Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Uchrashuv
 
Boston tashqarisida joylashgan sokin Gʻarbiy Nyuton shaharchasida 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
22
 
ijaraga  olingan 
mashinani Morrining koʻchasiga burar ekanman, bir 
qoʻlimda  qahva  finjonini  tutib,  quloq  va  yelkam  orasiga  esa  qoʻl 
telefonimni  qistirib  olgandim.  Telefon  orqali  prodyuser  bilan 
televideniye  uchun  birgalikda  tayyorlayotgan  koʻrsatuvimiz  haqida 
gaplashayotgandim.  Bir  koʻzim  mashinaning  raqamli  soatida  (bir 
necha  soatdan  keyin  ortga  uchishim  zarur  edi),  ikkinchisi  esa  ikki 
chetiga  qator  daraxtlar  ekilgan  koʻcha  boʻylab  tizilgan  pochta 
qutilarining  raqamlarida  edi.  Mashina  radiosi  yangiliklar  toʻlqiniga 
sozlangandi.  Hayotim  shu  tarzda  kechardi:  bir  vaqtning  oʻzida 
beshta ishni bajarardim. 
–  Tasmani  orqaga  aylantir,  —  dedim  prodyuserga.  —  Shu  qismini 
yana bir eshitib koʻrishim kerak. 
– Hozir, — javob berdi u. — Bir soniya. 
Kutilmaganda, Morrining uyiga yetib kelganimni angladim. Tormozni 
keskin bosganimdan, tizzamga qahva toʻkildi. Mashina toʻxtar ekan, 
baland qizil zarang daraxti va uning yaqinidagi yoʻlakda oʻtirgan uch 
kishiga  koʻzim  tushdi.  Yosh  yigitcha  va  oʻrta  yoshlardagi  ayol 
nogironlar aravachasidagi qariyaning ikki yonida oʻtirishardi. Morri. 
Nigohim keksa professorimga tushishi bilan muzlab qoldim. 
–  Allo?  —  qulogʻimda prodyuserning  ovozi  jaranglardi.  —  Qayerga 
yoʻqolib qolding? 
Uni  oʻn  olti  yildan  beri  koʻrmagandim.  Yuzlari  soʻlgʻin,  sochlari 
siyraklashib,  oqlari  koʻpayibdi.  Birdaniga  hali  u  bilan  uchrashishga 
tayyor  emasligimni  angladim.  Birinchidan,  telefondagi  ishimni  hal 
qilishim  zarur  edi.  Ikkinchidan,  Morri  kelganimni  sezmadi  degan 
umidda  shu  atrofdagi  mahallada  bir-ikki  aylanish  qilib,  ishlarimni 
bitirib  olmoqchi,  bahonada,  ruhan  uchrashuvga  ham  tayyorgarlik 
koʻrmoqchi  edim.  Biroq  Morri  –  men  bir  vaqtlar  yaqindan  tanigan 
odamning  soʻnib  borayotgan  nusxasi  mashinaga  qarab  jilmayar, 
qovushtirilgan  qoʻllarini  tizzasiga  qoʻyib,  mashinadan  chiqishimni 
kutardi. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
23
 
– Hoy? — chaqirdi prodyuser yana. — Shu yerdamisan? 
Birga  oʻtgan  damlarimiz,  yosh  paytim  Morrining  menga  koʻrsatgan 
mehri  va  yaxshiliklari  hurmati  uchun  ham  telefonni  oʻchirib, 
mashinadan  chiqishim,  yugurib  borib  quchoqlashib  koʻrishishim 
kerak  edi.  Buning  oʻrniga  esa  motorni  oʻchirib,  xuddi  nimanidir 
izlayotgandek 
oʻrindiq ostiga engashdim. 
–  Ha,  ha,  shu  yerdaman,  —  shivirladim  men  va  to  ishimiz 
yakunlanmaguncha prodyuser bilan gaplashishda davom etdim. 
Yana oxirgi 
yillarda usta boʻlib ketgan hunarimni koʻrsatdim: ishimni 
hamma  narsadan  ustun  qoʻydim,  hatto  umri  tugab  borayotgan 
professorimning  maysazorda  meni  intizor  kutib  turgani  ham  meni 
bundan  qaytara  olmadi.  Hozir  bu  qilmishimdan  juda  uyalaman, 
albatta, lekin oʻsha kuni oʻzimni aynan shunday tutdim. 
Besh  daqiqalardan  soʻng,  Morri  meni  quchoqlab  koʻrishayotgan, 
siyraklashib qolgan sochlari yuzimga tegib turar edi. “Tushib ketgan 
kalitimni  qidirayotgandim,  shunga  mashinadan  chiqishim  qiyin 
boʻldi” deb aytdim va uni mahkamroq bagʻrimga bosdim, xuddi shu 
bilan  kichkina  yolgʻonimni  ezgʻilab  tashlay  oladigandek.  Bahor 
quyoshi iliq nur taratib turgan boʻlsa ham, Morri ustiga yengil kurtka 
kiyib, oyoqlarini yopinchiq bilan oʻrab olgandi. Undan bir oz achqimtil 
hid  kelardi,  odatda,  kuni  dori-
ukol  bilan  oʻtayotgan  kishilardan 
shunday  hid  taraladi.  Yuzi  yuzimga  yaqin  kelganida,  uning  nafas 
olishi ham qiyinlashib qolganini sezdim. 
– Qadrdon doʻstim, — shivirladi u. — Va nihoyat qaytding, a! 
Morri  tomon  egilib  turarkanman,  u  me
ni  hech  qoʻyib  yuborgisi 
kelmas,  bilaklarimdan  tutib  ohista  chayqalardi.  Shuncha  yillar  oʻtib 
ketgan boʻlsa ham professorning meni bunchalik iliq qarshi olishidan 
bir  oz  shoshib  qoldim:  oʻtmishim  va  hozirim  oʻrtasiga  qurilgan  tosh 
devor  tufayli  bir  paytlar 
qanchalik  yaqin  boʻlganimizni  butunlay 
unutib 
yuborgandim. 
Bitiruv 
oqshomi, 
charm 
portfel, 
xayrlashayotganimizda  uning  koʻzlari  yoshlangani  yodimga  tushdi 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
24
 
va boʻgʻzimga nimadir tiqilgandek yutinib qoʻydim, chunki men ortiq 
u bilgan sodda, iqtidorli talaba yigitcha emasligimni ich-ichimdan his 
etib turardim. 
Yaqin bir necha soat ichida u oʻzgarib ketganimni payqamaydi deb 
umid qilardim. 
Uyga  kirgach,  ovqatlanish  xonasidagi  yongʻoq  daraxtidan  boʻlgan 
stol yoniga oʻtirdik. Derazadan qoʻshnining uyi koʻrinib turibdi. Morri 
aravachasida 
tipirchilab, 
qulayroq 
joylashib 
olishga 
urindi. 
Odatdagidek,  u  meni  taom  bilan  siylamoqchi  boʻldi,  yoʻq  deya 
olmadim.  Yordamchilaridan  biri,  Konni  ismli  baquvvat  italyan  ayol 
nonni kesib, pomidor toʻgʻrab berdi. Bir nechta idishda tovuqli salat, 
xumus va tabuli keltirdi. Keyin esa bir qancha hapdorilarni olib keldi. 
Morri  dorilarga  qarab,  chuqur  xoʻrsindi.  Uning  koʻzlari  ancha 
choʻkkani,  ozib  ketganidan  yonoq  suyaklari  boʻrtib  qolgani 
eʼtiborimni  tortdi.  Bu  oʻzgarishlar  uni  yanada  qariroq  va  dagʻalroq 
qilib koʻrsatardi. Faqat u tabassum qilganida, osilib qolgan yonoqlari 
pardadek yigʻilib, dagʻallik qayergadir yoʻqolardi. 
– Mich, — dedi u. — Oʻlayotganimdan xabaring bor, deb oʻylayman. 
Albatta, bundan boxabar edim. 
–  Nima  ham  derdim,  —  Morri  hapdorilarni  yutib,  qogʻoz  stakanni 
stolga  qoʻydi  va  chuqur  tin  oldi.  —  Senga  bu  haqida  gapirib 
beraymi? 
– Nima haqida? Oʻlish qandayligi haqidami? 
– Ha, — dedi u. 
Shu  tarzda  professor  bilan  soʻnggi  fandan  darslarimiz  boshlangan, 
faqat hali men bundan bexabar edim. 
Universitetda  birinchi  kursman.  Morrining  yoshi  universitetimiz 
professorlarining  koʻpchiliginikidan  ulugʻroq,  meniki  esa,  maktabni 
bir  yil  ertaroq  bitirganim  uchun,  kursdoshlarimnikidan  kichikroq. 
Yoshimni  yashirish  maqsadida  eski  kulrang  jemferlar  kiyaman, 
sportzalda  boks  bilan  shugʻullanaman,  chekmasam-da,  doim 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
25
 
labimga  yoqilmagan  sigaret  qistirib  yuraman.  Toʻkilib  qolgan 
“Merkuriy Kugar” mashinamning oynalarini tushirib, musiqani baland 
qoʻyib  haydayman.  Men  oʻzligimni  dagʻallikdan  izlasam-da, 
Morrining yumshoqfeʼlligi meni oʻziga tortadi. U menga yosh boladek 
munosabatda  boʻlmagani  uchunmi,  uning  yonida  oʻzimni  xotirjam 
sezaman: kattaroq koʻrinishga urinmayman. 
U  bizga  dars  bergan  fan  nihoyasiga  yetgach,  men  yana  u  dars 
beradigan  boshqa  fanga  yozilaman.  Morridan  baho  olish  oson, 
chunki  ballar  uni  qiziqtirmaydi.  Aytishlaricha,  u  bir  yili 
–  Vetnam 
urushi davrida barcha erkak talabalarga A baho qoʻyib, ularni armiya 
chaqiruvidan qutqarib qolgan ekan. 
Men  Morriga  “Murabbiy”  deb  murojaat  qila  boshladim,  maktabda 
jismoniy  tarbiya  oʻqituvchimni  shunday  chaqirardim.  Morriga  bu 
laqab yoqdi. 
– Murabbiy — takrorlaydi u. — Nima ham derdim, endi murabbiying 
boʻlaman.  Sen  esa  mening  oʻyinchim  boʻlasan.  Hayotning  men 
qarilik  qiladigan  moʻjizakor  jabhalarida  oʻrnimga  toʻp  surishing 
mumkin. 
Baʼzida  universitet  oshxonasida  birga  ovqatlanamiz.  Morrining 
mendan  battar  palpisligi  koʻnglimga  taskin  beradi.  U  chaynashni 
oʻrniga jagʻi tinmay gapiradi, ogʻzini katta-katta ochib kuladi, tuxumli 
salatga toʻla ogʻzi bilan joʻshqin nutqlar soʻzlaydi, bu paytda tishlari 
orasidan  sargʻish  tuxum  boʻlakchalari  har  yoqqa  sochilayotganiga 
zarracha eʼtibor bersa qani. 
Uning  bu  qiliqlari  juda  gʻashimni  keltiradi.  Tanishganimizdan  beri 
meni  nuqul  ikki  istak  taqib  qiladi:  uni 
quchoqlab  olish  va  qoʻliga 
sochiqcha tutqizish. 
 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
26
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin