Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

YAXSHI  КО'RAMAN
Shoirlik g'irt bekorchiga  ish, 
Yumushim  shu  -  xayol  suraman. 
Nima  haqda?  Noqulay aytish... 
Sizni  hamon  yaxshi  ko'raman.
Iqrorimdan  zarracha  naf yo'q, 
Hanuz xomman,  hanuz g'o'raman. 
Nishoniga  borib tekkan  o'q, 
Yuragim  qon.  Yaxshi  ko'raman.
Visolingiz endi  -  ehtimol,
Lekin  mudom  izlab yuraman. 
Baxtimga  bir xayol  bor,  xayol, 
Mushkul  -  oson,  yaxshi  ko'raman.
Bugungacha  sir tutib  keldim,


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Tokay, jonim  o'tga  uraman. 
Sizgacha  va  keyingi sevgim 
Bari yolg'on,  yaxshi  ko'raman.
Bilmaymanmi?  Bilaman  -  uyat, 
Andishani chetga  suraman. 
Ishoning,  yo'q  hech  yomon  niyat, 
Sizni  yomon  yaxshi  ko'raman.
1998
GUL
Qaldirg'och  -  ko'klamning  langari,
Hut  keldi  bulutda  -  kemada.
Sakradi yashillik lashkari,
Faqat Gul  kelmadi,  kelmadi.
Nimpushti,  nimyashil,  nafarmon  - 
Ranglarga  bog'larni  beladi.
Unga  na  qonun  bor,  na farmon...
Faqat Gul  kelmadi,  kelmadi.
Binafsha,  boychechak,  bodrezak 
Yonida  ochilib  kulmadi.
Bunaqa  ko'klam  kimga  kerak?
Faqat Gul  kelmadi,  kelmadi.
Qattiqroq  qaragan  edimmi,
Xafa  qiluvdimmi,  bilmadim.
Tikonlar yular ich-etimni...
Faqat Gul  kelmadi,  kelmadi.
Shu  bugun  o'mimi  hazilning?
Yangi  kun  haqqi va  hurmati  - 
O'z o'rni  bor har bir faslning!
Faqat Gul  kelmadi,  kelmadi.
Qimmatga  tushar bu  arazing!
«Ming  to'qqiz yuz to'qson  muddati  - 
Qishdan  so'ng  kuz  keldi»,  deb yozing! 
Faqat Gul  kelmadi,  kelmadi.
1990


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin