Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Talaba
 
Shu  yerda  men  uchun  qadrli  va  dono  professorimni  oxirgi  marta 
bagʻrimga  bosgan  va  u  bilan  xabarlashib  turishga  vaʼda  bergan 
kunimdan beri boshdan kechirganlarimni hikoya qilib beraman. 
Undan qaytib xabar olmadim. 
Aslida  esa,  universitetda  men  bilgan  kishilarning  aksariyati, 
jumladan,  pivoxoʻr  hamshishalarim  va  ilk  marta  tongda  qoʻynimda 
uygʻongan  ayol  bilan  ham  aloqalarimiz  uzildi.  Bitiruv  oqshomidan 
soʻng, men oʻz isteʼdodini dunyoga namoyish etish maqsadida Nyu-
Yorkka  yoʻl  olgan  takabbur  bitiruvchi  yigitchadan,  yillar  davomida 
toblanib, butunlay boshqa insonga aylangandim. 
Biroq  men  kashf  etgan  dunyo  isteʼdodimga  zarracha  qiziqish 
bildirmadi.  Endigina  yigirma  yoshdan  oshgan  yillarim  ijara  haqini 
toʻlash,  ish  haqidagi  eʼlonlarni  oʻqish  hamda  omad  menga  kulib 
boqmayotganligi  sabablari  haqida  bosh  qotirish  bilan  oʻtdi.  Mening 
orzum mashhur musiqachi boʻlish edi (pianino chalardim), biroq zim-
ziyo va boʻm-boʻsh tungi klublarda oʻtgan bir necha yillar davomida 
quruq  vaʼdalar,  nuqul  tarqab  ketaveradigan  musiqiy  guruhlar  va 
mendan  boshqa  hammaga  qiziqish  bildiradigan prodyuserlar  tufayli 
orzum  oʻz  ahamiyatini  yoʻqotdi.  Umrimda  birinchi  marta 
muvaffaqiyatsizlikka yuz tutayotgandim. 
Aynan  shu  davrda,  birinchi  marta  jiddiy  ravishda  oʻlim  tushunchasi 
bilan  yuzma-
yuz  keldim.  Musiqaga  mehr  qoʻyishimga  sababchi 
boʻlgan, menga mashina haydashni oʻrgatgan, nuqul qizlar haqidagi 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
14
 
hazillari  bilan  jigʻimga  tegadigan,  meni  futbolga  olib  kirgan  suyukli 
togʻam  –  onamning  ukasi  qirq  toʻrt  yoshida  oshqozon  osti  bezi 
saratonidan  vafot  etdi.  Men  bolaligimdan  unga  taqlid  qilib,  “Katta 
boʻlsam xuddi u kabi boʻlaman” deb ahd qilgandim. U qalin moʻylovi 
oʻziga yarashgan, past boʻyli, xushbichim kishi edi. Men u bilan bir 
uyda,  shundoqqina  u  yashaydigan  xonadonning  pastki  qavatida 
turganim  sababli  hayotining  soʻnggi  yillarida  uning  yonida  boʻldim. 
Men  uning  baquvvat  jismi  avvaliga  turshakdek  qotib,  keyin  esa 
pufakdek  shishib  borishini  kuzatar,  har  tun  azob  chekishini,  kechki 
ovqat  ustida  kuchli  ogʻriqdan  lablari  burishib,  koʻzlari  yumuq  holda 
oshqozonini changallagancha bukchayib qolishiga guvoh boʻlardim. 
“Ey,  Xudoyiiim”,  —  ingrardi  u.  “Ey,  Xudo!”.  Qolganlar  –  kelinoyim, 
ularning ikki nafar oʻgʻilchasi va men – koʻzimizni undan olib qochib, 
jimgina ovqatimizni yeyishda davom etardik. 
Hech qachon oʻzimni oʻsha vaqtdagidek ojiz his qilmaganman. May 
oyi tunlaridan birida men va togʻam uning balkonida oʻtirgandik. Iliq 
shabada esib turardi. U ufqqa termilgancha, boʻgʻiq ovozda keyingi 
yil  farzandlarining  maktabga  chiq
ishini  koʻra  olmasligini  aytdi. 
Mendan  “bolalarimdan  koʻz-quloq  boʻlib  turasan,  a?”  deb  soʻradi. 
Men  undan  bunday  tushkun  gaplarni  gapirmasligini  soʻradim.  U 
menga gʻamgin tikilib qoldi. 
Bir necha haftadan keyin u olamdan oʻtdi. 
Dafn  marosimidan  soʻng  hayotim  butunlay  oʻzgardi.  Birdaniga  vaqt 
joʻmrakdan  oqib  tushayotgan  suv  kabi  bebaho  neʼmatga  aylangan, 
men  esa  uni  isrof  qilmaslikka  jon-jahdim  bilan  harakat  qilishim 
kerakligini  anglab  yetgandim.  Yarim  boʻsh  tungi  klublarda  musiqa 
chalishni  toʻxtatdim.  Bari  bir  hech  kim  eshitmaydigan  qoʻshiqlarni 
yozishni  yigʻishtirdim.  Jurnalistika  sohasida  magistrlik  darajasini 
qoʻlga kiritishim bilan ilk ish taklifini qabul qilib, sport muxbiri sifatida 
faoliyat yurita boshladim. Mashhurlikka intilishdan voz kechib, shon-
shuhrat  ortidan  quvib  yurgan  sportchilar  hayotini  yoritardim.  Bir 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
15
 
paytning  oʻzida  ham  gazetalarda  ishlar,  ham  jurnallar  uchun 
maqolalar  yozib  turardim.  Vaqt  va  meʼyorni  unutib,  aqlga  sigʻmas 
shiddat  bilan  mehnat  qilardim.  Tongda 
uygʻonishim  bilan  tishimni 
yuvar  va  kiyimlarimni  ham  almashtirmasdan  yozuv  mashinkasi 
oldiga  oʻtirardim.  Togʻam  umr  boʻyi  bir  korporatsiyada  ishlagan  va 
kunlari  bir  xil  oʻtgani  uchun  ishidan  nafratlanardi.  Mening  qismatim 
unikidek yakun topmaydi, deya ahd qilgandim. 
Nyu-
York  va  Florida  oʻrtasida  sargardon  yurishdan  charchab, 
Detroytga koʻchib oʻtdim va “Detriot Free Press” nashrida kolumnist 
sifatida  ishlay  boshladim.  Shaharning  sportga  boʻlgan  qiziqishi 
cheksiz  edi.  U  yerda  professional  futbol,  basketbol,  beyzbol  va 
xokkey  jamoalari  borligi  shuhratparastlikka  boʻlgan  chanqogʻimni 
bemalol  qondirardi.  Bir  necha  yildan  keyin  men  nafaqat  gazetaga 
maqola  yozayotgandim,  balki  bir  nechta  sportga  oid  kitoblar  va 
radioeshittirishlar  muallifiga  aylangandim  hamda  televideniyedagi 
muntazam  chiqishlarimda  boy  futbolchilar  va  ikkiyuzlamachi 
universitet sport dasturlari haqidagi fikrlarimni bildirib borardim. Men 
hozirda  mamlakatni  qamrab  olgan  ommaviy  axborot  vositalari 
boʻronining bir qismiga aylangandim. Ijodimga talab yuqori edi. 
Ijarama-ijara  yurishlarim  nihoyasiga  yetdi.  Orqa-oldimga  qaramay 
hamma narsani sotib ola boshladim. Tepalikda joylashgan uy oldim. 
Mashinalar  xarid  qildim.  Birja  aksiyalariga  sarmoya  kiritib,  qimmatli 
qogʻozlar  egasiga  aylandim.  Eng  yuqori  tezlikni  yoqib  olgandim, 
qiladigan  ishlarimning  barchasi  uchun  muddat  belgilar  va  shu 
muddat  ichida  tugatardim.  Telbalarcha  jismoniy  mashqlar  bilan 
shugʻullanar,  mashinani  uchirib  haydardim.  Buncha  koʻp  pul 
topishim  tushimga  ham  kirmagan.  Janin  ismli  qora  soch  ayolni 
uchratdim,  u  tigʻiz  kun  tartibim  va  deyarli  uyda  boʻlmasligimga 
qaramasdan, 
negadir 
meni 
sevardi. 
Yetti 
yil 
uchrashib 
yurganimizdan  keyin  turmush  qurdik.  Toʻydan  bir  hafta  oʻtib  ishga 
qaytdim. Men Janinni, shu bilan birga oʻzimni ham, kuni kelib u orzu 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
16
 
qilgan  farzandlarni  dunyoga  keltirishimiz  va  risoladagidek  oila 
qurishimizga ishontirdim. Ammo bu kun hech kelay demasdi. 
Yuqoriroq  marralarni  zabt  etish  uchun  yana  ishga  shoʻngʻidim. 
Erishgan  yutuqlarim  menga  hamma  narsani  nazoratda  ushlash 
imkonini 
berishiga  ishonardim:  togʻam  kabi  xastalikka  yuz  tutib, 
narigi  dunyoga  rihlat  qilishdan  oldin  hayotdan  borini  olishim, 
baxtning  soʻnggi  tomchilarini  ham  siqib  ichishga  ulgurishim  kerak 
edi. Oʻlim bu qismat ekanini tushunib yetgandim. 
“Morri-chi?”  deyayotgandirsiz,  a?  Baʼzi-baʼzida  xayolim  unga  ketar, 
“odamiylik”  va  “oʻzgalar  haqida  qaygʻurish”  kabi  tushunchalarni 
menga singdirganini eslardim, ammo bularning bari uzoq oʻtmishda 
qolib  ketgan,  xuddi  boshqa  hayotda  sodir  boʻlgandek  tuyulardi. 
Ushbu  yillar  davomida  Brandeys  universitetidan  kelgan  barcha 
xatlarni toʻgʻri axlat chelagiga uloqtirardim, oʻzimcha, ularga mendan 
faqat  pul  kerak,  deb  hisoblardim.  Shu  sababli,  Morrining 
xastaligidan bexabar qoldim. U haqida menga xabar berishi mumkin 
boʻlgan  kishilar  allaqachon  unutilgan,  ularning  telefon  raqamlari 
cherdakdagi  keraksiz  buyumlar  solingan  qutilarda  chang  bosib 
yotardi. 
Bir  tun  televideniye  kanallarini  almashtirayotganimda  qulogʻimga 
chalingan  ovoz  eʼtiborimni  tortmaganida,  barchasi  oʻz  holicha 
davom etaverg
an boʻlardi... 
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin