Frontend - «tashqi interfeys degan ma’noni bildirib, veb texnologiyalarning
biridir. Bu texnologiya yordamida veb-sahifalarning insonga ko‘rinib turuvchi,
ma’lumot beruvchi vizual qismi yaratiladi. Frontend texnologiyalarini o‘rgangan inson
o‘z ijodkorligi, kreativ yondoshuvi orqali turli g‘oyalarini veb-sahifalar, dasturlar
32
Bugungi kunda shaxsiy veb-sahifaga ega bo‘lish o‘ziga xos elektron vizitka,
passport vazifasini bajaribgina qolmay, balki sayt orqali ko‘plab foydali ishlarni amalga
oshirish mumkin bo‘lib qoldi. Masalan, jurnalist, shoir, yozuvchi o‘z ijodi va
izlanishlarini veb-sahifasi orqali yoritib borishi mumkin. Tadbirkor o‘z sahifasida
mahsulot va xizmatlarini keng targ‘ib qilishi va daromadini oshirishi mumkin.
Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak Frontend texnologiyalarini o‘rganish - internet
xazinasining kalitini qo‘lga kiritish demakdir, bu xazinadan xohlagan narsangizni
olishingiz, foydalnishingiz, boshqarishingiz mumkin.
Qanday texnologiyalar o‘rganiladi? Nimadan boshlash kerak?
Frontend dasturlash sohasi bir necha til va texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Uning
asoslari HTML, CSS va JavaScriptdir. Vaqt davomida saytlarning ko‘rinishi va
ishlashiga bo‘lgan sifat talabi o‘sishi tufayli shu texnologiyalar asosida bir qancha
freymvork va kutubxonalar tuzib chiqilgan. Ulardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan
biri sayt tuzishga ketadigan vaqtni qisqartirishdir.
HTML va CSS
HTML va CSS veb-sahifalar asosini tashkil qiladi. HTML saytda aynan nimalar
joylashishi kerakligiga mas’ul bo‘lsa (matn, rasm, video), CSSda ularning qaysi tartibda
joylashuvi va qanday ko‘rinishda bo‘lishi yozib chiqiladi. Sayt foydalanuvchilarga
ko‘rinadigan elementlar HTML va CSSda tuzilgani uchun bu ikkalasisiz sayt tuzib
bo‘lmaydi. Shuning uchun ham frontend sohasini o‘rganish aynan shu texnologiyalardan
boshlanadi. Bularda bor imkoniyatlarga qo‘shimchalar va yangiliklar qo‘shilib, HTML5
va CSS3 standardlari ishlab chiqilgan.