Shekiba samadi mening ikkinchi kitobim loyihasi


Sh.Samadi - Afg’oniston  fuqarolarini



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/29
tarix04.02.2022
ölçüsü1,95 Mb.
#52094
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Ikkinchi kitobim. Shekibo Samadiy (2) (4)0706

Sh.Samadi - Afg’oniston  fuqarolarini 

o’qitish ta’lim markazi  o’zbek tili va 

adabiyoti yo’nalishi 203 -guruh talabasi   

 


 

 

27

 

SEHRLI SAYOHAT 

Muborak ramazon  oyining erta  tongida turib go’zal maskan - Sangardak tomon 

yo’l  oldik.  To’g’risi,  shunday  joyni  tasvirlash  uchun  gapni  qayerdan  boshlashni  ham 

bilmayman.  Bugun  barcha  afg’on  qizlari,  mehridaryo  rahbarimiz,  ilmga  chanqoq 

ustozlarimiz va qolgan barcha opa-singillarimiz bilan birga tog’lar sari qadam tashladik. 

Bu sayohatimizni  bunchalik  yoqimli  bo’ladi, deb  o’ylamagan edim. Lekin Sangardak 

sharsharasi  qandaydir,  hammaning  qalbida  quvonch,  mehr-u    muhabbat  va  haqiqiy 

go’zallik uyg’otdi. Tabiat qo’ynida nafaqat tog’-toshlarni, balki zilol suvlarni, tarovatli 

havoni,  yam-yashil  daraxtlarni,  bahor  faslida  qip-qizil  bo’lib  ochilgan  qizg’aldoqlarni 

tomosha  qildik.  Nahotki,  mehribon  Allohim  tabiatni    shunchalik    go’zal  va  yoqimli  

yaratgan bo’lsa! 

Haqiqatdan  ham hamma  joy ko’m-ko’k, baland  tog’lardan suv oqib kelar va 

insonlarga jannat hidini eslatardi. Sayohat go’zal bahor faslida juda jozibali va yoqimli 

bo’larkan, shuning uchun tabiatga boqib to’ymaymiz. Rostini aytsam  bugun chindan 

ham  o’zimni  xuddi    jannatdagidek  his  qildim.  Surxondaryoning  shimolida,  Sariosyo 

tumanida  joylashgan  sharshara  bizlarga  yangi  bir  hayot  baxsh  etdi.  O’zim  tarixiy 

joylarda ko’p bo’lganman. Lekin  Afg’oniston Islom Respublikasi yaqinida  joylashgan 

Surxondaryoning tarixiy ziyoratgohlarini, balki tog’-toshlarni o’yib sumbul sochlarini 

yozgan  Sangardak  sharsharasini  ko’rmagan  ekanman.  Haqiqatdan  juda  ham  sehrli 

makon  edi.  Ko’zlarim  yorug’likdan  ochilib  ketdi.  Ushbu  sharshara  tinchlik,  ezgulik  

ovozini qalblarga muhrlab qo’yadi.  

O’zbekistonda  ham  xuddi  Afg’onistonimizdek  go’zal,  insonlarning  dilini 

ravshanlashtiradigan  maskanlar  juda  ham  ko’p.  Sharshara  dengiz  sathidan  2000  metr 

balandda,  bo’yi  150  metr  bo’lgan  joyda  joylashgan.  Aslida  bu  sharshara  haqida  

eshitgandim,  lekin  yaqinda  borib  ko’rganim  men    uchun  o’zqacha  bir  kun  bo’ldi.  

Rostdan ham ajoyib  bir  kun! 

        Doim xayolimda  shu  savol  tug’ilar  edi,  nega  bu  joyni Sangardak deyishadi? 

Bu  so’z men uchun ajoyib  tuyular  edi, chunki aslida bu so’z fors tilidagi  ,,sang’’- tosh 

so’zidan olingan bo’lib, ,,tosh o’rtasidagi qishloq’’ degan ma`noni  beradi. Aslida ham 

shunday  ekan.  Ushbu    qishloq    ikki  tomoni      baland    tog’lar    bilan    o’ralgan    so’lim   

maskandir.  Ma`lumotlarga  qaraganda    ushbu  sharshara  XVI-XVII  asrlarda  paydo  

bo’lgan.  Balanddagi  to’g’lar  tepasidan  sharqirab  oqayotgan  suvning  ohangi  kishiga   

zavq  bag’ishlab, uni  allalaganday bo’ladi. Ayniqsa, yuzingizga urilgan suv zarralari, 

tog’ning salqin shabbodasi hayotga bo’lgan yangicha qarash, yuqori kayfiyatni  baxsh 

etadi. Bugun hammaning ko’zlari porlab, lablari  tabassum, qalblari  mehr-muhabbatga 

to’lgan.  Hamma  joy  bir-biridan    go’zal  va  bir-biridan  chiroyli.  Sariosiyo  tumaniga   

borish  uchun  ikki  yuz  kilometrga yaqin  yo’lni  uch soatdan oshib bossak ham, uni 

uzoqligni  hech  sezmadik.  Nega  deganda  Surxondaryoning  baland  tog’lari-yu,  

jannatmakon o’rmonlaridan o’tib qanday  yetib borganimizni  bilmaymiz.  

 

Sayohat  qilish  nafaqat  dunyoqarashni  kengaytiradi,  balki  salomatlikni  ham 



mustahkamlaydi.  Sayohat faqat tarixiy joylarni ko’rish emas, uning tarixi bilan  ham 

yaxshilab  tanishishdir. Bugun biz nafaqat Sangardak sharsharasini, balki  yana  bir  bor  

O’zbekiston    xalqining  qanday  xalqparvarligini,  mehmon  do’stligini  anglab  oldik. 



 

 

28

 

Xullas, biz juda ham baxtli insonlarmizki, qalbi mehr bulog’i bilan sug’orilgan yurtda 



bilim olmoqdamiz. Bizning eng birinchi va buyuk  baxtimiz  dunyoda  tengi yo’q, qalbi 

to’la mehr, ezgulikni bizdan ayamagan mehribon rahbarimizning borligidir. Yana baxtli 

bo’lganimiz  shuki,  ikki  mamlakat  kelajagini  porloq  qilishga  harakat  qilib  kelayotgan  

yurtboshlarimizdir. 

 

 

 



Ramazon  oyida  chin  dildan  afg’on  qizlarini  yaqindan  ko’rib  yuzma-yuz 

suhbatlashgan va qizlarning istak-xohishlarini inobatga olgan O’zbekiston Respublikasi 

Oliy  Majlis  senati  xotin-qizlar  va  gendr  tenglik  masalalari  qo’mitasi  kotibi  bosh 

maslahatchisi  hurmatli  Shotursunova  Nodira  Nosirovna  va  bugungi  sayohat  sharoitini  

yaratib  bergan   O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis   senatining  raisasi Narbayeva 

Tanzila  Kamolovnadan  benihoya    minnatdormiz.  Shunday  muqaddas  oyda,  yagona 

istagim shuki, ularga uzoq umr , ezgu  tilaklar  va barcha ishlariga  omad tilab  qolaman. 

Men yana bir  bor alohida ta’kid qilishimga to’g’ri keladiki, qalbi ochiq, labida doim  

tabassum   bo’lgan, yuzi  nurga to’la inson  va shuncha ishlarga sabab  bo’lgan, afg’on 

talabalarini o’z  farzandidek ko’rib mehr bergan hurmatli ustozim  Oybek Ro’ziyevga 

kattakon  rahmat  aytaman.  Allohim  ularni  sog’-omon  asrasin.  Shuningdek  sehrli 

sayohatimiz ikki yurtimizda barkamol  bo’lsin. 




Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin