1.2.Talabalarni amaliy jismoniy mashqlarga o‘rgatishda uslubiy
tavsiyalar.
Uslublar va uslubiy shakllar o`zaro chambarchas aloqadadir. O`qituvchi ularni
turli ko`rinishlarda qo`llab, jismoniy tarbiyaning to`la qonli jarayonini ta'minlaydi.
Amaliy uslublar: jismoniy tarbiya jarayonida talabalarni mashqlarni va
jismoniy harakatlarni bajarib ko`rsatish ta'minlanishi kerak. Talabalar harakatlarni
amalda bajargandagina ularni muskullararo tasavvurlar, reflekslar shakllanadi.
O`rganiladigan harakatlarni munatazam mashq qilib borish talabalarni
sog`lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish masalalarini hal etadi. Mashq uslublari
9
amaliy uslubning shakli hisoblanib, dastlabki jismoniy tarbiya jarayonida turg`un
sharoitda mashqlar bilan shug`ullanish ta'minlanadi. So`ngra esa mashqlarni
mustaqil shug`ullanishga ruxsat beriladi. Mashqlar bilan shug`ullanish uslubi ikki
shaklda, umumiy, yaxlit holda mashqni o`rganish hamda qismlarga bo`lib o`rganish.
Mashqlarga o`rgatishda dastlab uni umumiy holda bajariladi. Keyin jismoniy
mashqni qismlarga bo`lgan holda o`rganiladi. Mashq malaka va ko`nikmasi
shakllangan so`ng yana yaxlit holda bajarishga erishiladi. Yugurib kelib sakrash,
uzunlikka uloqtirish va shunga yaxshash harakatlarda ham mashq qismlarga bo`lib
o`rgatiladi va so`ngra yaxlit holda o`rgatiladi. Murakkab jismoniy mashqlarni tez va
yaxshi o`zlashtirish uchun qismlarga bo`lib o`rganish muhim o`rin tutadi. Jismoniy
mashqlarni bunday izchillikda o`rganish ta'lim samarasini orttiradi.
Amaliy uslublarda musobaqa va o`yin uslubi ham muhim o`ringa ega.
Musobaqada o`quv materiallarini yaxshi o`zlashtirilgan talabalar va guruhlar,
jamoalar aniqlanadi. O`yinlar ham shunday vazifaga ega bo`ladi. Musobaqa va o`yin
uslubi jismoniy mashqlar o`rganishga va bajarishga bollaarda qiziqishni orttiradi.
Ular mashqlarni yaxshi bajarishga va natijalar, ko`rsatkichlarni oshirishga harakat
qiladilar. Shu bilan birga organizmda fiziologik, biologik va ruhiy o`zgarishlar
musobaqa va o`yin davrida keskin o`zgaradi. Musobaqa va o`yinlar talabalarni
ahloqiy sifatlarini shakllantirish va tarbiyalashga yordam beradi. Ularda
jamoatchilik, do`stlik, hamkorlik, tashabbuskorlik, faollik, vatanparvarlik his-
tuyg`ulari rivojlanadi. Shunga qaramay musobaqa va o`yinlar davrida harakatlarni
va jismoniy mashqlarni aniq bajarish darajasi pasayadi, talabalarda asabiy va
jismoniy charchash yuzaga keladi. Buni oldini olish uchun mashg`ulotlarni qiziqarli
tashkil etish hamda talabalar jismoniy va hissiy charchashlarni oldini olish kerak.
Xatolarni tuzatish uslubi talabalar jismoniy harakatlar va jismoniy mashqlar
texnika taktikasini egallashda sodir qilayotgan xatolarni bartaraf etish tushuniladi.
Har bir talaba jismoniy mashq bajarish jarayonida xatolarga yo`l qo`yadilar. Bu
xatolarni o`qituvchi kuzatib borishi, aniqlashi, tahlil etishi hamda bartaraf etish
bo`yicha uslubiy, amaliy tavsiyalar berish kerak. Shuning uchun o`qituvchi jismoniy
mashqlarni o`rgatayotganda ularni bajarish texnikasi va unga qo`yiladigan talablarni
10
batafsil tushuntirish kerak. Jismoniy mashqni bajarishda sodir bo`ladigan xatoni
oldindan aytish va unga e'tibor qaratish kerakligi qayd etiladi. Jismoniy mashqlarni
bajarishdagi xatolar individual holatda tuzatiladi va xatoni kelib chiqish sabalari
talabalarga tushuntiriladi. Jismoniy mashqlarni bajarishda xatolar quyidagi hollarda
sodir bo`ladi.
Yetarli jismoniy tayyorgarlik bo`lmaganda
Mashq texnikasini yaxshi o`zlashtirilmaganda
Jihoz va buyumlarni nosozligida
Talabalarni charchash yoki kasal holatida
Xatolarni bartaraf etish uchun yuqorida ko`rsatilgan holatlarga e'tibor qaratish
kerak.
Talabalarga
individual
yondoshish:
Talabalar
bilan
ishlashda
o`qituvchilarning o`z talabalari individual xususiyatlarini yaxshi bilishi katta
ahamiyatga ega, chunki, har bir guruxda zukko va parishonxotir, faol va sust:
jismoniy madaniyat va sportga qiziquvchi va qiziqmaydigan talabalar bo`ladi.
O`qituvchi har bir talabaning sog`ligini va jismoniy rivojlanganlik darajasini yaxshi
bilish kerak.
Har bir guruxda o`z guruxdoshlaridan jismoniy tayyorgarligiga ko`ra yaqqol
ajralib turadigan talabalari bor. Ulardan ba'zilari mashqlarni bajara olmaydilar,
boshqalari esa, aksincha, jismoniy mashqlarni bajarishda yuqori natijalar
ko`rsatadilar. Jismoniy mashqlarni va harakatlarni bajarishda qiynaladigan,
bo`shang talabalarga o`qituvchi doimo dalda berishi, ularni ma'naviy jihatdan
ko`mak berishi kerak. Ularga jismoniy mashqlarni egallashning sirlari, jismoniy
tayyorgarlik asoslari haqida to`liq tushunchalar berishi va kelajakda ular ham mohir
sportchi yoki jismoniy barkamol bo`lib yetishlariga ishonch tug`dirishi lozim.
Shuningdek yaxshi tayyorgarlikka ega bo`lgan talabalar ham o`zlariga
individual yondoshishga ehtiyoj sezadilar. Ular uchun ko`proq jismoniy yuklamalar
berish kerak aks holda oddiy mashqlar ularni yetarlicha jismoniy rivojlantirmaydi,
hamda ularni darsga bo`lgan qiziqishlarini so`ndiradi. Bunday talabalardan
mashg`ulotlarni tashkil etish va mashqlarni o`zlashtirishga orqada qolayotgan
talabalarga yordam berish maqsadida foydalanish mumkin.
11
Qat'iylik va botirlikni talab etadigan mashqlar, muvozanat saqlash mashqlari
tayanib sakrash, yugurib kelib balandlikka sakrash mashqlarini ko`pchilik talabalar
ishonchsizlik bilan bajaradilar. Mashqlarini texnikasini egallashda ularga o`qituvchi
ma'naviy ko`magi zarur bo`ladi. Shuningdek mashqlarni o`rganishda qo`rqinch
hissini bartaraf etish kerak.
Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida talabalarga individual yondashish uslubi
talabalarning tibbiy guruhlarida mashg`ulotlar tashkil etishda ham keng
foydlaniladi. O`qituvchilar kasal talabalarga ularning kasallik darajasiga muvofiq,
ruxsat etilgan jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishni tashkil etadi. Shuningdek
jismonan zaif talabalarni jismoniy rivojlantirish choralarini belgilaydi. Bunday
guruhda jismoniy tarbiya tadbirlarini olib borishda o`qituvchi mashqlar miqdorini,
takrorlashlar sonini cheklashi, bajarish sharoitini yengillashtirish, maxsus mashqlar
bilan shug`ullanish, mashqlar ko`rsatkilariga e'tibor berish kerak bo`ladi. Tibbiy
guruhlarda mashg`ulotlar olib borishda o`qituvchilar shifokorlar bilan doimiy
hamkorlikda bo`lishlari kerak. Talabalarga individual yondoshishda ularning
sog`ligini, yoshini, jinsini va jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy qobiliyatini
albatta hisobga olish kerak.
Jismoniy tarbiya uslublari. Jismoniy tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun
ta'lim va tarbiyaning o`rgatish kabi pedagogik uslublaridan keng foydalaniladi.
Jismoniy tarbiya jarayonida hilma-xil uslublar qo`llaniladi. Bu uslublar bevosita,
his-tuyg`u bilan idrok etishdan yoki so`zdan, yoki amaliy harakat faoliyatidan
foydalanishga asoslanadi. Yuklama va dam olish jismoniy tarbiya uslublarining
o`ziga xos tarkibiy qismi hisoblanib, tarbiya jarayonida foydalaniladi. Yuklamani
tashkil qilish va uni dam olish bilan qo`shib bajarishning tartibi jismoniy tarbiya
uslublari tuzilishining asosi bo`lib hisoblanadi. Yuklama samarasi uning hajmi va
intensivligiga bog`liqdir
Yuklama hajmi berilgan jismoniy mashqlarning uzoq ta'sir qilishini hamda
mashg`ulotlar davomida bajariladigan jismoniy ishning jami miqdori tushuniladi.
Mashq yoki mashg`ulot miqdori unga sarf etilgan vaqt bajarilgan ishning vazni,
bajarilgan masofaning hajmi va boshqa ko`rsatkichlar me'zon hisoblanadi.
12
Yuklama intensivligi jismoniy ishning har bir mashq paytidagi ta'sir kuchi,
jiddiyligi vaqt birligida birlashishi tushuniladi. Harakat tezligi ishning kuchliligi,
og`irlikning vazni, tegishli yuklamaning umumiy hajmida tezlik va og`irlikda
bajariladigan ishlar miqdori, mashg`ulotning mator zichligi, va boshqalar intensivlik
o`lchovi hisoblanadi.
Yuklama jismoniy tarbiyaning hilma-xil uslublarini tuzishda, standart-amalda
har bir ta'sir etishda o`zgarmas va ta'sir etish jarayonida o`zgaruvchan bo`ladi.
Yuklamadan foydalanish maqsadga muvofiqligini aniqlashni jismoniy tarbiyaning
uslubiy tamoyillari belgilab beradi.
Dam olish jismoniy tarbiya uslublarining tarkibiy qismi hisoblanib passiv-
harakatsizlik va aktiv-engil mashg`ulot shaklida bo`ladi. Yuklama qismlari
orasidagi interval qanchalik qisqa uzoq bo`lishi har xil uslublarda ta'sirni nimaga
qaratilganligi va tiklanish jarayonlarini qonuniyatlariga qarab belgilanadi. Bunday
intervallar uch xil-to`la, qattiq va ekstremal intervalga bo`linadi.
To`la yoki oddiy interval deb yuklamaning navbatdagi ta'siri paytigacha ish
qobiliyati to`la tiklanadi. Bu bilan barcha funktsiyalar qo`shimcha zo`r berishsiz ish
faoliyatini davom ettiradi.
Qattiq intervalda yuklamaning navbatdagi qismi to`la tiklanmagan fonga
tushadi. Ishning samarasi o`zgarmagani bilan fiziologik va psixiologik jarayonlarni
keskinlashib borishi sodir bo`ladi.
Ekstremal intervalda yuklamaning navbatdagi qismi tiklanish qonuniyatlari
natijasida paydo bo`lgan yuqori ishchanlik qobiliyati fazasiga to`g`ri keladi. Shunga
qaramay bu intervallar natijasida erishilgan samara barqaror emas.
Jismoniy tarbiya uslublarini asosiy vazifalaridan biri mashqlarni o`rgatish va
amalga oshirish faoliyatidir. Harakatli mashqlarni o`zlashtirishga bir-biriga qarama-
qarshi bo`lgan ikki xil usulda yondashiladi.
1. Harakatli mashqlarni tarkibiy elementlarga bo`lib o`rgatish.
2. Harakatli mashqlarni tarkibiy elementlarga bo`lmay o`rgatish.
13
Bu yondashish usullarida ham jismoniy tarbiya uslublari o`z aksini topadi.
Shug`ullanuvchilar faoliyatlarini tartibga solish usullari gimnastika, o`yinlar va
sport turlari shakllarida vujudga kelgan.
Qat'iy reglamentlashtirilgan mashq uslublari. Qat'iy reglamentlashtirilgan
mashq usulublari harakatli mashqlarni qat'iy reglamentlashtirilgan sharoitlarda ko`p
marta qayta takrorlashdan iborat. Belgilangan harakat dasturida; yuklamaning qat'iy
normalashtirish va mashq jarayonida uning dinamikasini to`la boshqarishda; dam
olish intervalini qat'iy tartibga solish va ularni belgilangan tartibda yuklama bilan
navbatlashishida qat'iy reglamentlashtirilgan mashqlar foydalaniladi.
Harakatlarni o`rganish jarayonida mashq uslublari. Harakatli mashqlar dastlab
yaxlit va qismlarga bo`lib o`zlashtirilishi mumkin. Harakat amallarini qismlarga
bo`lib o`zlashtirishda harakatlar tarkibiy elementlarga bo`linadi va ular navbat bilan
o`zlashtiriladi. Qat'iy reglamentlashtirilgan mashq usuli ikki asosiy shaklga
bo`linadi.
1) mashqlarni qismlarga bo`lib, so`ng izchillik bilan birlashtirib bajarish
2) qismlarni tanlab chiqarib yuborish bilan bajariladigan yaxlit mashq.
O`rganilgan harakatlardan takomillashtirish uchun foydalanish har xil bo`ladi.
Bu yerda uslubiyot yo`nalishi organizm imkoniyatlarini oshirish uchun qaratilgan
talablarga bog`liqdir. Organizmning har xil funktsional xususiyatlarini umumiy
takomillashtirishga qaratilgan umumlashtirilgan mashq uslublari va organizmning
ayrim funktsiyalariga tanlab ta'sir ko`rsatishni ta'minlovchi tanlab bajariladigan
mashq uslublari ham keng foydalaniladi. Jismoniy fazilatlarni rivojlantirishda
usullarning yo`nalishi yuklamani reglamentlashtirish va uni dam olish bilan qo`shib
bajarish tartibini qandayligiga bog`liq. Uni hisobga olib mashq jarayonlarini
standartlovchi-standart mashq uslublari va mashq davomida ta'sir etuvchi omilning
o`zgarishini belgilovchi o`zgaruvchan mashq uslublarini farqlash kerak. Shuningdek
ular uzluksiz va interval mashq uslublariga bo`linadi. Shu bilan birga bir-biriga
uyg`un keluvchi uslublar guruhi ham mavjud bo`lib ularga kombinatsiyalangan
uslublarni kiritish mumkin.
14
Standart mashq uslublari. Standartlashtirilgan mashq jarayonida harakatlar
ularning tuzilishi va yuklamaning asosiy paramentlarida biror bir jiddiy o`zgarishsiz
takrorlanadi. Bunda har bir navbatdagi takrorlashda yuklama hajmi jihatdan ham,
intensivligi jihatidan ham tashqi o`zgarishga uchramay turaveradi.
Standart uzluksiz mashq uslublari-asosan chidamlilikni tarbiyalashga
qaratilgan. Bularda eng ko`p qo`llaniladigani bir tekis bajariladigan mashq uslubidir.
Standart-intervalli mashq uslubiga bir qator takroriy mashq uslublari kiradi, bu
uslublarda bir xil yuklama dam olishning nisbatan doimiy intervali orqali qayta
tiklanadi. Almashinuvchi mashq uslublari yangi marralarga yo`l ochishda yetakchi
rol o`ynaydi. Almashinib turuvchi uzluksiz mashq uslublari asosan tabiiy siklli
harakatlar yuzasidan bajariladigan mashqlarda qo`llaniladi. Almashinib turuvchi
mashq uslublari bunda sur'at va tezlik asosiy almashuv mezoni hisoblanadi. Standart
bo`lmagan dastur bo`yicha masofada tezlikni tartibga solish bilan harakterlanadigan
almashinuvchi mashq uslubi bunga asosiy misol hisoblanadi. Yuklamalar mashq
jarayonida surunkasiga emas interval bilan bajarilsa ta'sir kuchi va maqsadni
almashtirish imkoniyati ortadi. Buning uchun almashinuvchi yuklamani dam olish
bilan tizimli navbatlashuvchiga asoslangan uslublardan-intervalli almashinuvchi
mashq uslublaridan keng foydalaniladi. Bu usulda yuklama qat'iy ravishda ortiq
yuksalib boradi. Bu xil keng tarqalgan uslublardan biri interval bilan bajariladigan
o`sib boruvchi mashq uslubidir.
Pastlab boruvchi mashq uslubi qarama-qarshi qonuniyatlarni aks ettirib
yuklamaning bir ta'siri ozayadi. Lekin umumiy vazifa o`zgarmaydi, asosiy ta'sir
kuchi saqlanib qoladi. Tartibga soluvchi mashq uslubida yuklamaning goh oshish
goh pasayishini hisobga olib uni tartibga solib turiladi. Bu uslub siklli, atsiklli barcha
harakatli mashqlarda qo`llaniladi. Bu uslubda yuklama goh oshish tomonga, goh
kamayish tomoniga doimo o`zgarib turadi Mashqning kombinatsiyalashgan
uslublari. Sanab o`tilgan uslublar amalda, yangi uslublar hosil qilinganday bo`lib
kombinatsiyalashadi. Bunga, bir tomondan, har qanday yuklamaning ham biror bir
uslubni qo`llashga imkon bermasligi sabab bo`lsa, ikkinchi tomondan, hilma-xil
15
uslublarning xususiyatlarini birlashtirish ko`p hollarda yuklama bilan dam olishni
ancha to`g`ri tartibga solish sababdir.
Takroriy almashinuvchi mashq uslublari. U takroriy va almashinuvchi
mashqlarning shunday birgalikda kelishini ko`rsatadiki, bunda almashinuvchi
harakterida bo`lgan yuklama bir tartibning o`zida ko`p marotabalab takrorlanadi.
Takroriy o`sib boruvchi mashq uslubi. Bu uslubda yuklamaning standart
shaklda qayta tiklanishi uni asta-sekin oishirib borish bilan almashtirib turiladi. Dam
olish intervalining vaqti yuklamani oshirish mumkin bo`ladigan qilib belgilanadi.
Almashinuvchi interval bilan bajariladigan takroriy mashq uslubi. Bunda
yuklamaning tashqi tomonigina qat'iy takrorlanib, hajmi o`zgarmaydigan bo`lib
qoladi.
Organizmning javob ta'siriga kelganda, bu ta'sir dam olish intervalining tegishli
o`zgarishi bilan bog`liq ravishda o`zgarib boradi.
Ko`p seriyali interval mashq uslubi. Bu uslubda biror bir faoliyat uni dastlab
bo`lib yuborish va so`ngra qismlarni intervallarni tugatish hisobiga bosqichma-
bosqich birlashtirish yo`li bilan asta-sekin o`zlashtirib boriladi.
Harakatlarni kompleks qo`llashdagi mashq uslublari. Jismoniy tarbiya
jarayonida bir qator har xil harakatlarni birlashtirish va ularni qat'iy
reglamentlashtirilgan mashq uslublari bilan yaxlit tartibda qo`llash hollari bo`ladi.
Faoliyatning kompleks harakterda bo`lishi jismoniy sifatlarning bir-biri bilan
organik bog`langan holda har tomonlama o`sishiga imkon beradi hamda harakat
koordinatsiyalarini takomillashtirish uchun yaxshi sharoit yaratadi.
Har xil jismoniy mashqlardan komplks foydalanishda aylanma trenirovka usuli
ko`p foydalaniladi. Bunda asosiy va yordamchi sport gimnastikasi, sportning ba'zi
turlaridan olingan murakkab bo`lmagan harakatlar foydalaniladi. Atsiklik
tuzilishdagi harakatlardan ko`pchiligiga bajarish jarayonida sun'iy sikllilik tusi
beriladi. Aylanma trenirovka jismoniy fazilatlarni takomillashtirishga qaratilgan
variantlarga ega bo`ladi. Ular chidamlilikni tarbiyalashga qaratilgan-uzluksiz mashq
uslubi. Kuch va kuch tezkorlikni tarbiyalashga qaratilgan-dam olishning qattiq
intervali bilan bajariladigan interval mashq uslublari, chaqqonlik, egiluvchanlikni
16
rivojlantiradigan to`la intervalda dam olish bilan bajariladigan intervalli mashq
uslublaridan iborat bo`ladi.
Aylanma trenirovkada tanlab, maqsadga yo`naltirilgan va umumiy ta'sir
o`tkazuvchi mashqlar bir-biri bilan bog`liqligicha amalga oshiriladi. Bir faoliyatdan
ikkinchi faoliyatga o`tish faoliyatlarni almashtirish samarasidan keng foydalaniladi.
Bu bilan ishchanlikni oshirishga hamda ijobiy hissiyotlar shakllanishiga imkon
tug`iladi.
O`yin uslubi. Jismoniy tarbiya uslublarining samarali shakllaridan biri o`yin
uslubidir. O`yin ijtimoiy hodisa bo`lib, jismoniy tarbiyada ham, umumiy tarbiyada
ham g`oyat katta ahamiyatga egadir. Tarixning ilk davrlarida o`yin shakllangan
bo`lib, hozirgi davrga qadar u takomillashib, barkamol inson tarbiyasining asosiy
vositalaridan bo`lib qolmoqda. U talabalarni jismoniy harakatlarga bo`lgan
ehtiyojini qondirishga, yoshlarni jismoniy rivojlantirishga, kishilarni madaniy
ma'naviy xordiq chiqarishlariga xizmat qilib kelmoqda. Jismoniy tarbiyaning o`yin
uslubi quyidagi ko`rinishlarda bo`ladi.
Faoliyatni taqlid asosida tashkil etish, bunda vaziyatning doimiy va ko`proq
darajada bexosdan o`zgarishi bilan maqsadga erishish. O`yin syujeti atrof-muhitdan
olingan biror tomoni obrazli ifoda etishdan iborat bo`ladi yoki jismoniy tarbiya
talablariga asoslanib o`ynovchilarning harakat qilishlarining maxsus syujeti
shakllanadi. Bunday holat ko`proq sport va harakatli o`yinlarda uchraydi.
Maqsadga erishish usullarining hilma-xilligi va faoliyatning kompleks
harakterda bo`lishi. O`yinda g`alaba qilish mumkinligi bir harakatlarga bog`liq
bo`lmaydi. Jismoniy tarbiya jarayonida o`yinlar faoliyati kompleks shalda bo`ladi.
Ya'ni o`yin jarayonida yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, itqitish kabi halma hil
harakatlar bajariladi. Shuning uchun g`alabaga erishishda xilma-xil usullar va
harakatlarning shakllari qo`llaniladi.
Shug`ullanuvchilarning bemalol mustaqil harakat qilishi, ularning tashabbus va
chaqqonlik ko`rsatishlariga va o`z harakat faoliyatlariga talablar qo`yish. O`yinlar
qoidasi o`yin yo`nalishini belgilaydi, vazifalarni hal qilishda imkoinyatlar yaratadi,
17
o`yin davomida vaziyatni doimiy va birdan o`zgarib turishi harakat qobiliyatlarini
to`la ishga solishga majbur qiladi.
Shug`ullanuvchilar harakatining bir-biriga bog`liqligi, yorqin emotsionallik.
O`yinlarda ishtirokchilar o`rtasida aloqa o`rnatiladi, o`zaro hamkorlik va bir-biriga
qarshi raqiblik ruhida bo`lish mumkin, qarama-qarshi fikrlar qiziqishlar
to`qnashganda ziddiyat vujudga keladi. Bu bilan o`yin maqsadi hal etiladi. Yuksak
hissiy holat paydo bo`lib, ahloqiy fazilatlarni namoyon qilish imkoniyati yaratiladi.
Yuklama me'yorining cheklangan imkoniyati. O`yin uslublarining bu
xususiyati shug`ullanuvchilar o`zlarining charchash va dam olish chegaralarini
o`zlari belgilaydi. Ular o`zlarini ishchanlik qobiliyatini o`yin davomida boshqarib
boradilar. Lekin o`yin davomida yuklama boshqarilmaydi degani emas, balki
jismoniy yuklama o`yin qoidasi,, murabbiy ko`rsatmasi va boshqa usullar bilan
boshqariladi va me'yorlanadi. Bu usulda shug`ullanuvchilar chaqqonlik, topqirlik va
joyda tez mo`ljal olish mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlari tez takomillashadi.
Shuningdek jamoatchilik do`stlik hissi, ongli intizomni tarbiyalashda o`qituvchi
uchun ta'sirli vosita bo`lib xizmat qiladi.
Musobaqa uslubi. Jismoniy tarbiyada musobaqa-bellashuv usullari muhim
ahamiyatga ega. Musobaqa keng tarqalgan ijtimoiy jarayon hisoblanadi. U hamma
sohaga xos bo`lib faoliyat ko`rsatuvchilarni yuksak natijalarga erishishga chorlaydi.
Jismoniy tarbiya jarayonida musobaqalashish uslubi mashg`ulot o`tkazishda ham
mustaqil musobaqa shaklida ham tashkil etilishi mumkin. Musobaqa uslubini
harakterlovchi xususiyat birinchilik yoki yuksak natijaga erishish uchun kurashda
kuchlarni sinashdir. Sport musobaqalarida raqiblarning bellashuvlari o`yin holatiga
nisbatan ko`proq namoyon bo`ladi. Jamoalararo musobaqalar g`alabaga erishish
uchun kurashga ma'suliyat sezib, bir-biriga yordam berish jamoatchilik
munosabatlari bilan tavsiflanadi. Musobaqa uslubining o`ziga xos xususiyatlari
yuklamani me'yorlash va shug`ullanuvchilar ustidan nazorat qilish uchun
cheklangan imkoniyat beriladi. Musobaqalar biror-bir qoida bilan reglamentlashtirib
qo`yiladi.
18
Musobaqalarning maqsadi, tartibi va o`tkazish shartlarini reglamentlash
yuklamani boshqarish uchun asos bo`ladi. Faoliyatning aniq harakteriga muvofiq
musobaqaning
maqsadi
va
mazmuni
namoyon
bo`ladi.
Murabbiylar
musobaqalashuvchilarning faoliyatiga yo`llanma berish bilan rahbarlik qiladi.
Shuningdek, tavsiyalar musobaqa davomida ham berib boriladi. Lekin ba'zi sport
turlarida murabbiylarning musobaqalarga aralashuvi man etiladi. Musobaqalashish
uslubining shu tomonlari o`yin uslubiga o`xshash bo`ladi. Shunga qaramay
musobaqa bilan o`yin uslubining ba'zi bir jihatlari keskin farqlanadi. O`yin uslubida
musobaqa bo`lmasligi mumkin. Shuningdek musobaqada ham o`yin uslubi
qo`llanmasligi mumkin.
Musobaqalashish uslubi har xil tarbiyaviy vazifalarni hal qilish-jismoniy,
irodaviy, axloqiy sifatlarni tarbiyalash, malaka va ko`nikmalarni, takomillashtirish
uchun qo`llaniladi hamda axloqiy xislatlarni tarbiyalashda musobaqalashish
uslubining ahamiyati g`oyat kattadir. Musobaqa uslubi boshqa uslublarga qaraganda
shug`ullanuvchilarga jismoniy, texnik-taktik mahoratini hamda ahloqiy sifatlarni
tarbiyalash uchun muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. Shunga qaramay musobaqalar
davomida salbiy xususiyatlar xudbinlik, o`ziga bino qo`yish, dag`allik va
maqtanchoqlik kabi xislatlar shakllanib qolishi mumkin. Buni oldini olish uchun
musobaqalashish uslubiga murabbiylar mohirona rahbarlik qilishlari hamda
ma'naviy tarbiyaga katta e'tibor berishlari kerak.
Musobaqalar tufayli jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilar
o`zlarining jismoniy tayyorgarligi va texnik taktik mahoratlari darajasini bilib
boradilar. Bunday olib qaraganda musobaqalar jismoniy rivojlanishni nazorat qilish
mezonlari bo`lib xizmat qila oladi.
Nutq va ko`rsatmalilik uslublari. Ko`rsatmalilik uslubi jismoniy tarbiya
jarayonida o`z ta'sir kuchiga ega bo`lib asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
Ko`rsatmalilik uslublari farqlanuvchi xususiyatlari ko`proq birinchi signal sistemasi
orqali ta'sir etish, voqelikning konkret obrazlarini yaratishdan iboratdir. Bunda
bevosita
ko`rsatmaliligi
bilan
harakterlanuvchi
uslublarni
va
bavosita
ko`rsatmalilikdan foydalanish uslublarini bir-biridan farqlash lozim. Ko`rsatmali
19
uslublarning amalda bajarib ko`rsatish shakli mashqlarni va harakatlarni
shug`ullanuvchilar amalda o`zlari bajaradilar. Bu bilan harakatlar texnikasi va
taktikasining muskullari va tayanch harakat apparati tizimi orqali xis qiladilar.
Ko`rsatmalilikning bavosita usulida mashg`ulotlar davomida plakatlar, rasmlar,
sxemalar, kino va videofilmlar namoyish qilish bilan tashkil etiladi. Shuningdek,
bavosita ko`rsatmalik uslubida odam gavdasi modellari har xil mulyajlar, maketlar,
elektr yordamida harakatlanadigan nishonlar va boshqa texnik vositalar qo`llaniladi.
Nutqdan foydalanish uslublarining alohida xususiyati-tinglovchilarga asosan
ikkinchi signal sistemasi orqali ta'sir etish, voqelikni mulohazalar yuritish orqali
tushuncha va xulosalarda qayta tiklashdir. So`zning bu xil vazifalariga qarab,
nutqdan foydalanishning har xil uslublari qo`llaniladi.
Gapirib
berish
uslubi
o`rganiladigan
xodisa
va
jarayonlarni
shug`ullanuvchilarga og`zaki tasvirlab beriladi. Bu usul asosan ikki shaklda bo`lib
qisqa va batafsil gapirib berishdan iborat bo`ladi. Gapirib berish mashg`ulot shakliga
hamda ta'siriga qarab hissiy holatda bo`ladi.
Tushuntirish uslubi mashq bajarish davomida mashqni bajarib turib bajariladi.
Bunda mashqning bajarishdagi ko`rsatmalar yoki ko`rgazmali qurollardan
foydalanib tavsiyalar beriladi. Shuningdek, bu jarayonda ilova usuli ham
qo`llaniladi. Ilova deb og`zaki tushuntirishga yakun yoki qo`shimcha hisoblanadi.
Ko`rsatma, buyruq berish og`zaki ta'sir etish shakllaridan bo`lib unda fikr
lo`nda buyruq shaklida ifodalanadi. Jismoniy tarbiya sohasida shug`ullanuvchilar
faoliyatiga rahbarlik qilish buyruq shaklida tashkil etiladi. Ko`rsatma berish,
yo`llanma berish, topshiriq berish, bu usullar shug`ullanuvchilarga harakatlarni
to`liq o`rganish va xatolarni bartaraf etishga yordam beradi.
Og`zaki baholash usulida shug`ullanuvchilar ko`rsatayotgan natijalarga baho
berish shakli bo`lib bu bilan shug`ullanuvchilar rag`batlantiriladi yoki kamchiliklari
va xatolari ko`rsatiladi. Og`zaki baholash usuli bilan shug`ullanuvchilarda jismoniy
mashqlarni bajarishga yanada ishtiyoq va qiziqish shakllantirilishi kerak.
Suhbat uslubida shug`ullanuvchilar bilan o`rganilayotgan jismoniy mashq va
harakatlar yoki umumiy jismoniy tarbiya va sport bo`yicha suhbat savol va javob
20
shaklida muhokama qilinadi. Bu bilan shug`ullanuvchilarni mavzuga oid savollarga
javoblar berilib ularni jismoniy mashqlardan mustaqil shug`ullanishga asos
yaratiladi. Suhbatlar keng va yakka tartibda ham tashkil etiladi.
Hisob berish va tushuntirish uslubida shug`ullanuvchi talabalar o`rganilayotgan
va bajarayotgan mashqlarni haqida hisob beradilar. Erishayotgan natijalari va
kamchiliklarni tushuntiradilar. Hisob va tushuntirish o`qituvchi uchun jismoniy
tarbiya jarayonida erishilayotgan samaralar darajasini baholashga imkoniyat
yaratadi. Shuningdek, mashqlar va harakatlarni o`rganishda erishilayotgan natija va
kamchiliklar bilan shug`ullanuvchilar o`zaro maslahatlar qiladilar.
Dostları ilə paylaş: |