Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Koʻrgazmali qurollar
 
1995-
yilning martida, ABC TV kanalining “Tungi xabarlar” koʻrsatuvi 
boshlovchisi  Ted  Koppel  oʻtirgan  limuzin  Massachusets  shtatining 
Gʻarbiy  Nyuton  shaharchasida  joylashgan  uy  oldida,  qor  bosgan 
yoʻlakda toʻxtadi. 
Bu  paytga  kelib  Morri  butunlay  nogironlar  aravachasiga mixlangan, 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
17
 
shaxsiy  yordamchilarining  uni  ogʻir  qopdek  koʻtarib,  yotoqdan 
aravachaga 
va 
aravachadan 
yotoqqa 
olib 
oʻtishlariga 
oʻrganayotgandi.  Ovqatlanayotganda  uni  yoʻtal  tutar,  ogʻzidagi 
narsani  chaynash  h
am  ogʻir  ishga  aylangandi.  Oyoqlari  tamoman 
ishdan chiqqan, endilikda umuman yura olmasdi. 
Shunday  boʻlsa-da,  u  tushkunlikka  tushishdan  bosh  tortardi.  Morri 
fikrlar  oʻchogʻiga  aylandi.  Fikrlar  quyulib  kelar,  Morri  ularni  toʻgʻri 
kelgan  joyga  yozib  ketaverardi:  yon  daftarchalar,  konvertlar, 
papkalar,  qogʻoz  boʻlaklari  uning  yozuvlariga  toʻlib  ketgandi.  Oʻlim 
koʻlankasi  ostidagi  hayot  haqida  falsafiy  mulohazalarini  yozib 
borardi:  “Baʼzi  ishlar  imkoniyatingizdan  tashqarida  ekanini,  hamma 
narsa  ham  qoʻlingizdan  kelmasligini  tan  oling”,  “Oʻtmishni 
oʻtmishligicha  qabul  qiling:  uni  rad  etishga  yoki  oʻzgartirishga 
urinmang”,  “Oʻzingizni  ham,  boshqalarni  ham  kechirishga 
oʻrganing”,  “Hech  qachon  biror  ishni  boshlashga  kech  qoldim  deb 
hisoblamang”. 
Morri faqat doʻstlari bilan boʻlishadigan bunday “hikmatli soʻzlar”ning 
soni  tez  orada  ellikdan  oshdi.  Ulardan  juda  taʼsirlangan  Brandeys 
universitetidagi hamkasblaridan biri, Mori Shteyn, “hikmatli soʻzlar”ni 
“Boston  Gloub”  nashri  muxbiriga  yubordi.  Muxbir  Morri  bilan 
uchras
hib,  u  haqida  katta  maqola  yozdi.  Maqola  “Professorning 
soʻnggi maʼruzalari oʻz oʻlimi haqida boʻladi” sarlavhasi ostida chop 
etildi. 
Maqola  “Tungi  xabarlar”  koʻrsatuvi  prodyuserlaridan  birining 
eʼtiborini tortdi va u Koppelga koʻrsatish uchun gazetani Vashington 
D.C.ga koʻtarib keldi. 
– Mana buni bir koʻrgin, - dedi prodyuser. 
Hash-
pash  deguncha,  Morrining  xonasi  operatorlar  bilan  toʻlgan, 
Koppelning limuzini esa uy tashqarisida turardi. 
Morrining  oila  aʼzolari  va  doʻstlaridan  bir  nechtasi  Koppel  bilan 
uch
rashish  uchun  unikida  toʻplanishdi.  Ushbu  mashhur  inson  uyga 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
18
 
kirib  kelganida,  xonada  hayajonli  gʻala-gʻovur  koʻtarildi,  faqat 
Morrigina  xotirjamlikni  yoʻqotmay,  aravachasida  Koppelning  oldiga 
chiqib,  chimirilgan  qoshlari  ostidan  unga  qaradi.  Uning  baland  va 
jarangdor ovozi shovqin-
suronni boʻldi: 
–  Ted, bu suhbatga rozilik berishdan avval seni bir sinab koʻrishim 
kerak. 
Bir  muddat  xonaga  oʻngʻaysiz  jimlik  choʻkdi.  Keyin  esa  ikkalasi 
kabinet tomon yoʻl oldi. Eshik mahkam yopildi.  
–  Urdi  Xudo,  –  shivirladi  eshik  tashqarisida  qolgan  doʻstlardan  biri 
boshqasiga. 
–  Ishqilib,  Ted  Morriga  yumshoqroq  munosabatda 
boʻlsin-da. 
– Aksincha, Morri Tedga shafqat qilsin, ishqilib, – dedi ikkinchisi. 
Kabinetga  kirgach,  Morri  Tedga  kursiga  oʻtirishni  ishora  qildi. 
Qovushtiri
lgan qoʻllarini tizzasiga qoʻyib, tabassum qildi. 
– Siz qalbingiz tubida asraydigan narsalar haqida gapirib bering. 
– Qalbim tubida? 
Koppel qariyaga sinovchan nigoh tashladi. 
–  Mayli,  –  dedi  u  ehtiyotkorona  va  farzandlari  haqida  soʻzlay 
boshladi. 
Axir farzandlari doim qalbida-ku, shunday emasmi? 
– Yaxshi, -– dedi Morri. – Endi menga eʼtiqodingiz toʻgʻrisida gapirib 
bering. 
Koppel bir oz oʻngʻaysizlandi. 
–  Odatda  men  bunday  mavzularni  endigina  tanishgan  odamlarim 
bilan muhokama qilmayman. 
– Ted, men oʻlyapman, – dedi Morri, koʻzoynak ustidan unga tikilib. 
– Juda kam vaqtim qolgan. 
Koppel  kulib  yubordi.  Mayli.  Demak,  eʼtiqod.  U  Avreliy  Markdan 
oʻzining qarashlarini aks ettiradigan parcha oʻqib berdi. Morri jimgina 
bosh irgʻatdi. 
–  Endi  men  savol  bersam,  –  dedi  Koppel.  –  Hech  men  olib 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin