www.ziyouz.com kutubxonasi
43
«SUBHANALLOHI VAL HAMDULILLAHI VALA ILAHA ILLALLOHU VALLOHU AKBAR. VA LA HAVLA
VA LA QUVVATA ILLA BILLAHIL ALIYYIL AZIYM».
Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar: «Bir kishi to‘shagiga yotish uchun kirganida shu
duoni o‘qisa, Alloh barcha gunohlarini kechiradi». Duo budir:
«ASTAG’FIRULLOHAL AZIYM ALLAZIY LA ILAHA ILLA HUV. AL HAYYUL QAYYUM VA ATUBU
ILAYHI».
Ey, farzand!
Alloh taoloni go‘zal ismlari bilan yodla:
Rasululloh (s.a.v.) Abu Hurayraga (r.a.) xitoban shunday dedilar:
«Ey, Abu Hurayra! Bir kishi o‘rniga yotgan vaqtda Alloh taoloning go‘zal ismlarini yodlab uxlasa,
Alloh bir farishtaga amr etadi, o‘sha farishta tonggacha zikr va tasbeh aytib, savobini o‘sha bandaga
bag‘ishlaydi».
«Ey, Abu Hurayra! O’rningga uxlamoq uchun kirganingda o‘ng tomoning bilan yotgin. Shunday
duo qilishni unutma: «BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM. BISMILLAH VAL HAMDU LILLAH».
Shunday yotganni farishtalar tonggacha shaytonlardan qo‘riydi. Yotayotganda chiroqni pasaytirish
yoki o‘chirib qo‘yish ham odobdandir.
Kechaning uchdan ikki qismi o‘tgach, uyg‘onib ikki yoki to‘rt rakat tahajjud namozi o‘qish
foydalidir. Vaqtida o‘qilgan ikki rakat tahajjud namozi kunduz o‘qilgan ming rakat namozga badaldir.
Kechasi namoz o‘qigan kishini Allohdan boshqa ko‘rmaydi. Shu tariqa riyoga yo‘l qo‘yilmaydi, ya’ni
riyo aralashish ehtimoli bo‘lmaydi. Namoz va boshqa ibodatlarning xayrlisi hech kim ko‘rmasdan,
bilmasdan Alloh taolo bilan quli orasida bo‘lganidir.
Kunduz o‘qilgan namozlar odamlar ko‘z o‘ngida ado etiladi.
Kunda uyqudan uyg‘oniboq shu duoni o‘qigan kishining ne tilagi bo‘lsa amalga oshadi:
«LA ILAHA ILLALLOHU VAHDAHU LA SHARIYKA LAHU. LAHUL MULKU VA LAHUL HAMDU. VA
HUVA ALA KULLI SHAY’IN QODIYR. SUBHANALLOHI VAL HAMDU LILLAHI VA LA ILAHA ILLALLOHU
VALLOHU AKBAR. VA LA HAVLA VA LA QUVVATA ILLA BILLAHIL ALIYYIL AZIYM».
Yana Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Bir kishi uyidan tashqariga chiqayotganda «oyatal Kursini» o‘qisa, Alloh taolo o‘sha kishiga
yetmish farishta yaratadi. Farishtalar o‘sha kishi uyiga qaytguncha gunohlariga istig‘for etadilar. Uyiga
qaytganida yana o‘qisa, Alloh o‘sha kishini o‘zidan boshqaga muhtoj aylamaydi».
Ey, farzand!
Tongda, shomda shu duoni o‘qishni unutma:
«AMANTU BILLAHI VA MALAIKATIHI VA KUTUBIHI VA RUSULIHI VAL YAVMIL OXIRI VA BIL
QODARI XOYRIHI VA SHARRIHI MINALLAHI TA’ALO ROBBANA ZOLAMNA ANFUSANA VA IN LAM
TAG’FIRLANA VA TARXAMNA LANAKUNANNA MINAL XOSIRIYN».
Har kun imon yangilashda foyda ko‘p. Chunki inson bir ozdan so‘ng nima bo‘lishini bilmaydi.
So‘nggi nafasimizgacha imonli ketish uchun tayyorlanish, ya’ni hozirlik ko‘rish o‘rinlidir.
Dostları ilə paylaş: |