Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

 
Davomat
 
Bir  necha  haftadan  soʻng  Londonga  uchdim.  Uimbldon  turnirini 
yoritib borishim kerak edi. Dunyoning eng nufuzli tennis musobaqasi 
– 
tomoshabinlar 
oʻyinchilarning 
ruhini 
tushirish 
uchun 
baqirmaydigan  va  avtoturargohda  mast-alast  yurmaydigan  kam 
sonli  tadbirlardan  biri.  Bunday  tadbirlarni  kam  uchrataman. 
Angliyada havo iliq va bulutli edi, har tong tennis kortlariga yaqin ikki 
cheti  qator  daraxtlar  bilan  qoplangan  koʻcha  boʻylab  sayrga 
chiqardim.  Yoʻlimda  sotilmay  qolgan  chiptalar  uchun  navbatda 
turgan oʻsmirlar, qaymoq va qulupnay sotib yurgan chayqovchilarga 
duch  kelardim.  Darvoza  yoniga  ilingan  yangiliklar  peshtaxtasida 
yarim-
yalangʻoch ayollarning rasmlari, qirollik oilasining paparatsilar 
olgan  suratlari,  munajjimlar  bashorati,  sport  xabarlari,  lotereya 
oʻyinlari va oz-moz haqiqiy yangiliklar ham chop etilgan bir qancha 
sariq  matbuot  roʻznomalari  sotilardi.  Kunning  eng  muhim  yangiligi 
yangi  keltirilgan  gazetalar  taxlamiga  suyab  qoʻyilgan  kichik 
boʻrdoskaga yozib qoʻyilar va odatda: “Diana va Charlz janjali!” yoki 
“Gazza  jamoasiga:  Menga  millionlar  kerak!”  kabi  sarlavhalardan 
iborat boʻlardi. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
33
 
Odamlar  mazkur  roʻznomalarni  bir  pasda  bitta  qoldirmay  sotib 
olishar, ularda berilgan gʻiybatlarni maroq bilan oʻqishar edi; oldingi 
Angliya safarlarida men ham hech ulardan qolishmasdim. Endi esa 
har  gal  biror  ahmoqona  yoki  yengil-
yelpi  xabarni  oʻqiganimda, 
negadir  Morri  yodimga  tushardi.  Xayolimda  u  hovlisida  qizil  zarang 
daraxti qad koʻtarib turgan parket polli uyda nafasini sanab, qolgan 
har  bir  daqiqasini  yaqinlari  davrasida  oʻtkazayotgan  holda 
gavdalanard
i.  Men  esa  bu  paytda  soatlab  vaqtimni  oʻzim  uchun 
zarracha  ahamiyati  boʻlmagan  narsalarga  sovurardim:  kino 
yulduzlari,  supermodellar,  Jon  Kennedining  oʻgʻli,  Madonna  yoki 
Malika Di hayotidagi soʻnggi mojarolar. Qanchalik gʻalati tuyulmasin, 
Morrining  vaqti  tobora  kamayib  borayotganiga  achinsam-da,  u  bu 
vaqtni mendan koʻra mazmunliroq oʻtkazayotganiga hasad qilardim. 
Nega  biz  vaqtimizni  bunday  bemaʼni  xabarlarga  sarflaymiz?  Oʻsha 
paytda AQShda O. J. Simpson ustidan borayotgan sud jarayoni ayni 
qizgʻin  pallaga  kelgan,  aksariyat  kishilar  tushlikka  ajratilgan 
soatlarini  toʻlaligicha  mazkur  jarayonni  tomosha  qilishga  sovurar, 
ulgurmay  qolgan  qismini  esa  tunda  koʻrish  maqsadida  tasmaga 
yozib  olardi.  Ularning  hech  biri  O.  J.  Simpson  bilan  tanish  emasdi. 
Sud  ishiga  aloqador  kishilar  bilan  ham.  Ammo  ular  bari  bir  boshqa 
birovning fojiasiga mukkasidan ketib, kunlab, haftalab umrini qurbon 
qilardi. 
Morrining  oxirgi  suhbatimizda  aytganlari  yodimga  tushdi:  “Mavjud 
qarashlarimiz  odamlarga  oʻzlaridan  qoniqish  hosil  qilish  imkonini 
bermaydi. Jamiyatda mavjud qarashlar hayotingni zaharlasa, ularga 
amal qilma, deyish uchun jasorat kerak
”. 
Shu soʻzlarga amal qilgan Morri xastalikka chalinishidan ancha oldin 
oʻz  qarashlarini  yaratgan  edi.  Muhokama  guruhlari,  doʻstlar  bilan 
sayrga 
chiqish,  Garvard  maydonidagi  cherkovda  oʻz  musiqasiga 
raqs  tushish.  Morri  nochor  odamlarga  bepul  ruhiy  xastaliklarni 
davolash  xizmatlarini  koʻrsatuvchi  “Issiqxona”  nomli  loyihaga  asos 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
34
 
solgandi. U darslari uchun yangi gʻoyalar topish maqsadida kitoblar 
oʻqir, hamkasblari bilan uchrashar, sobiq talabalari bilan xabarlashib 
turar, uzoqdagi doʻstlari bilan xat yozishar edi. U bir daqiqasini ham 
teleseriallar  yoki  “Hafta  filmlari”  tomoshasiga  sovurmas,  boʻsh 
vaqtini  koʻproq  ovqat  va  tabiatdan  bahra  olishga  sarflardi.  Morri 
suhbat,  muloqot  va  mehr-
oqibatdan  iborat  mashgʻulotlar  toʻplamini 
yaratgan  va  shu  bilan  uning  hayoti  shoʻrvaga  limmo-lim  toʻla 
kosadek toʻlib turardi. 
Men  ham  oʻz  qadriyatimni  yaratgandim:  ish.  Fokus  koʻrsatayotgan 
masxaraboz kabi Angliyada ma
tbuot uchun bir vaqtning oʻzida toʻrt-
beshta  vazifani  bajarardim.  Hikoyalarimni  AQSHga  yuborish  uchun 
har kuni sakkiz soat vaqtimni kompyuter oldida oʻtkazardim. Bundan 
tashqari,  televideniye  uchun  reportajlar  tayyorlash  maqsadida 
suratga  olish  guruhi  bilan  Londonning  turli  qismlarini  kezardim. 
Shuningdek,  har  kuni  tongda  va  tushdan  keyin  telefon  orqali  radio 
reportajlarda  ishtirok  etardim.  Shunday  surʼatda  ishlashga  koʻnikib 
qolgandim.  Yillar  davomida  ish  mening  eng  yaqin  hamrohimga 
aylangan,  ishdan  boshqa  barcha  narsani  bir  chetga  surib 
qoʻygandim. 
Uimbldonda paytim mittigina yogʻochli ish kabinamda ovqatlanar va 
buni  tabiiydek  qabul  qilardim.  Oʻta  tigʻiz  kunlarning  birida,  bir  toʻda 
muxbirlar Andre Agasse va uning mashhur maʼshuqasi Bruk Shilds 
ortidan  qu
vib ketayotib, boʻyniga katta fotoapparat osib olgan ingliz 
muxbirlaridan biri meni turtib yubordi 
– yerga quladim; u esa zoʻrgʻa 
“kechirasiz”  deyishga  ulgurar-ulgurmas,  halloslab  yoʻlida  davom 
etdi.  Oʻshanda  Morrining  boshqa  bir  gapi  yodimga  tushdi: 
Qanchadan-qancha kishilar mazmunsiz hayot kechiradi. Ular hatto 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin