyatiga
sodir bo‘ladi, proprioressepsiyalarning mushaklarida takomillashuvi mushaklarda
bir me’yorda hosil bo‘lgan sezuvchanlikning kuchayishi harakat bajarilishining
33
aniqligi va ravonligi ortadi. Vestibulyar barqarorlik o‘sadi. Vestibulyar apparatining
qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq faoliyat va maxsus sinovdagi vegativ harakatlar va harakat
darajasi pasayadi. Ko‘rish analizatorining takomillashuvi ko‘rish maydonining
kengayishida ko‘z xarakati apparatining o‘sishi, yorug‘likning sezish ko‘rish
asabining o‘zgaruvchanligi va qo‘zg‘aluvchanligining ko‘tarilishida xosil bo‘ladi.
Suyak to‘qmasining gipertrofiyasi- paysimon suyak diafazasining ko‘ndalang
o‘sishi qobiq qatlamining yo‘g‘onlashuvida yuz beradi. Suyak apparatining
gipertrofiyasi katta jismoniy mashqlar bajarilishi uchun juda muhim bo‘lib, suyak
mexanik mustahkamligining o‘sishiga imkoniyat yaratadi. Mushak gipertirofiyaga
duch kelib, uning vazin va xajmi o‘sayotganda birinchi navbatda, oqsillar tuzilishi
o‘zgarib, miqdori ortadi, mushaklarning qon bilan ta’minlanishi kuchayadi. Sezilarli
darajada kapillyarlar kengayadi, morfologik tadqiqotlar xayvonlarda o‘tkazilgan
tajribalarga muvofiq ularning soni 40-50 foizga ko‘tariladi. Quvvat potensiallari
zaxirasi sezilarli darajada o‘sadi. Biokimyoviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ATF
resintezi va mushaklar ishlashidagi glikogen ko‘tarilishiga mos keladigan
mioglebin, miyazin, kreatifosifatlar soni sezilarli darajada o‘sadi va kalliy tarkibiga
kiruvchi bir necha temir, natriy, kalsiy, magniy ko‘payadi. Mushaklar oddiy kishi
uchun tana og‘irligining 35-40 foizini, 50% va undan ko‘proq qismini tashkil etadi.
Suyak mushak tarmoqlarning o‘zgarishi jismoniy rivojlanishning asosiy
ko‘rsatkichlari yaxshilangandan darak beradi. Bo‘g‘inlar va umurtqa pog‘onadagi
harakatchanlikning oshishi kishining tashqi qiyofasining va qomatining
takomillashishiga xizmat qiladi. Organizmdagi ortiqcha yog‘ va suvlarning
yo‘qolishi natijasida tananing solishtirma og‘irligi oshadi. Mashg‘ulotlarning
boshida tana vazni kamayib, keyinchalik oldingi holatiga keladi. Ayrim hollarda
bo‘yinning o‘sishi va tananing shakllanishi tugallanmagan bo‘lsa, mushaklarning
o‘sigshi hisobiga tana vazni ortadi Shu bilan birga mushaklarning gipertrofiyalanishi
va energetik resurslarining ko‘payishi natijasida mushaklarning funksional holati
yaxshilanadi. Mushaklarning zo‘riqishi va bo‘shashishi qobiliyatlari ko‘payadi,
34
amplitudasi oshadi, mushak kuchi o‘sadi, mushak tolalarining qo‘zg‘aluvchanligi
takomillashadi.
Nafas olish va chiqarish apparati katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Nafas olish
mushaklari rivojlanadi, o‘pkaning nafas olish sig‘imi kattalashadi, ko‘krak qafasi
harakatchan bo‘ladi. O‘pkaning sig‘imi ayollarda 4-5 l, erkaklarda 5-7 litrga yetib,
lozim bo‘lgan miqdordan 15-25% ga oshadi. O‘pkaning daqiqaviy maksimal
ventilyatsiyasi 100-200 l ga yetadi, sport bilan shug‘ullanmaydiganlarda esa u 60-
120 l ni tashkil etadi. Nafas olishning daqiqaviy hajmi 4-10 l gacha oshadi. Nafas
olish kamayadi va chuqurlashadi. Maksimal kislorod iste’mol qilish qobiliyati
o‘sadi.
Yurak faoliyati. Yurak ishi yaxshilanadi, tinch hollarda yurak qisqarish soni
42-60 ta, ayrim hollarda 36-42 tagacha kamayadi, yurakning qisqarish kuchi oshadi.
Sport bilan shug‘ullangan odamlar yuragining minutlik hajmi ko‘pincha 3,5-6 l ni
tashkil qiladi. Yurak qisqarishining sekinlashuviga sabab funksional o‘zgarishlar,
adashgan asab tonusining oshishi va uning avtomatizm funksiyalariga ta’siri
natijasida qon aylanishning sekinlashishi, diastolaning cho‘zilishi, kislorod
utilizatsiyasining yaxshilanishi, miokarddagi biokimyoviy va bioenergetik oqimlar
jarayonlar bilan bog‘liq.
Sistolik hajmining oshishi va yurak qisqarishining kuchli bo‘lishi yurak
mushaklarining gipertrofiyalanish va yurak bir marta qisqarganda o‘zidan chiqarib
tashlaydigan qoldiq va qon hajmining ko‘payishi bilan asoslanadi. Yurakning
bunday diastolasi uzun bo‘ladi. Qon haydash vazifasining qisqarishi sababli sistola
har bir oz qisqaradi. Yurak sikli davom etishning ko‘payishi sabali zo‘riqish davri
cho‘ziladi. Yurak mushaklarining gipetrofiyalashnishi, ayniqsa yurakning tonogen
kengayishi natijasida uning hajmi ko‘pincha kattalashadi, bu organizm katta
jismoniy zo‘riqishga fiziologik moslashganligidan dalolat beradi. Lekin ko‘p
hollarda sportchi yuragi kengaymasa ham yurak mushaklarining gipertrofiya
elementlari mavjud bo‘ladi. Yuqori malakali sportchilarda o‘tkazilgan
rentgenologik tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, faqat 4,9-7% hollardagina sportchilar
35
yuragida gipertrofiya belgilari yoki tonogen kengayish bo‘lmaydi. Anatomik
tekshirishlar hamma sportchilar yuragining vazni oshishini va ikkala qorincha
devorlarining yo‘g‘onlashganligini ko‘rsatadi.
30 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom odam yuragining o‘rtacha og‘irligi 270g. Sport
bilan shug‘ullangan odamlarda yuragining vazni 300-500 g gacha yetadi.
Sportchilar yuragining kattalashishiga qaramay uning vazni hech vaqt 500g dan
oshmagan. Ko‘pgina olimlarning ta’kidlashicha, sport bilan shug‘ullanganlarda
yurakning kattalashishi har bir bo‘laklarining bir xil o‘sishi tufayldi bo‘ladi. Sport
bilan shug‘ullangan odamlar yuragining kattalashishiga yurak mushagining
gipertrofiyalanishi va bo‘shliqlarning kengayishi sabab bo‘ladi. Gipertrofiyalanish
va kengayish darajasi ayrim hollarda turlicha bo‘lishi mumkin, lekin bunda yurak
mushaklarining vazni va hajmi orasidagi mutanosiblik saqlanib qoladi.
Yurak hajmi va uning jismoniy ish bajarish qobiliyati orasidagi korrelyatsion
bog‘liqlikni ingliz olimlari aniqlagan. Sport bilan shug‘ullanuvchilarning yuragi
kengayganda jismoniy ish bajarish qobiliyatining yuqori bo‘lishi, qisqarish
qobiliyatining yaxshi bo‘lishini olimlar ko‘p yillik tekshirishlarda kuzatishgan.
Kengaygan “sportcha” yurakning ritmi sekinligi asinxron va izometrik qisqarish
hisobiga zo‘riqish davrining cho‘zilishi, qorinchalarining tez to‘lishi, tezligining
kamayishi, qorincha ichidagi bosimning ortishi va qon haydash davrining davom
etish vaqti kamayishi bilan ifodalanadi.
Talabalariga jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini berishda, ularni tibbiyot xizmati
bilan ta’minlash tizimi mavjud. Bu tizim har bir talabani eng qulay sharoitda
jismonan tarbiyalashga va ahloqiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Shifokor
nazoratining o‘quv yurtidagi asosiy maqsadi har bir talabaning jismoniy holatini
hisobga olib, unga yordam ko‘rsatishdan iborat. Buni amalga oshirish uchun har bir
talabaning sog‘ligi, uning har tomonlama tayyorgarligi, jismoniy rivojlanishi
o‘rganiladi. Har bir organizmning ma’lum holda va ketma-ketlikdagi mashqlarga
qarshi o‘zgaruvchanligi nazorat qilinadi. Shifokor nazoratining aniq vazifasi
36
organizmni mustahkamlash va har bir talaba uchun jismoniy mashqlar hajmi va
ketma-ketligini aniqlashdan iborat.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi talabalarga tibbiyot xizmati
maxsus shifokor tomonidan jismoniy tarbiya dispanseri va xonalarida ko‘rsatiladi.
O‘quv yurtlarida shifokor nazorati maqsadi va vazifalariga qarab quyidagi
turlarga bo‘linadi:
- talabalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
-pedagog-shifokor kuzatishi;
-jismoniy tarbiya va ommaviy-jismoniy tarbiya-sport tadbirlarida tibbiy
xizmat;
-sport shikastlanishini va kasalligining oldini olish;
-mashq va musobaqalar o‘tkazish joyining tozalik-gigienik sharoitini nazorat
qilish;
-jismoniy tarbiya va sport targ‘iboti, ma’rifiy ishlar.
Doimiy tibbiy tekshirish va talabalarni jismoniy tarbiyalashda shifokor
nazoratining asosiy shaklidir. Ular 3 turda bo‘ladi: dastlabki, takroriy va
qo‘shimcha. Hamma tibbiy ko‘rikdan o‘tish shart. Tibbiy tekshirish ovqatlanishdan
1,5 soat keyin, jismoniy mashqlarda 2 soat keyin amalga oshirilishi lozim. Talabalar
dastlabki tibbiy ko‘rikdan 1-kursdan o‘tkaziladi. Ko‘rik alohida tartib asosida
o‘tkaziladi. Unda umumiy ko‘rsatkichlari, ilgari chalingan kasalliklari, zararli
odatlari, yashash sharoiti tekshiriladi. Ertalabki mashqlarning doimiy bajarilishiga,
sport to‘garaklariga, sport musobaqalariga qatnashishga alohida e’tibor beriladi.
Sport bilan shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulot o‘tkazishda jismoniy yuklanishni va
mashg‘ulotlardan keyingi holati o‘rganiladi.
Keyin tashqi tekshiruv o‘tkazish: tana va a’zolarning o‘lchamlari,
organizmning asosiy fiziologik tarmog‘i tekshiriladi. Dastlabki kuzatishning oxirigi
bosqichida yurak-tomir, nafas olish va asab tarmog‘ining faol holati jismoniy
yuklanish yo‘li bilan aniqlanadi. Talaba dastlabki tibbiy ko‘rikning natijalariga
ko‘ra 3 ta guruhdan biriga kiritiladi. Takroriy tibbiy ko‘rik talabaning sog‘ligiga va
37
sport malakasiga qarab o‘tkaziladi. Jismoniy tarbiya va sport bila o‘quv dasturi
bo‘yicha shug‘ullanayotgan talabalar bir yilda 1 marta, maxsus guruhdagilar
semestrda 1 marta, sportchi talabalar 1 yilda 2-3 marta tekshiruvdan o‘tadi. Takroriy
tibbiy ko‘rik natijalari talaba organizmining jismoniy tarbiya va sport mashqlari
ta’sirida uning rivojlanishini ko‘rsatadi. Shu ko‘rsatkichlarga muvofiq o‘quv
mashqlarining to‘g‘ri tashkil qilinganligi va mashg‘ulotlar foydasi baholanadi, zarur
bo‘lgan holda o‘qitish uslubiga va mashqlar hajmiga o‘zgartirish kiritiladi. Agar
talabaning sog‘lig‘iga istagan vaqtda aniqlash zarur bo‘lsa, u tibbiy ko‘rikdan
o‘tkaziladi. Bu ko‘rik har bir musobaqadan oldin talaba kasallik alomatlari paydo
bo‘lishi bilan, shuningdek, kutilmagan baxtsiz hodisalar sezilganda o‘tkazilishi
zarur. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarning yo‘llanmasi bilan ham qo‘shimcha
ko‘rikdan o‘tkazish mumkin. Qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tish muddati musobaqa
o‘tkaziladigan sport turiga bog‘liq: bokschi, kurashchilar musobaqa o‘tkaziladigan
kuni, marafonchilar, velosipedchilar bir kun oldin, sport o‘yini ishtirokchilari-o‘yin
boshlanishidan oldin qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tadilar.
Dispanser kuzatuvi-shifokor nazoratining murakkab turidir. U maxsus tibbiy
muassasalarda o‘tkaziladi. Bunday joylarda sog‘liqni saqlash, kasalliklarning oldini
olish tadbirlari ham o‘tkaziladi. Sog‘-salomatligidan katta o‘zgarish sezilgan
sportchi talabalar malakali shifokor nazoratida dispanserda kuzatuvdan o‘tkaziladi.
Yuqori malakali sportchilar viloyat, respublika dispanser ko‘rigiga yuboriladi.
Insonning jismoniy rivojlanishi organizmning tuzilishida ko‘riladi. 1-kurs
talabalari jismoniy jihatdan har xil rivojlangan bo‘ladi. Talabalarning jismoniy
rivojlanishini takroriy baholash uchun dastlabki tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi. Takroriy
tibbiy tekshiruvlar talabaning har tomonlama rivojlanishini aniqlab olish uchun
o‘tkaziladi. Jismoniy rivojlanishni baholashning asosiy uslubi tashqi ko‘rik va odam
tanasi va a’zolarini o‘lchashdir. Tashqi ko‘rik bo‘yicha: 1) organizm asosiy
to‘qimalarining rivojlanish darajasi; 2) ayrim a’zolar shakli; 3) murakkab
badantarbiya turlari aniqlanadi. Odam tanasi va a’zolarini antropometriya
yordamida o‘lchash bo‘yicha: 1) tana va uning alohida bo‘limlari hajmi; 2)
38
talabaning yoshi va jinsiga qarab jismoniy rivojlanish darajasi; 3) organizm
fiziologik tarmoqlari asosiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Tashqi kuzatish asosan inson terisi holatiga, suyak skeletiga, mushakka va yog‘
qatlamiga e’tibor bilan baholanadi. Sog‘lom odam terisi tekis, toza va egiluvchan
bo‘ladi. Insondagi mushaklar rivojlanishi 3 xil, ya’ni yaxshi o‘rtacha, salbiy
rivojlanishda bo‘ladi. Yaxshi rivojlangan mushaklar hajmi egiluvchanligi va
rel’efining ochiq namoyon bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Mushaklarning zaif
shakllanishi rel’eflarga esa bo‘lmasligi, egiluvchanlikning pasayishi bilan
izohlanadi.
Gavdada yog‘ to‘planishi darajasi teri osti yog‘ qatlamiga qarab oz, o‘rtacha,
ko‘p deb ajratiladi. Yog‘ qatlami oz bo‘lgan kishilarning bel, yelka suyagining
rel’efi ochiq namoyon bo‘lmaydi, qovurg‘asi chiqqan bo‘lmaydi. Yog‘ qatlami qalin
rivojlangan kishilar badani doira kontur shaklida bo‘lib, qorin, uning atroflarida yog‘
to‘plagan bo‘ladi. To‘qima rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichi organizm ba’zi
bo‘laklarining shakllariga qarab baholanadi.
Odam gavdasining orqa qismi belining shakli umurtqa pog‘onasining
fiziologik bukilganligiga bog‘liq. Odam umurtqasi 5 qismga bo‘linadi: bo‘yin,
ko‘krak, bel, dumg‘aza va dum. Bo‘yin va bel qismlarida umurtqa pog‘onasi oldinga
bukilgan, ko‘krak va dumg‘aza qismlarida esa orqaga bukilgan. Agar odamning
umurtqa pog‘onasi shunday tuzilgan bo‘lsa, yurganda va yugurganda, u umurtqa
pog‘onasiga tushadigan og‘irlik kamayadi, zarbalarni yumshatadi. Umurtqa
pog‘onasidagi bukilishlar 4 sm dan oshmasa, odamning orqasi to‘g‘ri hisoblanadi.
Orqa yassi bo‘lsa, bu umurtqa pog‘onasidagi fiziologik bukilishlarning silliqligidan
dalolat beradi. Natijada ko‘krak qafasi oldinga chiqib, qorin ichkariga kirib ketadi.
Umurtqa pog‘onasi ko‘krak qafasining orqaga bukilib va bel qismining oldinga
bukilishi natijasida orqaga egar shaklida ko‘rinadi. Ayrim hollarda umurtqa
pog‘onasining shakli buzilib, u yonga bukilishi mumkin. Muntazam ravishda
39
jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanuvchilarning qorni ixcham, mushagi rivojlangan
va yog‘ qatlamlari kam bo‘ladi.
Oyoqlarining shakli son va boldirning ko‘ngdalang o‘qi ham tizza va tovon
bo‘g‘inlarining ichki yuzasining munosabatiga bog‘liq bo‘lib, odam tik turganda
aniqlanadi. To‘g‘ri shaklli oyoqlar shu bilan ifodalanadiki, unda son va boldirning
o‘qlari mos keladi, bo‘g‘imlarning ichki yuzasi bir biriga tegib turadi yoki orasida
ochiqlik kam bo‘ladi. O-shaklidagi oyoqlarning faqat tovon bo‘g‘imlari bir-biriga
tegib turadi, tizza bo‘g‘imlari esa bir-biridan qochib turadi. Son va boldir o‘qlari
ichkariga ochilgan burchak hosil qiladi. X shaklidagi oyoqlarda buning teskarisi
bo‘lib, tizza bo‘g‘imlari bir-biriga tegib, tovon bo‘g‘imlarining orasi ochiq bo‘ladi.
Oyoq kaftining shakli uning ko‘ngdalang va egrilik holatiga bog‘liq. Bu
egriliklar bir-biri bilan bog‘langan kaft suyaklaridan tashkil topgan bo‘ladi. Yaxshi
kaft harakat-tayanch apparati rivojlangan kishilarda bo‘ladi. Ularning kafti to‘g‘ri
bo‘lib, ko‘ndalang va egriliklari yaxshiligi ko‘zga tashlanib turadi. Yassi oyoq
ko‘ndalang va egriliklari balandligi kichik bo‘lib, pay-mushak apparati juda sust
bo‘lgan kishilarda uchraydi, bunda oyoq kafti qismlari orasidagi chegara
ko‘rinmaydi. Oyoq kafti-odam turganda va harakatlanganda tayanch a’zosi
hisoblanadi.
Ko‘z bilan tekshirishning asosiy vazifasi odam tanasining tuzilishi morfologi,
fiziologik va psixologik alomatlarda namoyon bo‘ladi. Ular uch turga bo‘linadi:
normastenik, astenik va giperstenik. Odamning tuzilishi tanasining uzunligiga va
enining mutannosibligiga, suyak va mushaklarning qanday rivojlanganligiga
bog‘liq.
Normastenik turdagi odam tanasining tuzilishi, tanani uzunligi va ko‘ngdalang
o‘lchamlari va qismlarining bir-biriga to‘g‘ri kelishi va tananing asosiy a’zolari-
suyak, mushak va yog‘ning me’yorida bo‘lishiga aytiladi.
Astenik turdagi odamlarga tananing uzunligi eniga nisbatan ancha ko‘proq va
a’zolari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi.
40
Giperstenik turdagi odamlar tanasining eni bo‘yiga nisbatan katta bo‘lib, suyak
va mushak tarmoqlari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi.
Tananing tuzilishi va fiziologik funksiyalari orasidagi bog‘liqlikni hamda
odamning xulqi va kasalliklarini aniqlash maqsadida odam tanasining tuzilishi va
uning mijozi aniqlanadi.
Antropometriya-odam tanasini maxsus asboblar bilan o‘lchashdir. Quyidagi
asosiy antropomerik ko‘rsatkichlar aniqlanadi: tananing uzunligi va vazni, ko‘krak
qafasining doirasi uzunligi, o‘pkaning havo sig‘imi, qo‘l mushaklarining kuchi,
jismoniy sifatlarni rivojlanishi bilan organizmning o‘sishi va shakllanishi hamda
hayot faoliyatining o‘ziga xosligi. O‘quv yurtlarida tibbiy nazorat jarayonida
“Jismoniy rivojlanish” atamasi har bir talabaning sog‘ligini nazorat qilish maqsadida
qo‘llaniladi. Biroq katta yoshdagi odamlar uchun “Jismoniy rivojlanish”
tushunchasi rivojlanish mezoni bo‘la olmaydi, balki ayni paytda organizmning
mustahkam va jismoniy kuchi zaxirasining mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Bunda
“Jismoniy holat” atamasini ishlatish to‘g‘riroq hisoblanadi. Chunki jismoniy
sifatlari va jismoniy tayyorgarlikni o‘rganish maqsadida antropometriya hajmi
kengaytirilmoqda. Antropometriya yordamida olingan kattaliklar bir yoki bir necha
uslublar yordamida jismoniy rivojlanishni baholash maqsadida qo‘llaniladi. Ular
standart va korrelyatsiya uslublaridir. Organizm funksional tarmoqlarining holati
nafas olishni tekshirish yordamida aniqlanadi.
Tibbiy pedagogik kuzatish-jismoniy tarbiya mashg‘uloti paytida shifokor
o‘qituvchi, murabbiy bilan hamkorlikda talabalar nazorat qilinadi. Ushbu savollarga
javob berish kerak: mashg‘ulotlar olib borishning sharoitlari qanday? Xavfsizlik
qoidalariga rioya qilinganmi? Tozalik-gigiena normasi saqlanganmi? Mashg‘ulotlar
olib borish sharoiti deganda talabalarning jismoniy tayyorgarligini zo‘riqish hajmi
va uning jadalligi nazarda tutiladi. Bu shikastlanishning oldini oladi.
Talabalar tomonidan kiyim va poyabzallarning toza tutish, gigienik
qoidalarining bajarilishi, o‘z-o‘zini nazorat qilish kundaligini tutish, sport o‘yinlari
41
va mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan joylarning sharoiti va shu joylarning tozalik-
gigiena nazorati ishlari tozalik-epidemiologik bo‘lim xodimlari, jismoniy tarbiya-
davolash dispanserlari shifokorlari, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari
tomonidan olib boriladi.
Sport inshootlari tozaligiga, gigiena qoidasi va normasiga rioya qiladi, uskuna
va jihozlarning holatini, sport bilan shug‘ullanuvchilarning kiyimi va poyabzalining
tozaligini tekshiriladi. Bunda jismoniy mashqlarni turiga, mashg‘ulotlar o‘tkazish
sharoitga e’tibor beriladi. Yopiq sport inshootlari uchun kiyim yechadigan va
kiyinadigan xonalar, sportchilar uchun xizmat xonalari aniq bir qatorda ketma-ket
turishiga rioya qilinishi shart.
Sportda shikastlanishning bir necha sabablari bor. Talabalar tayyorgarligining
pastligi, sog‘liq holatining buzilishi, intizomsizligi. Mashg‘ulotlarni yetarli sport
jihozlari bilan ta’minlanmaganligi, mashg‘ulotlarni tashkil qilishda va o‘tkazishda
uslubiy xatolar, ob-havo sharoitlari. Sport shikastlanishning oldini olish uchun
ushbu qonun-qoidalarga e’tibor berish kerak:
1) jismoniy tarbiya mashg‘ulotida talaba o‘z gavdasining holatini nazorat qila
bilishi, xavfli harakat va turg‘un holda o‘zini saqlay olishi zarur;
2) talaba o‘z xavfsizligini ta’minlash usulini va o‘z-o‘zini xavfsizligini
ta’minlashni bilib olishi kerak;
3) qo‘l va oyoq bo‘g‘imlarini mustahkamlaydigan maxsus mashg‘ulotlarni
doimiy ravishda o‘tkazib turish;
4) kiyim-kechak va oyoq kiyimlari, sport jihozlari, sanitar, gigiena talabiga va
me’yoriga javob berishi kerak;
5) himoya uskunalaridan foydalanish;
6) yilning yoz va qish fasllarida shaxsiy gigiena talabalariga qat’iy rioya qilish;
7) suvda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni asosan guruh bilan maxsus ajratilgan
joyda o‘tkazish kerak.
42
Jismoniy tarbiya-sport ommaviy tadbirlarida tibbiyot xodimlarining
xizmatidan foydalanish. Bu tadbirlarni olib borishda kasalliklarning oldini olish va
davolash idoralarining tibbiyot xodimlari ishtirok etishlari kerak. Shifokor xodimlar
hakamlar hay’atining a’zosi hisoblanadi, bosh hakamning tibbiyot bo‘yicha muovini
bo‘ladi. U sportchilarning musobaqaga qatnashishiga ruxsat beradi yoki chetlatadi.
Musobaqa va mashg‘ulot o‘tadigan joyni tozalik va gigiena talabalariga javob
berishni nazorat qiladi; shikastlanishning oldini olishni nazorat qiladi.
Sog‘lomlashtirish sport lagerida talabalarning sog‘lig‘ini, jismoniy tayyorgarligini
va unga taalluqli bo‘lgan barcha ishlarni nazorat qiladi.
Talaba o‘z sog‘lig‘ini va jismoniy mashqlarning o‘ziga ta’sirini intensiv
kuzatib borishiga o‘z-o‘zini nazorat qilish deyiladi.. Talabaning jismoniy
rivojlanishini takomillashtirish, uning jismoniy ish qobiliyatini va aqliy qobiliyatini
ongli ravishda oshirish asosiy shartdir. Nazariy bilimga asosan maxsus uslub va
ko‘nikmalar yordamida o‘z-o‘zini nazorat qiladi. Talaba o‘ziga xos ma’lumotlarni
va ob’ektiv ko‘rsatkichlarni, organizmning asosiy fiziologik tarmog‘ining
faoliyatini ro‘yxatga oladi. Sog‘lig‘i muhim alomati, kayfiyatini, hol-ahvolini,
uyquning sifatini o‘zgarish xususiyatiga xizmat qiladi va charchashning
boshlang‘ich bosqichi ushbu alomatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Ob’ektiv
ko‘rsatkichlar jarayoni o‘z-o‘zini nazorat qilish bu yurakni qisqarishini
takrorlashnishi tana vazni va sport natijalaridir. Pulsni hisobga olishning uch xil
yo‘llari bor: tinch holatdagi soni, intensiv ish bajarish faoliyati va mashg‘ulotlardan
so‘nggi tiklanish davrining muddati. Tinch holatdagi puls organizmning vegetativ
asab tarmog‘ini va jismoniy tayyorgarlik holatini tasvirlaydi. Talabaning jismoniy
tayyorgarligi qancha yuqori bo‘lsa, tinch holatda uning puls urish soni shuncha kam
bo‘ladi. Yurak urishning jismoniy ishga sezgirligi organizmni shu jismoniy ishni
bajarishga tayyorligini va fiziologik tarmog‘ining chidamliligini ko‘rsatadi. O‘quv
mashg‘ulotlarida jismoniy ish bajarshning qiymati berilib, tomir urishi har daqiqada
130-150 marta deb olinadi. Agarda ish bajariladiganda pulsning sezgirligi biroz
yuqori bo‘lsa, bu talabaning jismoniy tayyorgarligi pastligini ko‘rsatadi. Pulsning
43
boshlang‘ich holati 15-30 daqiqadan so‘ng tiklanadi. Tiklanish davrining cho‘zilib
ketishi murabbiy va shifokorlarning e’tiborini jalb qilishi kerak.
Jismoniy mashqlar moddalar almashinuviga, energetik vaznini nazorat qilib
borish, organizmni ish bajarishga moslashtirishdan aniq dalolat beradi. Sport
mashg‘ulotlarining boshida tana vazni tushib ketadi. Organizmning mashg‘ulotlarni
tartibiga to‘la moslashuvi vaznni aniq bir saviyada saqlanib turishga olib keladi.
Sport natijalarini o‘sishini kuzatib borish-mashg‘ulot uslubini to‘g‘riligini baholab
va jismoniy chiniqish, qo‘shimcha zaxiralarni ochib, talabaningsport mohiyatini
aniqlab beradi. O‘z ustidan nazorat qilish jarayonidan olingan ma’lumotlar
talabalarning maxsus kundaligida qayd qilinadi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida fiziologik holat jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlari va musobaqalar oldindan shartli refleks mexanizmi asosida yechadi.
Asab tarmog‘ining uyg‘onishi va jo‘shqinlik tonusi kuchayishi, ichki organlar
faoliyati organizmni bo‘lajak mashqlarga tayyorgarligini oshiradi. Start sarosimasi
jismoniy va psixologik tayyorligi past bo‘lgan sportchi talabalarda bo‘ladi. Bu holat
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va musobaqalari oldidan shartli refleks asosida
kechadi. Haddan tashqari hayajonlanish keyinchalik markaziy asab tarmog‘ining
tormozlanish jarayoni bilan almashinadi. Bu ichki organlarning faoliyatini
pasaytirishga olib keladi. Oqibatda sport natijalari tezda yomonlashadi.
Start loqaydligi musobaqalar oldidan asab tarmoqlari uyg‘onishining va
jo‘shqinlik tonusining pasayib ketishi bilan ifodalanadi. Bu holat talabaning
jismoniy imkoniyati amalga oshirishiga to‘sqilik qiladi.
Charchash. Uzoq davom etgan ishdan, energetik manbalarning kamayib,
dinamik asab jarayonlarining buzilishi tufayli kelib chiqadi. Charchash holatining
qaytarilib turishi, mehnat va dam olish tartibining buzilishi, charchashning odam
organizmida saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Noto‘g‘ri shug‘ullangandagi
charchash-bu charchashning saqlanib qolish holati bo‘lib, mashg‘ulot jarayonlarini,
kun tartiblarini buzish natijasida paydo bo‘ladi.
|