Dunyo ishlari judayam ajoibdir. Biri kelsa biri ketar, biri kulsa biri yig’lar, biri
taxt oruzusigayu biri esa baxt orzusida, biri ochlikdan non topolmaydi, biri esa to’qlikdan
ko’zi to’ymaydi. Shunday insonlar borki ular faqat yurti uchun xalqi uchun kurashib
yashaydi, biz uchun eng katta misol bu Ulug’bek qancha yillar yurti uchun xizmat qiladi.
U bobosi buyuk sohib qiron Amir Temur asarlarini saqlash uchun va ularni yo’larini
yo’lash uchun 17 yoshidan to 55 yoshigacha kurashadi. Natijada Alloh yo’liga to’g’ri
niyatida qadam qo’ygan paytida u qancha qiyinchiliklar bilan qatl etiladi. Unga bo’lgan
yagona sodiq va g’amxor shogirdi umrini oxirigacha qiyinchiliklar bilan kurashadi.
Lekin qancha qiyinchiliklar ko’rmasin, ustozini so’zlaridan qaytmasdi. Orada qancha
qancha qahramonlar qurbon bo’lishadi. Ulug’bek Xazinasi men uchun juda yoqimli va
tasircha kitob bo’lgan. Eng achinarli bo’lgan narsa bu kitobda ota bolasi uchun qancha
38
Ustoz bilan shogirdni munosibati farzanddan ko’ra kuchli, samimiy va yaqin
bo’larkan. Bir ustoz shogirdi uchun qancha qiyinchiliklar ko’rmasin. Shogirdi ham unga
mehr birmasdan qaytmaydi. Shogird tayyorki, ustoz uchun, oylasidan yurtidan va eng
yaqin azizlaridan kechib, ustozini qadriga etib uni xizmatini qiladi. Men yana bir bor
ustozlarimni borligida Allohimga shukur aytaman. Inshoaaloh ularni xudo xoxlasa ularni
yaxshliklarini unutmay, ularga yaxshi va buyuk nom keltirishga intilaman. Ulug’bek
bilan Malonoali qo’shchining munosibatlari shunchalar samimiyligini va ularni
o’qiyotganda ko’z yoshingizni to’xtataolmaymiz. Buyuk ustoz va mehiribon shogird
hayotining so’ngi damlarida faqat bir birini eslab, ko’z yoshlarini to’xtaolmay jon
berishadi. Ustozlar judayam mehribon va jon kuyar bo’ladirlar. Ular ota-ona mehrini
bizga beradi, shuning uchun ulardan o’zoqlashish biz uchun juda qiyin tuyiladi. Shu
bizdan yagona qoladigan narsa bu ularga hurmar, mehr va yaxshi so’zdir. Allohim
barcha ustozlarimizni o’z panohiga saqlasin.
Aytsam, bahor yashar ekan kuz uchun,
Yashayapmiz boldek shirin so'z uchun,
Navoiy ham otdan tushgan siz uchun,
Milatimiz qarog'i siz ustozlar,
Ma'rifatning chirog'i siz ustozlar!
Shu bilan birgaqalbimizda unutilmas iz qoldirgan qadrdon maktabimiz va uning
bag'rida kechgan beg'ubor yoshlik yillarimizni, bizga bilim bergan, mehribon o'qituvchi
va murabbiylarimizni katta hurmat va ehtirom bilan eslaymiz.
Haqiqatan ham, har bir murg'ak bolani o'z farzandidek ardoqlab, yosh avlod
tarbiyasi uchun ko'z nuri, qalb qo'ri, butun borlig'ini baxsh etadigan o'qituvchi va
murabbiylar tom ma'noda fidoiy kasb egalaridir.
Dostları ilə paylaş: