Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
qarsak chalib yubordi. U shu lahzalarda bir umr qolishni istardi!
Biroq tez orada raqs tushishdan voz
kechishiga t
oʻgʻri keldi.
Morri oltmishdan oshganda koʻksov kasalligini orttirib oldi. Nafas
olishi qiyinlashdi. Bir kuni Charlz daryosi boʻyida sayr qilib
yurganida, toʻsatdan turgan sovuq shamoldan nafasi qaytib, boʻgʻilib
qoldi. Uni zudlik bilan shifoxonaga olib ketib, adrenalin ukoli
yordamida qutqarib qolishdi.
Bir necha yildan soʻng yurishi ham qiyinlashdi. Bir doʻstining
tugʻilgan kun bazmida besabab qoqilib, yiqilib tushdi. Boshqa bir
kechada teatr zinapoyasidan yiqilib, yonida turganlarni choʻchitib
yubordi.
– Unga havo yetishmayapti! Havo kerak! – deya baqirib yubordi
kimdir.
Bu paytga kelib u yetmish yoshni urib qoʻygandi, shu sababli
odamlar “Qarilik-da...” deb shivirlagancha, uning oyoqqa turishiga
koʻmaklashishdi. Ammo ichki aʼzolarining holatini bizdan koʻra
yaxshiroq his qilgan Morri muammo qarilikda emasligini bilardi.
Qarilikdan tashqari yana nimadir bor edi. U oʻzini muntazam horgʻin
sezar, uxlashga qiynalardi. Tushlarida oʻlayotganini koʻrib chiqardi.
Morri shifokorlarga qatnay boshladi. Koʻp shifokorlarga uchradi. Ular
Morrining qonini tekshirishdi. Peshobidan namunalar olishdi. Orqa
teshigidan moʻralab, ichaklarini koʻzdan kechirishdi. Oxir-oqibat
hech narsa topilmagach, bir shifokor Morrining boldiridan kichkina
boʻlakcha kesib olib, mushaklar biopsiyasiga yubordi. Tahlil natijalari
nevrologik muammo borligini koʻrsatdi. Morrini yana yangitdan
tekshiruvlar oʻtkazishga olib ketishdi. Shunday koʻriklarning birida
Morrini elektr kursiga oʻxshash maxsus moslamaga oʻtqizib, elektr
toki
yuborish orqali uni
ng nevrologik reaksiyalarini oʻrganishdi.
– Chuqurroq tekshirishimiz kerak, – dedi shifokor, natijalarga koʻz
yugurtirarkan.
– Nega? - soʻradi Morri. – Nima dard ekan oʻzi?