Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
8
 
– Hali aniq bilmaymiz. Reaksiyalaringiz sust. 
Reaksiyasi sust? Bu nima degani boʻldi? 
Va  nihoyat,  1994-yil,  issiq  va  nam  avgust  kunlarining  birida  Morri 
xotini  Sharlotta  bilan  nevrolog  huzuriga  tashrif  buyurdi.  Shifokor 
yangilikni  aytishdan  avval  ulardan  oʻtirib  olishlarini  soʻradi:  Morrida 
yon  amiotrofik  skleroz  (ALS),  asab  tizimining  beshafqat  xastaligi 
– 
Lu Gerig kassaligi aniqlanibdi. 
Hali bu kasallikning davosi topilmagandi. 
–  Bu  dardni  qanday  orttirdim?  –  soʻradi  Morri.  Hech  kim  buni 
bilmasdi. 
– Kasallik oʻlimga olib boradimi? 
– Ha. 
– Demak, oʻlaman? 
– Ha, – dedi shifokor. – Juda ham afsusdaman. 
U  deyarli  ikki  soat  davomida  sabr  bilan  Morri  va  Sharlottaning 
savollariga  javob  berdi.  Xayrlashish  chogʻida  shifokor  ularga  ALS 
haqida maʼlumotlar yozilgan mitti broshyuralarni berdi. Ular bankda 
hisob  raqami  ochishda  taqdim  etiladigan  broshyurachalarni 
eslatardi.  Tashqarida  quyosh  charaqlar,  odamlar  oʻz  tashvishlari 
bilan  yugurib  yurardi.  Ana,  bir  ayol  avtoturargoh  hisoblagichiga 
tanga  tashlashga  oshiqmoqda.  Boshqasi  esa  bozor-
oʻcharini 
yelkalab  olgan.  Sh
arlottaning  xayolida  minglab  oʻylar  gʻujgʻon 
oʻynardi: “Qancha vaqtimiz qoldi ekan? Endi nima qilamiz? Qanday 
kun koʻramiz?” 
Keksa professorim esa bu paytda atrofda hayot bir maromda davom 
etayotganidan  hayratda  edi.  “Hayot  toʻxtab  qolishi  kerakmasmidi? 
Na
hotki odamlar menga nima boʻlganidan bexabar boʻlishsa?” 
Biroq  hayot  toʻxtab  qolmadi,  u  Morrining  ahvoliga  eʼtibor  ham 
bergani  yoʻq.  Morri  madorsiz  qoʻllari  bilan  mashina  eshigini  ochar 
ekan, oʻzini tubsizlik qaʼriga qulayotgandek his qildi. 
– Endi nima boʻladi? - oʻyladi u. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
9
 
 
Keksa  professorim  savollariga  javob  izlar  ekan,  kasallik  uni  tobora 
yengib  borardi:  kundan-kun,  haftama-
hafta…  Bir  kuni  ertalab 
mashinasini  garajdan  olib  chiqayotib,  tormoz  pedalini  bosishni 
zoʻrgʻa uddaladi. Shu bilan mashina haydashdan ham voz kechildi. 
Hadeb  qoqilavergach,  hassa  sotib  oldi.  Shu  tarzda  mustaqil 
yurishga ham yakun yasaldi. 
U  muntazam  Yosh  nasroniylar  jamiyatiga  suzishga  qatnardi,  lekin 
endi  mustaqil  yechinishni  ham  eplolmay  qoldi.  Ilk  marta  shaxsiy 
yordamchi yollashiga 
toʻgʻri keldi – Toni ismli ilohiyot fanlari talabasi 
uning  suv  havzasiga  tushib-chiqishi  va  suzish  kiyimini  kiyib-
yechishiga  yordam  beradigan  boʻldi.  Yechinish  xonasidagi 
suzuvchilar  oʻzlarini  ularga  qaramayotgandek  tutar,  biroq  bari  bir 
tomosha  qilishdan  tiyila  olmasdi.  Shu  bilan  hayotini  begona 
koʻzlardan yashirish imkoni ham boy berildi. 
1994-yilning  kuzida  Morri  Brandeys  kampusiga  universitetdagi 
soʻnggi  kursini  oʻtib  berishga  keldi.  Kelmasa  ham  boʻlardi. 
Universitetdagilar  tushunishardi.  Shuncha  odamn
ing  koʻz  oʻngida 
azob chekib nima qilasan? Uyda oʻtir. Bitmagan ishlaringni yakuniga 
yetkaz. Ammo Morri ishdan ketishni xayoliga ham keltirmasdi. 
Morri  oʻttiz  yildan  ortiq  unga  ikkinchi  uy  vazifasini  oʻtagan 
auditoriyaga  oqsoqlanib  kirib  keldi.  Hassa  yordamida  yurgani 
sababli  kursisiga  yetib  olishga  bir  muncha  vaqt  ketdi.  Va  nihoyat 
kursiga  joylashib  oldi;  koʻzoynagini  tushirib,  unga  jimgina  tikilib 
oʻtirgan yosh chehralarga qaradi. 
–  Doʻstlarim,  barchangiz  bu  yerga  ijtimoiy  psixologiya  fanini 
oʻrganish  uchun  yigʻilgansiz  degan  fikrdaman.  Men  yigirma  yildan 
beri  shu  fandan  dars  berib  kelaman  va  bugun  birinchi  marta  bu 
kursga  yozilish  tavakkalchilik  ekanini  aytib  qoʻyishni  lozim  topdim, 
chunki 
tuzalmas 
dardga 
chalinganman. 
Umrim 
semestrni 
yakunlashga  yetmay  qolishi  mumkin.  Buni  muammo  deb 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin