MENING DUNYOIM - ONAJONIM!
Onajonim dunyodagi, eng go’zal va mehrabonim, mehri so’zini jahonga tarqatgan,
mumkin dunyodagi barcha ranglaru qalamlar tugasa, lekin, onajon!, sizni mehringiz aslo
tugamaydi. Meni yagonam, mehrabonim!
Iltimos! Meni kechiring, jahanam olovi o’chiring, iltimos, onajon menga hayot
suvi ichiring! Sizdan boshqa kimim ham bor, ayting onajon qora sochlarizni qor qilgan
men emasmi? Ko’z yoshlarizni oqizib, bag’ringiz qon qilgan men emasmi? Shirin
uyqularni sizga harom qilgan men emami? Onajon! Onajom meni kechiring sizni
qadringizga etmadim, qo’lingizdan olib xizmatingiz qilaolmadim, bag’ringizda, bag’rim
bosib duoingiz olaolmadim! onajonim! posbonim! Farishtalik mehribonim! Kimlardeb
sizni unutim! Dunyo debmi? Mol-mulk debmi? Yo bo’lmasa vafosiz do’stlar debmi?
Onajonim nega men deb butun dunyonggizni fido qildingiz, onajonim shu dunyo sizni
bir tomchi to’kkan yoshlarizga arziydimi? Yagonam onam! Iltimos ko’z yoshlarizni
to’kmang! Men yolg’iz farzandingiz bag’rini ezmang! Meni duoingizdan unutmang!
Bilasizmi onajon! Bugun onalar kuni emish, o’zingiz ayting sizni shuncha tortgan
mehnatlaringiz faqat bir kun bilan xulosa bo’ladimi? Yo’q, sizni borligingiz biz uchun
hayot! Men buni bir kun deb qabul qilaolmayman! Mehri daryoyim, qalbi quyoshim!
Yagona borlig’im! Sizga rahmat meni hech kimdan kam qilmadinggiiz! Ko’zlarimni,
yoshlarin oqgani qo’ymadingiz, onajonim. Allohim o’zi sizni asrasin! Onajonim!
36
Ko’nglingiz daryolari men quritdim, sizni yillar emas men qaritdim, bag’ringizdan zar
topsam ham g’avg’o qildim, evaziga sizga g’amlar sovg’a qildim.
Onajonim sizga aytadigan so’zlarim judayam ko’p lekin, yuragim to’lib
gapirolmayman onajon! Sizni nomingiz olganda butun vujudim titray boshlaydi. Iltimos
oyijon meni kechiring, sizni judayam yaxshi ko’raman.
2021/14/6
Onam mehri yetib ortadi.
Mayli dunyo beshvaqt bo’lsin.
Men baxtliman ey birodarlar.
Mayli duyo g’azabga to’lsin.
Onam mehri yetib ortadi.
Nima kerak, do’stning oh, vohi.
Birkun kelib yordam so’rasang
Tanimaga oladi gohi
Onam mehri yetib ortadi
Kerak emas, soxta kalomlar
Bir bor og’lim desa yetadi
Kerak emas, o’zgacha nomlar
Dostları ilə paylaş: |