Shekiba samadi mening ikkinchi kitobim loyihasi



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/29
tarix04.02.2022
ölçüsü1,95 Mb.
#52094
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Ikkinchi kitobim. Shekibo Samadiy (2) (4)0706

2021/4/6 

 

MEN SEVGAN ADIB 

Adabiyot  bu  hayot!  Dunyodagi  barcha  bo’layotgan  voqiyalarni  o’z  badiiy  ijod 

bilan tasvilarlab bergan yozuvchi!Adiblar hech qachon o’lmaydi! 

Adabiyotni  sevmagan  inson  hayotni  semaydi.  Adiblar  bo’lmaganda  bugun 

shuncha rivojlanishlarga ega bo’lmagan bo’lardik desam ham xato qilmagan bo’lardim. 

Umuman qaraganda hamma adiblar chiroyli va tasirchan asarlar yozgan, ularni har bir 

yozgan  so’zlari  xalq  yuragidagi  umidlar,  orzular,  quvonchi,  qayg’u  dard  alam  va 

aytilmagan  fig’onlardir.  Hayotda  shunday  voqealar  borki  hech  kimda  aytolmaymiz, 

birovga sherik qilolmaymiz lekin shu dardu alamlarni yozuchilar, shoirlar va ijodkorlar 

yuzaga  chiqaradi,  shu  uchun  ham  ular  xalqning  yuragidan  joy  olgan.  Bizning 

tomirimizda buyuk istedodi, mehnat bilan jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo’shgan 

bobolarimizning  qoni  oqmoda.  Biz  dunyo  tamaduniga  o’chmas  iz  qoldirgan,  buyuk 

yurtdoshlarimiz,  Al  Xorazmiy,  hadis  ilmining  sultoni  Al  Buxoriy,  sayoramiz  shakli 

birinchi bo’lib kashf etgan qomus ilmi na faqat jahonni zabt etgan podshoh va sarkarda

balki ilm fan va madaniyat rahnamosi bo’lgan Amir Temur turk adabiyotida asos solgan 

hazrat  Amir  Alisher  Navoiy  avlodimiz  va  ularni  qanchalik  ilm  daryosidan 

bahramnadligidan butun jahon tan olgan.  

Shunday buyuklar nomi bilan faxrlanish o’zi kam, ularni qadrini bilish va ishonch 

bilan ularni davomchisi bo’lishimiz kerak. Men o’zbek, fors va jahon adabiyotida ijod 

qilgan ijokorlarimizni o’qiganman, haqiqatni aytsam hech bir yozuvchining asari men 

uchun  tasirsiz  bo’lmagan.  Shulardan  biri  o’zbek  adiblarimizdan  O’zbekiston  xalq 

yozuchisi O’tkir Hoshimov mening eng yaxshi ko’rgan adibimdir. Sababi uning har bir 

yozgan so’zlarida ko’z yoshlarimni to’xtatolmaganman. Uni birinchi bor qiziqib o’qigan 

asarim Dunyoning ishlari. Dunyoning ishlari qiziq, odam umr bo’yi bolalik yodi bilan 

o’zoqlashmaydi.  Qayerda  borsam  faqat  onam  allalari  qulog’imga  eshitiladi.  Ehtimol 

dunyoning bir chekkasida turib narigi chekasiga turgan kishi tushunmas, biroq dunyo bir 

chekkasiga  aytilgan  allani,  duyoni  narigi  chekkasiga  turgan  kishi  bemalol  tushunadi. 

Nega  shuqadir.  Ehtimol  bunisiga  biz  tushunmaymiz,  nahotki  biz  bir  bola  kabi 

tushunmasak.  Ehtimol  buni  sababi  boshqadir.  Ehtimol  ona  tushungan  narsani  biz 

tushunmaymiz.  Shu  uchun  ham  ona  tabiatning  eng  buyuk  ixtirochisidir.  Farzandlar 

onasidan yuragi tilagan narsani tilaydi. Lekin, onalarchi? Bir og’iz shirin so’z, tabbasum, 

ming afsuski biz nodonlar shuni ham eplolmaymiz.  

Bahor  qaytmaydi,  ba`zida  inson  kimga  ishonishini  ham  bilmay  qoladi,  gohida 

sizning eng yaqin do’stingiz ham sizga xiyonat qilishi mumkin. O’tkir Hoshimovning 

ushbu asarida tasvirlangan Ali mardon hayotda jonli bir darsdir. Kibru g’ururga bosilib 

kelajakni qandaybo’lishini uylamagan Alimardonning hayoti hasrat bilan tugaydi, lekin 

afsuski u payt hech qanday foydasi yo’q. Hayotnifaqat yuqori cho’qqisiga adashib, quyi 

martabalrni ko’rmagan artist tez muddatda bor yog’idan ayriladi.  




 

 

22

 

Yozuvchining  ilk  asari  1962-yilda  „Poʻlat  chavandoz”  nomida  ocherk  toʻplami 



tarzida nashrdan chiqdi. Ammo yozuvchiga muvaffaqiyat keltirgan asar1970-yilda nashr 

qilingan „Bahor qaytmaydi” qissasi boʻldi. 

Oʻsha  paytda  nashr  qilinayotgan  mafkura  targʻibotidan  iborat  asarlar 

fonidayozuvchi  Oʻtkir  Hoshimovning  oddiy  insoniy  munosabatlar  haqidagi  bu  asari 

qorongʻu osmonda chaqnagan mushak kabi eslanadi. 

  

 



 

Bu asar asosida suratga olingan videofilm oʻz vaqtida eng koʻp tomosha qilingan 

asar sifatida tarixga kirdi. 

Oʻtkir  Hoshimovning  bir  qancha  asarlari  ekranlashtirilgan.  „Xazon  boʻlgan 

bahor”,  „Inson  sadoqati”  (1975),  „Vijdon  dorisi”,  „Toʻylar  muborak”  (1979), 

„Qatagʻon”  kabi  drama,  komediya,  bir  qator  kinossenariylar  muallifi.  „Daftar 

hoshiyasidagi bitiklar”(2001) kitobi ijtimoiy-maʼnaviy hayotda muayyan iz qoldirgan. 

„Choʻl  havosi”  nomli  birinchi  qissasi  1963  yilda  bosilib  chiqqan.  Talabchan  adib 

Abdulla Qahhorning eʼtiboriga sazovor boʻlgan. „Urushning soʻnggi qurboni”, „Yanga”, 

„Muhabbat”,  „Dehqonning  bir  kuni”,  „Umr  savdosi”,  „Quyosh  tarozusi”,  „Oq  bulut, 

oppoq bulut” singari oʻnlab hikoyalari, „Shamol esaveradi” (1968), „Bahor qaytmaydi”

 

(1970),  „Qalbingga  quloq  sol”



 

(1973),  „Dunyoning  ishlari”

 

(1982),  „Ikki  karra  ikki-



besh”(1987) qissalari, „Nur borki, soya bor” (1976), „Ikki eshik orasi”

 

(1985), „Tushda 



kechgan  umrlar”  (1993)  kabi  romanlar  yozganlar.  Adib  asarlarida  zamonaviy  oʻzbek 

xalqining maʼnaviy dunyosi, milliy ruhi, urf-odatlari tasvirlangan. „Toʻylar muborak”, 

„Sizdan ugina, bizdan bugina”, „Vijdon dorisi”, „Inson sadoqati”, „Qatagʻon” singari 

pyessalar  muallif.  U.E.Xemenguey,  K.Simonov,  A.Kuprin  va  boshqa  adiblarning 

asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 

Oʻtgan asrning sovet mafkurasi hukmron boʻlgan 70-yillarida Oʻtkir Hoshimov 

Oʻzbekiston  televideniesida  „Bahs”  deb  nomlangan  eshittirishlarni  olib  bordi.  Bu 

eshittirishlar yozuvchining „Qalbingga quloq sol”. “Dunyoning ishlari” „Nur borki, soya 

bor” kabi asarlarida koʻtarilgan oʻtkir ijtimoiy muammolar haqidagi bahslarning davomi 

boʻldi. 


Keyinchalik yozuvchi „Ikki eshik orasi” (1986), „Tushda kechgan umrlar” (1994) 

romanlarida  zamondosh-asrdosh  odamlar  taqdirini¸  20-asrning  eng  keskin  fojiaviy 

hodisalari  Ikkinchi  jahon  urushi  hamda  mustabid  tuzumning  jinoyatkorona  siyosati 

oqibatlari bilan bogʻliq holda tahlil va talqin etishga urindi. 




 

 

23

 

Umrining  soʻnggi  yillarini  Oʻtkir  Hoshimov  oʻzbek  hukumatining  targʻibot-



tashviqot  kampaniyalaridan  xoliroqda  oʻtkazdi.  Oʻzbek  prozasida  zamonaviy 

mavzularni  imkon  qadar  mafkuradan  xoli  tarzda  yorita  olgan  taniqli  yozuvchi  Oʻtkir 

Hoshimov  2013-yil,  24-may  kuni,  71  yoshida  olamdan  oʻtdi.  Toshkentning

 

Doʻmbirobod



 

masjididagi juma namozidan keyin yozuvchi jasadi tuproqqa berildi. 

Shoirning hayoti va ijodidan chiqib men yana ko’proq uni asarlarini o’rganib va 

kejakda  shunday  asarlar  ijod  qilish  va  bularni  arab  va  fors  tillarga  tarjima  qilishni 

o’zimga maqsad qildim. O’tkir Hoshimov asarlari bilan doim tirikdir va shu o’tgan sari 

uni qiziqib o’qiydiganlar ko’payib bormoqda.  




Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin