Sinfxona
Ovqatlanish xonasi derazasidan tushayotgan quyosh nurlari parket
polni
yoritib
turardi.
Biz
deyarli
ikki
soatdan
beri
suhbatlashayotgandik. Telefon qayta-qayta jiringladi va Morri
yordamchisi Konni
dan goʻshakni koʻtarishini soʻradi. U Morrining
qora
rangli kichik uchrashuv qaydlari daftarchasiga qoʻngʻiroq
qiluvchilarning ismlarini yozayotgandi. Doʻstlari. Meditatsiya
murabbiylari.
Muhokama
guruhi.
Uning
suratini
jurnalida
chiqarmoqchi boʻlgan muxbir. Keksa professorimdan xabar olishga
oshiqayotgan bitta men emasligim ayon boʻldi: “Tungi xabarlar”dagi
suhbat uni mashhur qilib yuborgandi. Biroq Morrining bunchalik
serdoʻstligi meni hayratga soldi, balki bir oz hasad ham
qilgandirman. Talabalik yillari
mizda atrofimda girdikapalak boʻlgan
“oshna”larimni esladim. Qani hozir ular?
– Bilasanmi, Mich, oʻlim toʻshagiga mixlanganimdan beri odamlar
menga koʻproq qiziqish bildirib qoldi.
– Siz har doim qiziqarli inson boʻlgansiz.
– O, — jilmaydi Morri. — Juda iltifotlisan.
“Hecham iltifotli emasman”, — xayolimdan oʻtkazdim.
– Gap shundaki, — davom etdi Morri, — odamlar menga koʻprik
sifatida qarashadi. Hozirgi ahvolimda meni tirik deb atash qiyin,
lekin hali oʻlganim ham yoʻq. Na u yoqlik va na bu yoqlikman.
Uni yoʻtal tutdi, soʻng yana yuziga tabassum yugurdi.
– Men buyuk safarga otlandim, odamlar esa soʻnggi yoʻlga nimalarni
hozirlash zarurligini aytib ketishimni kutishyapti.
Yana telefon jiringladi.
– Morri, gaplasha olasizmi, — soʻradi Konni.
– Bandman, eski qadrdonim meni koʻrgani kelgan, — taʼkidladi u, —
keyinroq qoʻngʻiroq qilishsin.
U meni bunchalik iliq kutib olganining sababi menga qorongʻi.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
27
Menda uni oʻn olti yil oldin tark etgan istiqboli porloq talabadan asar
ham qolmagan. “Tungi xabarlar” koʻrsatuvi boʻlmaganida, Morri men
bilan qayta koʻrishmasdan oʻlib ketgan boʻlarmidi. Oʻzimni oqlash
uchun zamonamizning barcha vakillari keltirishi mumkin boʻlgan
yagona bahona bor edi: oʻzimning ham tashvishlarim boshimdan
oshib-toshib yotgandi. Juda band edim.
“Menga nima boʻldi?”, — savol berdim oʻzimga. Morrining baland va
boʻgʻiq ovozi meni boylar – zolim, koʻylak va boʻyinbogʻ –
qamoqxona liboslari, tongda oʻrningdan turgach mototsiklda
yuzingni shamolga tutib Parij koʻchalari boʻylab uchish yoki Tibetga
yoʻl olish erkinligidan mosuvo hayot – hayot emas, deb yurgan
talabalik yillarimga qaytardi.
Menga nima boʻldi?
Saksoninchi yillar keldi. Keyin toʻqsoninchi yillar. Oʻlim va xastalik
nimaligini koʻrdim, semirdim, sochlarim toʻkila boshladi. Sanoqsiz
orzularimni kattaroq maoshga almashdim, qizigʻi, nimalardan voz
kechayotganimni anglab yetganim ham yoʻq. Yonimda oʻtirgan Morri
esa, goʻyoki men uzoq taʼtildan qaytgandek, hali ham universitet
yillaridagidek dunyoga hayrat bilan boqardi.
– Qalbingni tortiq qilishga arzirli insonni topdingmi? — soʻradi u.
– Odamlarga yaxshilik qilyapsanmi?
– Qalbing xotirjammi?
– Qoʻlingdan kelganicha insoniylikka intilyapsanmi?
Yillar davomida oʻzimni aynan shu savollar ustida chuqur bosh
qotirgandek koʻrsatishga urinib, yolgʻon ketidan yolgʻon qalashtirdim.
Menga nima boʻldi? Hech qachon pul uchun ishlamayman, Tinchlik
Korpusiga qoʻshilaman, dunyoning goʻzal va ilhombaxsh yerlarida
hayot kechiraman deb oʻzimga vaʼda bergandim-ku.
Aslida esa, mana oʻn yildirki, faqat bir joyda – Detroytda ishlayman,
faqat bitta bank xizmatlaridan foydalanaman va faqat bitta
sartaroshga qatnayman. Yoshim oʻttiz yettida; kompyuter, modem
va mobil telefonlar asiriga aylanganman, mehnat samaradorligim
|