2021.5.3.
A.NAVOIY O’Z YURTIDA QANCHA O’RGANILMOQDA?
Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam
Alisher Navoiy kim? U qanday sehrli siymoki, asrlar osha unga intilib
bormoqdamiz, zamonlar osha uning jozibasi tobora ortib bormoqda? Lekin ming afsus
bilan aytish kerakki, 580 yildan beri butun dunyo tanigan bu buyuk inson o’z yurtida
unutilgan va bizga meros qolgan muborak asarlari deyarlicha o’rganilmagan.
A.Navoiyning dunyo muqyosida tan olinishi, asarlarining tarjima qilinishi va asarlari
asosida yuzlab ilmiy, tadqiqiy kitob, maqolalar yozilishiga sabab A.Navoiyning o’z
asarlari orqali fikri jihatdan dunyo madaniyatiga qo’shgan ulkan hissasidir, albatta.
Lekin A.Navoiy biz afg’on xalqi uchun nega uluig’, nega aziz?
Ma`lumki, o’rta asrlarda fors-tojik tilida yozilgan asarlar ko’p edi. Uzoq davr
ichida ilm-fan, adabiyotga tor munosabatda qaraldi va natijada millatimizdan chiqqan
ulug’ siymolar asarlarini o`z tillarida emas, o’zga tillarda yozishga majbur bo’ldilar.
Chunki turkiy til she`riyatda nozik tushunchalarni ifodalashga qodir emas, turkiy til
ilmiy asar yozishga yaramaydi, degan soxta tushuncha hukmron edi. Ular o’z shon-
shuhratlarini dunyoga ko’z-ko’z qilish, o’z nomlarini tarix sahifalariga muhrlash uchun
fors tilida madhiyalar yozdilar. A.Navoiy esa shunday bir sharoitda ona tilida o’lmas
asarlar yozib o’zbek tili va adabiyot bayrog’ini yuksaklarga ko’tarib, o’zbek xalqini til
jihatidan” yak qalam” qilgan.
25
Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”da Andijon aholisi va uning tili
haqida ma`lumot berib, ularning tili A.Navoiy asarlariga juda yaqin ekanligini aytib,
A.Navoyining bu da`vosini tasdiqlaydi: ,,Eli turkdur, shahar va bozorida turkiy
bilmaydigan kishi yo’qdur. Elining lafzi qalam bila rostdur. Uning uchun kim, mir
Alisher Navoiyning musanafoiy bo vujud kim
haqida nashu nima topibtur”.
To’g’ri, A.Navoiy o’zbek adabiy tilining asoschisi, ammo o’zbek adabiy tili
Navoiydan ancha oldin XIII asrning yarmidan shakllana boshlagan. Biz A.Navoiygacha
bo’lgan davr ichida bir shaharda turli shevalarda ijod qilgan shoirlarimizni adabiyotimiz
tarixidan yaxshi bilamiz. Demak, biz uchun A.Navoiyning ulug’ligi, Navoiyning azizligi
xuddi mana shunda o’zbek tilini o’zbek xalqi uchun yak “qalam qilganligi” hamda
dushmanlar fikrini rad etib, o’zbek tilini ham she`riyat, ham ilm tili ekanligini isbotlab
berganidir. A.Navoiy “Muhokamat ul-lug’atayn” asarida o’z xalqi orasidan chiqqan
tab’a ahlining o’z ona tillarini qo’yib boshqa tilda yozishlarini kuyinib, achinib tilga oilb:
”Andin so’ngra kim, turk tilining jamiyati muncha daloyal bila sobit bo’ldi, kerak
erdikim, bu xalq orasidin paydo bo’lg’on tab’ ahli salohiyat va tab`laridan o’z tillari
turg’on o’zga til bila sobit bo’ldi, kerak erdi kim, bu xalq orasidin paydo bo’lg’on tab’
ahli salohiyat va tab`laridan o’z tillari turg’on o’zga til bila zohir qolmasalar erdi va ishga
buyursalar erdi. Va agar ikkila til bila aytur qobiliyatlar bo’lsa, o’z ona tillari bila ko’proq
aytsalar edi va yana bir tilda ozroq aytsalar erdi”, deydi.
A.Navoiyning bu orzusi 500 yildan keyin mustaqil turkiy davlatlarda ushalgan
bo’lsada, o’zi tug’ilib o’sgan yurtida hozirgacha armon bo’lib qolmoqda. San’at va
mafkura nuqtayi nazaridan A.Navoiy butun dunyo madaniyatiga o’z hissasini qo’shgan
bo’lsa, til nuqtayi nazaridan turki til xalqlar madaniyatiga ulkan xazina taqdim etdi.
Shuning uchun ham A.Navoiy ijodi hozirgi kunda ham jahon tilshunoslarining ilmiy
tadqiqotlariga mavzu bo’lib kelmoqda. A.Navoiyning o’zbek tili hamda o’zbek xalqi
uchun qilgan xizmati faqat uning” ko’p va xo’p” yozgani bilan xulosalanmaydi. Uning
buyuk xizmatlaridan biri o’zbek tilini butun o’zbek xalqi uchun umumiy bo’lgan
me`yorga solganidir. Bu adabiy tilning eng muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. Lekin
shuni qayd etish kerakki, bu davr adabiy tili faqat A.Navoiyning adabiy-ilmiy va ijtimoiy
faoliyati bilangina emas, balki Navoiyning o’tmishdoshlari, zamondoshlari va izdoshlari
faoliyati bilan uzviy ravishda bog’langan. O’zbek adabiy tilining shakllanishi va
rivojlanishida ular o’zlarining muayyan hissalarini qo’shganlar. Ulug’ mutafakkir olim
amir Alisher Navoiyning ona tili boyligi va ifoda qudratining yuksakligini isbotlash
uchun olib borgan kurashining yana bir muhim tomoni, uning til haqidagi ilmiy-nazariy
qarashlari hisoblanadi. U yetuk tilshunos olim sifatida, o’zining “Muhokamat ul-
lug’atayn” asarini yozdi. Ushbu kitobida o’zbek adabi tilini shakllantirish, o’zbek
adabiyotini yaratish, uni rivojlantirish sohalarida olib borgan kurashini, ko’p yillik
mehnatlari va boy tajribalarini umumlashtiradi, chuqur ilmiy xulosalar chiqaradi va
hariflarning (dushman), o’zbek tili badiiy adabiyot yaratishga yaramaydi, degan
dushmanona fikrlarining xato ekanligini isbotlab berdi.
A.Navoiyning ona tili uchun olib borgan kurashi oson kechmadi. Bu yo’lda u katta
qiyinchliklarga, amir va beklarning qarshiligiga, o’z xalqi orasidan chiqqan forsiy shoir
va yozuvchilarning ta`na va malomatlariga nishon bo’ldi. Ammo A.Navoiy o’zining
26
haqligiga, o’zi olib borgan ishning muqaddas va murakkab ekanligiga to’la ishonardi.
Bu ish o’z xalqining tarixi va taqdiri bilan bog’liq bo’lgan katta davlat va umumxalq
ahamiyatga ega ish ekanligini yaxshi bilar edi. Uning orzusi o`z xalqi uchun hamma
sohalarda fors tilidagidek rivojlangan adabiyot yaratish, uni badiiy ijodning yaxshi
durdonalaridan bahramand qilishdan iborat edi. Bu orzu unga katta kuch bag’ishlar edi.
Darhaqiqat, A.Navoiy o’z orzusi, o’z kurashi yo’lidagi barcha ziddiyatlar va
qarshiliklarni yengib, o’zbek tilining ifoda qudratini, salohiyat va go’zalligini rad tib
bo’lmas dalillar asosida isbotlaydi, uni tarqatadi. Xulosa sifatida aytish kerakki, Alisher
Navoiy o’zining betakror asarlari bilan nafaqat o’zbek adabiy tilini, balki butun
Afg’oniston va Movoraunnahrda yashovchi o’zbeklar tilini umumxalq tili darajasiga
ko’tardi, uning asarlari boshqa turkiy xalqlar tiliga ham o’z ta`sirini ko’rsatmay qolmadi.
Alisher Navoiy haqli ravishda o’zini so’z mulkining sultoni bilib, butun turk ulusini o’z
farmoni ostiga olganini da`vo qiladi:
Agar bir qavm, yo’qsa mendur,
Muayyan turk ulusi xud meningdur.
O’zbekistonda A.Navoiyga qaratilgan e`tiborni yaqindan ko`rdim va bundan juda
xursandman. Men A.Navoiy tug’ilgan yurtda yashayotgan bo’lsamda, unga deyarlicha
diqqat - e’tibor qaratilmaganining guvohiman. Shuning uchun biz afg’on talabalari
A.Navoiy ijodini yaxshi o’rganib o’z yurtimizga borgach, yosh avlodga chuqur o’rgatish
niyatimiz bor.
Aytishim kerakki, oldingi yillarga nisbatan hozirda A.Navoiyning nomini
abadiylashtirish uchun ancha ishlar qilingan, jumladan, uning nomi katta madrasalar,
masjidlar, universitetlarga berilgan. Lekin biz shu yo’llarni yana ham kengroq
ochishimiz kerak. Mana ko’rib turibmizki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
muhtaram Shavkat Mirziyoyev Miromonovich yordamlarini ayamay berib bormoqdalar,
ayniqsa A.Navoiy bobomiz qabrlarini qayta ta’mirlash uchun qilgan say-harakatlari
cheksizdir. Shuning uchun biz afg’on yoshlari ham O’zbekiston yoshlari bilan birga
A.Navoiy merosini chuqur o’rganib va ular qilgan ishlarni olg’a olib borishga hamisha
tayyormiz.
Dostları ilə paylaş: |