40
Shekiba Samadi (Abdul Samad qizi) 2000-yil 16-
mayda
Afg’oniston Islom Respublikasi Jovzjon
viloyatining Uramast qishlog’ida ziyoli oilada dunyoga
kelgan.
Bilimga chanqoqligi sababli har bir topshiriqni
sidqidildan bajarishga intiladi.
Bugungi kunda ta’lim va tarbiyali shaxs sifatida shakllanishida, ilm va ma`rifat
yo’liga chorlab amaliy yordamini ayamagan ota-onasiga minnatdorchiligni bildiramiz.
Ota-onasi va ustozlari ko’magisiz bilim olish va bilimga erishish mumkin emas. Uning
aziz va qadrli ota-onasi bolaligidan yaxshi tarbiyalab, to maktab davrigacha tayyorlab,
2007-yilda ilm va ma`rifat o’chog’iga qo’lidan ushlab olib borishgan. Bu davrida qiziqish
bilan boshlab ustozlarining mehri bilan harakat qilgan, shuning uchun maktabda fa’ol
o’quvchi bo’lib, yettinchi sinfda bilimlar bellashuvida birinchi o’rinni olgan.
Shekiba Samadi 2013-yildan to 2015-yilgacha bolalar huquqini himoya qilish
muassasasiga a`zo bo’lgan. 2015-yilda maktab darslaridan tashqari Afg’oniston Islom
Respublikasining Jauzjon viloyatida to’qqiz oy savodsiz ayollarga savod o’rgatish kursida
o’qituvchi sifatida dars bergan. Maktab davrini 2018-yil 21-dekabrda Uramast
Chahorshanba litseyini tamomlagan. Litsey davrda ham fanlardan o’tkazilgan tanlovlarda
yuqori o’rinlarni egallagan.
2019-yil 20-aprelda tanlovda qatnashib o’zbek tili va adabiyot yo’nalishini
tanlagan. 2019-yil avgust oyida Jouzjon bilimyurtiga o’qishda kirgan. Hali o’qishining
ikki oy o’tmasdan O’zbekistonda Respublikasiga o’qish xabari kelganini eshitib xursand
bo’lgan. Sinfdoshlaridan besh nafari yuqori baholar olib qo’shni davlatga, yani
O’zbekiston Respublikasiga o’qishga kirish xuquqini kiritgan.
2019-yil 25-noyabrkuni serquyosh, qo’shi O’zbekiston Respublikasiga yetib keldi.
Bu yurtga kelganidan o’zbek xalqi hurmat bilan kutib olishi, bilim olayotganidan juda
baxtlili ekanligini doima aytib keladi. Chunki yetti 2 yil davomida ko’p bilimlarga ega
bo’lganligi, ayniqsa lotin va kirill alifbosini o’rganishda chuqur bilim berayotgan ustozlari
va rahbariyatga minnatdorligini izhor etada. Hozirgi kunda har ikkala yozuvda yozilgan
nodir adabiyot durdonalarini bemalol mutolaa qila olishi uning 5 ta (fors, pastu, o’zbek,
turk va rus) tilda gaplashishi, o’qish huquqini qolga kirita oldi.
O’zbekistonning tarixi, urf-odati va madaniyati bilan chuqur tanishayotganligi bu
do’stlik yana ham bardavom etib, ikki yurtning taraqqiyoti uchun xizmat qilishiga katta
ishonch bildirmoqda.
Shekiba Samadining bugungi kungacha 30 dan ortiq ommaviy axbort vositalarda
chiqishi, 20 dan ortiq ko’rik-tanlovlarda faol ishtiroki va g’olib bo’lganligi uchun diplom
hamda sertifikatlar olganligi, mening birinchi kitobim loyihasi bo’yicha yozgan Kitob
insonning abadiy yoridir ommabop risolasi chop etildi. Bu ikkinchi Ijod-zahmatli yo’l
nomli ommabop risola Siz azizlar uchun mahsus yozildi. Yaxshi niyat bilan boshlagan
ishlariga yanada rivoj topishi uchun Alloh madakor bo’lsin.