7. Talabalarga tashkilotchilikni tarbiyalash, jismoniy madaniyat faoliyatini
tayyorlash. Ta’lim muassasalarida ommaviy jismoniy madaniyat va sport ishlarini
muvaffaqiyatli olib borish, jismoniy madaniyat darslari hamda jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlarni to‘laqonli o‘tkazishda talabalar jismoniy madaniyat faoliyatining
o‘qituvchiga doimiy yordami zarur. Guruxlarda Talabalar orasida jismoniy
madaniyat tashkilotchilari, sport to‘garaklarida jamoa sardorlari, guruh sardorlari
saylanadi. Ular faol sportchi talabalar ichidan tanlanadi. Ta’lim muassasasida sport
tadbirlarini tashkil etish va boshqarishda jismoniy madaniyat jamoasiga yaqindan
yordam beradilar. Shuningdek, talabalarni sportga jalb etish va jismoniy tarbiyaga
qiziqishlarini orttirishda katta rol o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: |