3
KIRISh
Bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan barcha sohalar
qatori jismoniy tarbiyaga ham alohida ahamiyat berib kelmoqda. Aholining barcha
qatlamlarida jismoniy tayyorgarlikni oshirish maqsadida ham keng qamrovni ishlar
amalga oshirilmoqda. Yurtboshimiz boshchiligida hukumatimiz rahbariyati
tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida qabul qilinayotgan farmon, qonun va
qarorlar mamlakatimiz aholisini har tomonlama yetuk insonlar bo`lib yetishishlariga
berilayotgan e`tiborning yorqin ifodasidir.
Kishilik
1
tarixi, bugun dunyodagi ko‘pgina taraqqiy topgan, barqaror va
badavlat yashab kelayotgan davlatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, avvalo
o‘zining xususiy mulkiga ega bo‘lgan shaxs va bunday shaxslardan tashkil top-
gan toifa o‘zini va oilasini boqishga, shu bilan birga, orttirgan daromadi
hisobidan o‘z yaqinlari va muhtoj insonlarga beg‘araz yordam ko‘rsatish, el-yurt
uchun xizmat qiladigan maktab, kasalxona, madaniyat va sport maskanlari barpo
etish, bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, davlat va jamiyat zimmasidagi ko‘pgina
vazifalarni amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Eng muhimi, bunday insonlar yurtimizda tinchlik-osoyishtalik va
barqarorlikni saqlash va himoyalash, yorug‘ kelajagimizni qurish yo‘li-da
astoydil jon kuydirib mehnat qiladi.
Ta’lim sohasidagi ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, Fransiyadagi dunyoning
eng yaxshi beshta biznes maktabi qatoriga kiradigan “Inssad” xalqaro biznes
maktabining 2012-yilgi “Innovatsiyalarning global indeksi” ma’ruzasida bayon
etilgan ma’lumotlarni keltirish o‘rinli, deb o‘ylayman. Ushbu ma’ruzada dunyoning
141 mamlakatidagi innovatsion rivojlanish kompleks tarzda tahlil qilingan.
Tahlilning asosiy tarkibiy qismlaridan biri inson kapitalini rivojlantirish darajasi
bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha bizning mamlakatimiz 35-o‘rinni egallagan.
“Ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi bo‘yicha esa O‘zbekiston – shunga e’tibor
1
Ислом Абдуғаниевич Каримов. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент “Маънавият” 2008й
4
beringlar – dunyoning 141 mamlakati orasida ikkinchi o‘rinni band etgan.”
2
Bularning barchasi ma’naviy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizdan
oziqlangan iqtisodiy taraqqiyot yo‘limiz jamiyatimiz hayotiga qanday ijobiy ta’sir
ko‘rsatayotganining yorqin ifodasidir. Eng muhimi, yurtimizda moddiy va
ma’naviy jarayonlarning o‘zaro mutanosib tarzda rivojlantirilayotgani siyosiy-
ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam garovi bo‘lib xizmat
qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: