Shekiba Samadiy
NOMSIZ QIZLAR UCHUN, QIRQNOM
Qirqqiz haqida juda ko’p eshitgan edim, lekin doim meni shu savol o’ylashga
majbur qilar edi, nega dunyo bo’ylab bu qadamjo shunchalik shuhrat qozongan? Aslida
o’zi bir afsonami yoki haqiqatmi? Markazimizga O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis
senatori xotin-qizlar gendr tengligi masalalari qo’mitasi bosh maslhatchisi Tursunova
Nodira Nosirovna tashrif buyurdilar. U kishi biz talabalar bilan suhbatlashdilar.
Suhbatimiz orasida Qirq qiz haqida savollar va munozaralar bo’lib o’tdi, shu bahslar
jarayonida Nodira opa O’zbekistondagi Qirqqiz qal’asi haqida ma`lumot berdilar.
Gapdan gap chiqib suhbatimiz Afg’onistondagi Qirqqiz haqida to’xtadi. Men bu haqda
eshitgan bo’lsam-da, lekin deyarli hech qanday ma`lumotga ega emas edim.
O’sha kungi suhbatdan so’ng men o’z yurtimdagi mashhur joy nomi haqida hech
narsa bilmaganimdan qattiq afsus chekdim. Shu kundan boshlab bu mavzuga oid
ma’lumotlarni izlay boshladim. Kitoblarni varaqladim, internetni qidirdim. Menga
qizig’i shu ediki, har doim bu haqda o’qiganimda, uni bir afsona deb bilar edim.
Shunchalar alamli doston nahotki mening yurtimga tegishli bo’lsa, deb o’ylardim.
Afg’onistonlik yozuvchi Jon Yunusning ,,Qirqqiz’’ kitobini o’qish menga alohida bir
eshik ochdi, ayniqsa unda aks ettirilgan xotin-qizlar shijoati men uchun katta iftixor edi.
O’zimning kimligimni tanish uchun buyuk bir namuna edi. Asardagi buyuk qahramon-
Shirin nomli qiz, Vatani uchun, xalqi uchun qilichi bilan tog’larni yemirib, dushmanlarni
halok etgan. O’z Hazoristoniga yangi bir hayot va umid baxsh etgan edi. Kitobga
qanchalik yaqinlashsam, u meni o’ziga shunchalik rom qilar edi. Asarni o’qish men
uchun juda ham dardli edi, nahotki xotin-qizlar shuchalik zulm-sitamlar orasida hayot
kechirsa va yana ularning bahosi bug’doy va arpadan ham arzon bo’lsa. Minglab ayollar
boshqa yurtlarga asir bo’lar edi, ba`zisi yig’lab, ba`zisi esa kulib jon topshirar edi.
Aytishingiz mumkin, axir bu ayollarning gunohi nima edi? Aslida ushbu savol birinchi
bo’lib o’zimni qiynar edi. Afg’on ayollari Hindistonga asira qilib olib ketilgan.
Hindistonlik muxbir ushbu vaziyatdan lol qolib shunday savol beradi?
Nega minglab ayollar Afg’onistondan Hindustonga asira bo’ladi. Bu savolga
ayollardan biri shunday javob beradi:
16
- Chunki u hazora.
Muxbir bu gapning ma’nosiga tushunmay yana savol beradi:
- Menga aytingchi,qanday gunoh qilgansizki,asiraga aylangansiz?
Yana shu javobni beradilar:
- Faqat hazora.
Muxbir yana bu javobdan qoniqmay qayta savol bilan murojaat qiladi:
Bilamizki, Afg’oniston xalqi musulmondir, hindlar orasida ham musulmonlari
bor, lekin bizda hazoralarga nisbatan hech qanday jazo tayinlanmagan. Hazora qanday
gunoh?
Ayol shunday javob beradi:
- Hazora ham xuddi afg’ondek bir millatdir, lekin podshohimiz ham afg’ondir,
shuning uchun Afg’onistonda hazoralarning yashashini istamaydi.
Boyagi savol qiluvchi yana tushunmay shunday deydi:
Bizda har qanday millat yashaydi, lekin ular gunohkor hisoblanmaydi. Misol uchun:
molo, kodor, konikor, urolish millati.
Bu millatlarning dini va tili bir bo’lgan, hind millati esa har xil dinga mansubdir.
Bular o’g’rilik,odam o’ldirish, zino qilish, kufur aytishni gunoh deb bilishadi,
ushbulardan hazoraning xatosi qanday?
- Hazoraning gunohi har qanday gunohdan og’ir, o’g’rilikning jazosi qo’lni kesish,
zino uchun jarima to’lash, kufr aytish uchun tavba qilish bo’lsa, hazoraning
gunohi faqat o’lim deb bilishgan. Afg’onlar Afg’onistonda, tojiklar Tojikistonda,
o’zbeklar O’zbekistonda va hazoralar go’ristonda, deb aytadilar.
Shunday og’ir damlarda oilasiga boldek shirin bu-Shirin edi. U bolaligidan onasidan
doston va she`r eshitishni sevar edi. Shuning uchun ham xalq uning ovoziga mushtoq
edi. Hazoralar bilan afg’onlar o’rtasida urush boshlanganda, Shirin o’z tengdoshlari bilan
otishni yaxshi bilganligi uchun yetti yil dushmanlar bilan kurashadi. ,,Qirqqiz’’
Hazoristonning eng qora kunlaridan so’ylovchi bir necha asrlik tarixga ega bo’lgan
dostondir. Bu voqeani eshitish insonga oson kechmaydi. Ba`zilarning aytishiga ko’ra,
ushbu doston hazoralar orqali bizgacha yetib kelgan bir afsonadir. Lekin ushbu doston
haqiqat bo’lib, Shirin asarning bosh qahramonidir. Uruzgonda hazoralar mag’lub
bo’lgandan keyin juda ahvoli og’ir kechgan. Eng yomoni qirq qizning o’limidir. Amir
Abdurahmon xonning lashkari Uruzgonga bostirib kelganda ko’p kishilarni tirbo’ron
qilib o’ldiradi, qal’alarni yoqadi, erkaklarni tig’ va qilich damidan o’tkazadi, ayollarni
asir qilib ularni bug’doy va arpa qimmatida sotadi. Shunda Shirin jang maydoniga qadam
qo’yadi, o’z tengdoshlari bilan hayotining so’nggi damigacha dushman bilan kurashadi.
Natijada orqaga qaytish farmoni berilgandan keyin Shirin bilan o’ttiz to’qqizta qiz yetti
kecha-kunduz yurib Shashpar tog’ining cho’qqisiga chiqadi. Shirin o’z dugonalariga
toshchalarni qo’liga olishni buyuradi. Dushman ularning izidan yetib keladi. Shirin
do’stlariga shunday deydi:
Endi boshqa yo’l yo’q na qochish va na qaytish. Dushmanlar yonimizdadir. Bizlar
uchun dushmanga taslim bo’lishdan yomoni yo’q, Qandahor va Kobul bozorlarida
sotilganimizdan ko’ra o’z jonimizni fIdo qilganimiz afzal.
17
Dushmanlar qirqqizning shijoat va jasoratini ko’rib o’z ko’zlariga ishonmasdi. Ular
xuddi qirq qushdek qo’lni qo’lga berib jonlarini fido qildi. Shunday qilib qizlar abadiy
uyquga ketdi. Shu sababdan Hazoriston xalqi u tog’ning nomini Qirqqiz deb nomlagan.
Hozir ham xalq uni juda hurmat qiladi. Agar bir yigit bilan qiz turmush qursa, shu tog’
yoniga borib To’y qilishadi va oilada birinchi farzandining ismini ham Shirin deb
qo’yishadi. Bundan tashqari xalq bu afsona haqida turli she`rlar ham yaratganlar.
Qirqqiz nomi bilan juda ko’p joy nomlari bog’liq. Jumladan, Afg’oniston, Eron,
O’zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Turkiya, Gurjiston va Ukrainadir. Qirqqiz dostoni
juda keng sohani o’z ichiga oladi. Eron bilan Turkiyada alohida bir shahar qirqqiz
nomidadir. O’zbekistonda ham Qirqqiz nomi bilan bog’liq afsonalar bor.
Afg’onistonning ham juda ko’p joylari shu nom bilan atalgan hamda har biri o’ziga xos
dostonga ega.
I.
Uruzgon qirqqizi.
II.
Kobuldagi qirqqiz.
III.
G’urbandagi qirqqiz.
IV.
Hirotdagi qirqqiz.
V.
Balxdagi qirqqiz.
VI.
Samangondagi qirqqiz.
VII.
Maymanadagi qiqqiz.
VIII.
Qandahordagi qirqqiz.
IX.
Qunduzdagi qirqqiz.
Juda ko’p afsonalar haqiqiy bir dostondan kelib chiqqan, lekin Afg’onistonda
Uruzgondagi qirqqizdan ko’ra alamlisi yo’q. Hazoristondagi Kobul, Hirot, Qandahor,
Hilmand, Zobul, Maydoni vardak mintaqalardan kirib kelgan. Mamlakatda ikkita buyuk
fojia yuz berganligi uchun uning tinchligi qo’ldan ketdi. V-VI asrda Ahmad shoh
Abdullo va Amir Abdurahmonxon orqali yuz bergan voqealar (1880-1893-y.y) nafaqat
ko’p mintaqalarni qo’ldan berishga sabab bo’lgan, balki hazora xalqini yarmini qirib
tashlaydi. Uylarni yondirish, tiriklay qabrga ko’mish, xalqni majburan ko’chirish-bular
hammasi bir-biridan fojiali bo’lgan dostonlardir. Shirinnafaqat o’z millati nomusini
saqlab qoldi, balki yuzlab dushmanni nobud etdi. Shirinning otasi unga doim shu so’zni
aytardi:
Hazora qizlari nomusi faqat sening qo’lingda Shirinjon. Seni qal’ang eng so’nggi
qasrdir. Tadqiqotchilar qirqqiz haqida ish olib borganlar, jumladan Rasuli janoblari
aytadilar:
Menimcha bularning hammasi ta`subdir, bularni yo’qotish kerak.
Shundayki bilasizlar, men juda ko’p yillardan beri shu yo’lda amaliy ish olib
bormoqdaman. Doim maqsadimiz shu bo’lganki, ular bilan ish olib borsam ta`sub
haromdir. Hammamiz insonmiz, hammamiz afg’onistonlikmiz va haqiqatni o’zi bari bir
haqiqatdir. Haqiqatdan hech qachon qochib bo’lmaydi, agar bu voqea boshqa millatda
yuz bergan bo’lsa ham men yana amaliy ishimni olg’a olib borardim.
Haqiqatdan hamma qirqqiz dostonlari eng g’amli va alamli dostonlardandirki,
kitobxonni o’ziga jalb etadi. Men bu haqda tahqiq qilganimdan sabab shuki, hali ham
insoniyat tirik va hech bir haqiqat ochilmay qolmaydi. Men nafaqat hech qachon ta`subni
18
to’g’ri deb bilmayman, balki uni noto’g’ri deb bilaman. Qirqqiz haqiqiy bir doston
bo’lib, 619-yilda Shashpar tog’ida yuz bergan.
Kobulda joylashgan qirqqiz Kobulning janubiy g’arbida joylashgan bo’lib, 3 km
yuqoridagi qishloq bo’lib, Alandar daryosidan sarchashma olgan, Qirqqizning Ilyos - xil,
Ato safid aro zaminlarini sug’oradi.
G’urbanda joylashgan qirqqiz: 325 km shamolida joylashgan.
Hirotda joylashgan qirq qiz: Hirotning janubiy g’arbidagi Antaru va boshqa mintaqada
joylashgan, 3 km Shoh shahid qal’asining sharqida joylashgan.
Maymana: Pulcharxining janubida joylashgan 8 km masofada Baldarasiga
bog’langan Darzob va Grizvon yaqinida.
Qandahor: Parvarish qal’asining janubida joylashgan bir ziyoratki, Shur Obak
sohasida joylashgan.
Kunduz: Faroztepaning balandlik va pastliklarida joylashgan hamda to’rt tomoni
bog’lar bilan o’ralgan. ,,Qirqqiz’’ kitobi 2012-yil dekabr oyida yozilib, Amerikaning
Konkiris kutubxonasida saqlanadi.
Ushbu kitobdan biz xulosa chiqarishimiz mumkinki, ayollar hech qachon
dushmanlar qarshisida to’xtab qolmagan, balki doim mardonavor kurashgan. Bu biz
ayollar uchun katta iftixordir. Alloh ularni ruhlarini ham shod aylasin.
Dostları ilə paylaş: |