Takrorlash uchun savollar.
1. Saqlash ob`ekti sifatida don massasi xossalarining umumiy tavsifini ayting.
2. Don massasi tarkibi. Don partiyasi nima?
3. Saqlashga qabul qilinadigan donning tarkibi va xossalariga ta`sir qiladigan
kanday omillarni bilasiz?
Tayanch iboralar.
Texnologik amallar - donni qabul qilish, saqlash va unga ishlov berishda ish
unumdorligi va mahsulot sifatini oshirish bilan boglik bo`lgan tadbirlar.
Don partiyasi - tashki belgilari va sifat ko`rsatkichlari bo`yicha bir xil bo`lgan
don massasi.
Don massasi - don massasi tarkibiga kiruvchi asosiy tur doni, donli
aralashmalar,
ifloslantiruvchi
aralashmalar,
kana
va
zararkunandalar,
mikroorganizmlar, hamda don oraligi fazasidagi xavo yigindisi.
Donning urug`lik xossasi - donning kukarish energiyasi, unib chikish kuchi.
Donning iste`molboplik xususiyatlari - undan olingan tayyor
mahsulotlarning xidi, ta`mi, xushxurligi va tashki kurishining haridorgirligi
bilan belgilanadi.
|