oʻzlari muhim deb oʻylagan mashgʻulotlarni ham mudroq holatda
bajarayotgandek tuyuladi. Chunki ular yanglish narsalar ortidan
quvishadi. Hayotingga mazmun olib kirish uchun oʻzingni
boshqalarga me
hr berish, jamiyatga hissa qoʻshish hamda senga
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
35
maqsad va mazmun taqdim etuvchi nimanidir yaratishga
bagʻishlashing kerak”.
Uning haq ekanini bilardim. Lekin amal qilmasang, bilganingdan
nima naf?
Turnir oxiriga yetdi, u bilan birga meni oyoqda tutib turgan tuganmas
qahvaxoʻrlk ham nihoyasiga yetdi. Kompyuterimni yopdim, ish
kabinamni tozalab, narsalarimni ketishga hozirlash uchun xonamga
qaytdim. Juda kech boʻlib qolgandi. Hatto televideniye dasturlarining
uzatilish vaqti ham tugagandi.
Detroytga uchdim, k
un oxirlaganda qoʻndik, zoʻrgʻa uyimga yetib
oldim va uxlashga yotdim. Uygʻonganimda meni qarshi olgan
yangilikdan esankirab qoldim: men ishlaydigan gazetaning kasaba
uyushmasi aʼzolari ish tashlash eʼlon qilibdi. Ishxona yopilgandi.
Asosiy kirish eshigini
ng oldi piketchilar bilan toʻlgan, namoyishchilar
koʻchaning u boshidan bu boshiga yurib, oʻz noroziliklarini
bildirishayotgandi. Kasaba uyushmasi aʼzosi boʻlganim uchun oʻzga
choram yoʻq edi: kutilmaganda, umrimda birinchi marta ishsiz,
maoshsiz va ish beruvchilarimga qarshi kurash holatida qolib
ketgandim. Sobiq muharrirlarimning aksariyati bilan doʻst edim.
Kasaba uyushmasi yetakchilari uyimga qoʻngʻiroq qilib, ular bilan
hech qanday muloqotga kirishmasligimni, birortasi men bilan
aloqaga chiqib, murosa
qilishga urinsa, goʻshakni qoʻyib qoʻyishim
kerakligini uqtirishdi.
– Gʻalaba qozongunimizcha kurashamiz! – xuddi askarlardek
qasamyod qilishdi kasaba uyushmasi yetakchilari.
Sarosima va tushkunlik ichida qoldim. Radio va televideniyedagi
ishlarim yaxshigi
na qoʻshimcha daromad keltirsa-da, gazeta men
uchun hayot manbayi, suv va havodek muhim edi. Har tong
nashrdan chiqqan maqolalarimni koʻrishim hech boʻlmaganda bir
jabhada tirik ekanimni bildirib turardi.
Endi esa undan
mahrum boʻldim. Birinchi kun oʻtdi, keyin ikkinchi,
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
36
uchinchi kun… Ish tashlash davom etarkan, u oylab choʻzilishi
mumkinligi haqida xavotirli qoʻngʻiroqlar boʻlar, turli mish-mishlar
yurardi. Hayotim ostin-
ustun boʻlib ketdi. Har oqshom sport tadbirlari
oʻtkazilardi, odatda ularni yoritib borish uchun hech biridan
qolmasdim. Endi esa uyda oʻtirib, ularni televizorda tomosha
qilardim. Oʻquvchilar mening maqola va reportajlarimga muhtoj
degan xayol miyamga oʻrnashib qolgandi. Hayot mensiz ham bir
maromda davo
m etayotgani tasavvurimga sigʻmasdi.
Bir haftadan soʻng telefonni olib, Morriga sim qoqdim. Konni uni
telefon yoniga olib keldi.
– Meni koʻrgani kelyapsan, a, – dedi u. Uning gapi savoldan koʻra,
koʻproq tasdiq ohangida yangradi.
– Ha. Borsam maylimi?
– Xoʻoʻp, seshanba kuniga nima deysan?
– Seshanba toʻgʻri keladi, – javob qaytardim men. – Seshanba men
uchun ham qulay.
Ikkinchi kursda u dars beradigan yana ikkita fanga qatnasha
boshladim. Vaqti-vaqti bilan shunchaki suhbat qurish uchun
sinfxonadan tashqari
da ham uchrashadigan boʻldik. Avvallari
qarindoshim boʻlmagan katta yoshli kishilar bilan hech qachon biror
yerda oʻtirmaganman, shunday boʻlsa-da, Morri bilan biror yerga
borishdan tortinmayman, u ham vaqt ajratishga ogʻrinmaydi.
– Bugun qayerga boramiz? – quvnoq ovozda soʻraydi u ofisiga
kirishim bilan.
Bahorda Jamiyatshunoslik fakulteti binosining tashqarisidagi
daraxtlar ostida oʻtiramiz, qishni esa uning kabinetidagi yozuv stoli
yonida oʻtkazamiz – men kulrang jemfer va “Adidas” krossovkada, u
esa Rokport charm poyabzali va chiyduxoba shimda. Har galgi
suhbatimizda u mening bir bogʻdan bir togʻdan kelib, bir nimalarni
vaysashimga quloq tutadi, keyin esa menga hayotiy tajribalaridan
saboq berishga urinadi. Universitetda keng tarqalgan qarashlarga
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
37
qarshi
oʻlaroq, pul hayotda eng muhim narsa emasligini uqtiradi.
“Tom maʼnodagi insoniylik”ka intilishim zarurligini aytadi. U
yoshlarning oʻz qobigʻiga oʻralib olishga moyilligi hamda inson
jamiyatga “qoʻshilib” yashashga ehtiyojmand ekani haqida gapiradi.
Uning
aytganlaridan ayrimlarini tushunaman, ayrimlarini esa yoʻq.
Lekin bu ahamiyatsiz. Suhbatlarimiz men uchun Morri bilan
gaplashishga bir bahona. Huquqshunos boʻlishimni istagan dadam
bilan Morri kabi ota-boladek suhbat qura olmayman.
Morri huquqshunoslarni xushlamaydi.
– Oʻqishni tamomlaganingdan keyin nima qilmoqchisan? – soʻraydi
u.
– Musiqachi boʻlishni xohlayman, – javob qaytaraman men. –
Pianinochi.
– Ajoyib, – deydi u, – lekin mashaqqatli yoʻlni tanlabsan.
– Ha.
– Nahanglari koʻp.
– Men ham shunday deb eshitganman.
– Lekin bari bir, – davom etadi u, – buni chin dildan xohlasang,
orzuyingni amalga oshira olasan.
Bu soʻzlari uchun uni bagʻrimga bosib, minnatdorchilik bildirgim
keladi, lekin tabiatan tortinchoqman. Shunchaki, bosh irgʻatib qoʻya
qolaman.
– Garov oʻynashim mumkin, sen pianinoni zavq-shavq bilan
chalasan,
– deydi u.
Men kulaman:
– Zavq-shavq?
U ham jilmayadi:
– Ha, zavq-shavq bilan. Nima boʻpti? Hozir hech kim bu soʻzni
ishlatmaydimi?
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
38
Dostları ilə paylaş: |