Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/83
tarix11.02.2022
ölçüsü266,62 Kb.
#52397
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

ER-XOTIN MUNOSABATLARI 

 

Ey, farzand!

 

Oila raisi, rahbari bo‘lgan erkak barcha sirlarini xotiniga aytmasligi kerak. Bir kun kelib, vafosizlik 



qilib qolishi mumkinligini esda tutish lozim. Xotin zuhd va taqvo sohibi bo’lsa ham arzimagan 

narsadan xafa bo‘lib, er sirini ochib qo‘yishi mumkinligini unutmaslik kerak. 

Ayol tuyg‘ulari aqlidan ustunroqdir. Sevgisini ham, nafratini ham erkakdan ko‘proq bildiradi. Oz 

narsaga sevinib, kichik narsadan xafa bo‘lishini yodda tutish lozim. 

Er xotiniga nisbatan ko‘p so‘zli bo‘lmaslik lozim. Har aybini yuziga solmaslik, sevgi va aloqasini 

ma’lum o‘lchovda tutishi kerak. Erkakning uyda ko‘p o‘tirishi, har narsaga aralashaverishi, er-xotin 

orasi buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu xususga e’tibor etish kerak. 

Erkak ishonchli bir juft ekanini xotiniga qabul qildira olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. 

Bolalariga shafqatli, mehribon bo‘lishi, mehr-muhabbat va qayg‘u-g‘amda sherik, hamdard bo‘lishi, 

o‘zini ayamasligi kerak. 




Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

41

Xotiniga so‘z va harakatlari bilan qo‘pol munosabatda bo‘lmaslik, urish, ajrashish bilan tahdid 



solmaslik va oralaridagi ahillikka, mehr-muhabbatga soya solmaslik kerak. 

Erkak xotinidan islomga nomuvofiq narsani so‘ramasligi, uning islomiy xizmatlarni o‘rinlatishida, 

bilimining ortishida yordam berishi, mehr-muhabbat va shafqat qanotlarini past va mayin tutishi 

kerak. 


Ayollar esa erlarini behuzur qiladigan so‘z va harakatlardan tiyilishi, ularga ishonishi va 

ishonchlarini qozonishi, uyini, erini, bolalarini har jihatdan ozoda tutishi, zakovati bilan erining o‘ziga 

bog‘lanishini ta’min etishlari kerak. 

Xotin eri istamagan kishilar bilan ko‘rishmasligi, uyga eri istamagan kishilarni qo‘ymasligi, ayollik 

nomusi va sharafini yaxshi ko‘rishga harakat qilmog‘i kerak. 

Oila — muqaddas va nozik qadriyatlar ustiga qurilgan. Er-xotin bir-biriga Allohning muqaddas bir 

omonatidir. Omonat yaxshi saqlanmog‘i, unga xiyonat qilinmasligi zarurdir. 

 


Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin