Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Oʻquv dasturi 
Keksa  professorim  hayotining  soʻnggi  darslari  uning  uyida,  u 
mittigina 
hibiskus  butasining  pushti  barglari  toʻkilishini  tomosha 
qilishi  mumkin  boʻlgan  kabinet  derazasi  yonida,  haftada  bir  marta 
oʻtilardi.  Sinf  seshanba  kunlari  yigʻilardi.  Dars  nonushtadan  keyin 
boshlanardi. Fanimiz “Hayot mazmuni” deb atalardi. Unda professor 
boshdan kechirgan hayotiy saboqlar oʻqitilardi. 
Baho qoʻyilmasdi, lekin har hafta ogʻzaki imtihonlar olinardi. Sizdan 
savollarga  javob  berishingiz 
va  oʻzingiz  ham  savollar  tuzishingiz 
talab  etilardi.  Oʻqtin-oʻqtin  professorning  boshini  koʻtarib,  yostiqqa 
qulayroq  joylashtirish  yoki  tushib  ketgan  koʻzoynagini  burnining 
ustiga yaxshiroq qoʻndirish kabi jismoniy mashqlarni ham bajarishga 
toʻgʻri  kelardi.  Xayrlashuv  chogʻida  uni  oʻpib  qoʻyish  orqali 
qoʻshimcha ball ishlab olish mumkin edi. 
Hech qanday oʻquv qoʻllanmalaridan foydalanilmasa-da, muhabbat, 
ish,  jamiyat,  oila, 
keksayish,  kechirimlilik  va  nihoyat,  oʻlim  kabi 
koʻplab  mavzular  muhokama  qilinardi.  Soʻnggi  maʼruza  loʻndagina, 
bor-
yoʻgʻi bir nechta soʻzdan iborat boʻldi. 
Bitiruv oqshomi oʻrniga dafn marosimi oʻtkazildi. 
Yakuniy nazorat imtihonlari olinmasa-da, berilgan saboqlar xususida 
uzun  maqola  yozish  talab  etilardi.  Quyida  oʻsha  maqola  bilan 
tanishasiz. 
Keksa professorim hayotining soʻnggi darslarida bor-yoʻgʻi bir nafar 
talaba qatnashgandi. 
Oʻsha talaba men edim. 
1979-yilning  kech  bahori,  issiq  va  dim  shanba  oqshomi.  Yuzlab 
talabalar  bosh  kampusning  maysazoriga  qator  qilib  terilgan  yigʻma 
yogʻoch kursilarda yonma-yon oʻtiribmiz. Moviy neylon ridolarni kiyib 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
5
 
olganmiz.  Uzundan-uzoq  nutqlarni  sabrsizlik  bilan  tinglaymiz. 
Marosim  yakunlangach,  bosh  kiyimlarimizni  osmonga  uloqtirishimiz 
bilan  rasman  oliygoh 
–  Massachusets  shtati  Uoltham  shahri 
Brandeys  universitetining  oxirgi  bosqich  bitiruvchilariga  aylanamiz. 
Koʻpchiligimiz uchun hozirgina bolalik davri oʻz nihoyasiga yetdi. 
Marosimdan keyin sevimli professorim Morri Shvarsni topib, uni ota-
onam bilan tanishtiraman. U, goʻyoki kuchli shamol istalgan paytda 
osmonga  uchirib  ketadigandek,  mayda  qadamlar  bilan  yuradigan 
kichik  jussali  kishi.  Bitiruv  oqshomi  ridosida  u  injil  paygʻambari  va 
Mavlud  elfi  qiyofalari  qorishmasid
an  hosil  boʻlgan  koʻrinishda  edi. 
Uning  koʻzlari  koʻkish-yashil  rangda,  siyraklashib  borayotgan 
kumushrang sochlari peshonasiga tushib turar, quloqlari katta, burni 
uchburchak  shaklga  ega,  tutam-tutam  qoshlari  esa  oqara 
boshlagan.  Tishlari  egri,  pastki  tis
hlari,  goʻyoki  kimdir  mushti  bilan 
ularni 
ichkariga 
kirgizib 
yuborgandek 
orqa 
tomonga 
qiyshayganligiga  qaramasdan,  u  kulganda,  oʻzingizni  unga  yer 
yuzidagi ilk hazilni aytib bergandek his qilasiz. 
U  ota-onamga  uning  barcha  darslariga  qoldirmay  qatnashganimni 
aytadi.  “Ajoyib  oʻgʻlingiz  bor,  boshqalarga  oʻxshamaydi”,  —  deydi 
professorim  ularga.  Uyalganimdan  yerga  qarayman.  Ketishimizdan 
oldin  professorga  atalgan  sovgʻamni  beraman:  old  tomoniga 
professor  ism-sharifining  bosh  harflari  tushirilgan  jigarrang  portfel. 
Sovgʻani  bir  kun  oldin  savdo  markazidan  xarid  qilganman. 
Professorni unutib yuborishni xohlamasdim.  Balki u meni unutishini 
xohlamagandirman. 
“Mich, sen yaxshi insonsan”, — deydi u, portfelni mamnuniyat bilan 
koʻzdan  kechirarkan.  Keyin  u  meni  bagʻriga  bosadi.  Belimda  uning 
nimjon  qoʻllarini  his  qilaman.  Boʻyim  unikidan  novcharoq  boʻlgani 
sababli  u  meni  bagʻriga  bosganda,  oʻzimni  gʻalati,  undan  kattaroq 
sezaman, goʻyoki men ota, u esa farzandimdek tuyuladi. U mendan 
xabarlashib  turasanmi  deb  soʻraydi,  men  hech  ikkilanmasdan: 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
6
 
“Albatta”, — deb javob qaytaraman. 
U orqaga tisarilganda, koʻzlari yoshlanganini koʻraman. 
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin