Jahonda har qanday davlatga ham yaxshi munosabatda chin ko’ngildan yordam
bermoqchi bo’lgan qo’shni nasib bo’lmaydi. Bugun afg’on xalqi ezgu orzu-niyatlariga
erishib bormoqda. Chunki dunyoda bag’rikengligi, xalqparvarligi, insonsevarligi bilan
mashhur bo’lgan chin do’st va samimiy qo’shnisi O’zbekiston bilan yaqin
munosabatlarni mustahkamlamoqda. Jumladan, afg’on yoshlari bilimini oshirish,
kelajakda buyuk va yetakchi mutaxasis tayyorlash uchun Termiz shahrida ochilgan
34
o’quv markazi tashkil etilib, ushbu oliy dargohda ikki davlat kelishuvi asosida bugunki
kunga qadar mutaxasislarni tayyorlab kelmoqda.
Ayrim siyosiy sabablarga ko’ra to’xtab qolgan madaniy aloqalar qayta jonlana
boshladi. O’zbekiston Recpublikasi hukumati Afg’oniston tinchligiga bag’ishlangan
"Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi
xalqaro konferensiyaga mezbonlik qildi. 2018 yilning 26-27-mart kunlari Toshkentda
o’tkazilgan bu anjumanda ikki davlat rahbarlari, AQSh, BMT, Yevropa Ittifoqi va
dunyoning bir qancha mamlakatlaridan yuqori martabali vakillar qatnashdi. “Qo‘shni
Afg‘onistondagi nizoni hal qilmasdan turib oldimizda turgan maqsadlarga erishishning
iloji yo‘q, chunki u tarixiy va geosiyosiy jihatdan mintaqamizning ajralmas bo‘lagi
hisoblanadi”, - degan edi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o'z
bayonotida.
O’zbekiston Perizidnti hurmatli Shavkat Mirziyoyev janoblari Afg’oniston tinchligi
va mintaqaviy xavfsizlik jihatdan qaratgan e`tiborlari cheksizdir. Toshkent
Afg’onistonga 500 million dollarlik yordam berishini bildirgan.
Shuningdek Afg’oniston Islom Respublikasi xalqining yanada farovon yashashlari,
hamkorlik aloqalarini mustahkamlanishi uchun bir qancha imkoniyatlar yaratilgan,
Termizda Iqtisodiy Erkin sanoat hududi, Termizda Afg’oniston fuqarolarini o’qitish
ta’lim markazi tashkil etildi, ikki davlat tadbirkorlari uchun Biznes Forumlar
o’tkazilmoqda.
Shaxsan men o`zim shundek bag’ri keng xalq va yurti uchun har qanday
fidokorlikda tayyorligini yaqindan ko’rib qoyil qolaman. Chunki jahonda hurmatli
Shavkat Mirziyoyevdek Perizdent juda ham oz topiladi. O’zbekiston Prezidenti na faqat
o’z xalqi va o’z yurti uchun xizmat qilib bormoqda balki o’z vatandori va o’z yurti dek
ko’rgan jona-jon Afg’onistonda katta fidokorliklar qilib bormoqda. Jumladan;
Afg’oniston tinchligini o’z tinchligi bilgan so’zlari afg’on xalqi uchun yetarlidir.
Men uylaymanki afg’on xalqini shundek mehribon qo’shnisi bo’lsa hech qachon
yolg’uz qolmaydi. Men iftixor qilamanki shundek jona-jon qarindoshimiz,
35
farhangdoshimiz bo’lgan el O’zbekistonda bilim olaman. Shu yerda bilim
olayotganimda o’z kelajagimni porloq ko’raman. Bilamizki, Afg’oniston va O’zbekiston
do’stligi tarixiy ildizga ega. Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Hazrat Mir
Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va Bobo Rahim Mashrablar hayoti va
faoliyati bunga yorqin misoldir.
Biz baxtlimizki bobolarimiz merosi, ijodlarini qo’ldan bermay qaytadan jonlantirib
kelmoqdamiz. Biz Nodiraning fig’oni, Cho’lponning qoni va Oybekning yurak
dardlarini hech qachon unutmaymiz. Biz birgalikda o’z tilimiz, adabiyotimiz,
iqtisodimiz, samimiy va do’stona munosabatlarimizni saqlash uchun qo’ldan kelgan
qadar harakat qilamiz.
Men o’ylaymanki bugungi kunda afg’on xalqi ga’mxori bo’lgan O’zbekiston bilan
bo’lgan munosiblarimiz ikkila davlat uchun ham, manfaa`tli bo’ladi. Xudo xohlasa,
O’zbekiston hukumati Afg’onistonda tinchlikni barqaror qilishda katta yutuqlarga
erishadi.
Afg’oniston bilan O’zbekiston do’stligi abadiy yashasin, o’zbek xalqi shodon,
osmoni porloq va Prezidenti amon bo’lsinlar.
Dostları ilə paylaş: