Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

2001
MEHR HAQIDA
Zilziladan to'rt kun  o'tganda,
Bomdan  - 
Bir xabar yurakni titratdi  yana.
Qizchasin  panalab  qulagan tomdan,
Omon  asrab  qopti jonfido ona.
Qancha  fursatimni  yoqib  isindim,
Olovga  tobladim  mudroq  tanimni.
Birdan  shu  lahzada  ro'y-rost his qildim 
Onamni qanchalar sog'inganimni.
Mehr -  quyosh  demak.  Har tong  darchadan 
Qatim  shu'la  tushsin,  tolim  zar tushsin. 
Teng  tushsin  mehrning  nuri  barchaga, 
Ogahiy aytgandek,  barobar tushsin!
... Tursun Ali  polvon  bir gap  aytgandi: 
Erkalab  -  suyganni  bilarmish  ilon. 
Odamzotning  mehri  tovlangan  payti 
Odamday  mo'ltirab yig'larmish  ilon.
Ko'z yosh  tomsagina  quturarkan  suv,
Yer ham  silkinarkan,  qo'psa  nizolar. 
Dunyoni qutqarar faqat bir tuyg'u  - 
Mehrixon  ayalar,
Mehrinisolar...
2004


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
YOMON
Наг bir qizdan  seni  izlaganimda,
Yonimga  kechikib  kelganing  yomon. 
Ovozsiz,  ko'zyoshsiz yig'laganimda, 
Holimdan  xabarsiz  kulganing  yomon.
Yomon-da,  kimnidirtush  ko'rganing  ham, 
Shunchaki yoqqani  -  xush  ko'rganing  ham. 
Birovlar qalbiga  nish  urganing  ham 
Kipriklaring  bilan  tilganing  yomon.
Mensiz qoshlaring  tim  qorayganlari,
Mensiz  liboslaring  torayganlari,
O'zgalar xo'rsinib qaraganlari 
Va  go'zal  ekaning  bilganing  yomon.
Xudoyim  men  uchun  yaratgan  g'uncha, 
Kimlarga  duch  kelding  menga  kelguncha. 
Dilimda  tuguncha,  qora tuguncha  - 
Mengacha  kimnidir sevganing  yomon.
1999

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin