Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

BUNAQASI  KETMAYDI
Avval  bag'rin  ochdi  u, 
Keyin  zahrin  sochdi  u. 
Bergan  atirgulimni 
Yuragimga  sanchdi  u. 
Bunaqasi  ketmaydi  - 
Gul  yarasi  bitmaydi.
Bilak tashlab  bo'ynimga 
Kulib,  kirdi  qo'ynimga
1
  Muhammad Yusuf satri


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Keyin  dedi:  «Baribir - 
Boshqa  birov o'yimda...» 
Bunaqasi  ketmaydi  - 
Til yarasi  bitmaydi.
Shirin  kulgan  shumasmi? 
Bog'lab olgan  shumasmi? 
Soch  silkitib, jonimga  - 
Tuzoq  solgan  shumasmi? 
Bunaqasi  ketmaydi  - 
Qil  yarasi  bitmaydi.
O'psa,  netar dedilar, 
Yuvsa,  ketar dedilar,
Har qandayin jarohat - 
Bir kun  bitar,  dedilar. 
Bunaqasi  ketmaydi  - 
Dil  yarasi  bitmaydi!
2005
NIMA QILAY
Nima  qilay,  bargdan  gul  ko'p chamanzorda 
O'xshashingni topolmasam  nima  qilay? 
Gulbargicha  dil  bo'lmasa  sen  dildorda, 
Yuragingni  o'polmasam  nima  qilay?
Nima  qilay,  qorako'zim,  nima  qilay?
Ikki  olom  ora  o'zim,  nima  qilay? 
Qoshlaringdan  pora  ko'ksim,  nima  qilay? 
Ko'zlaringni tutolmasam,  nima  qilay?
Dard  berarda  saxiy,  baxtga  xasis  menga! 
Zardalaring,  achchiqlaring  laziz  menga.
Sen  turgan joy  poytaxt menga,  aziz  menga, 
Farg'onamga  ketolmasam,  nima  qilay?
Ne sayyodsan,  ne jallodsan,  ne zolimsan! 
Tig'ida  nur yarqiragan  hilolimsan! 
Umidimsan,  orzuimsan,  xayolimsan... 
O'ylab,  o'yga  etolmasam,  nima  qilay?
Bir bandiman,  senki  hursan,  nima  qilay? 
Ko'kda  bo'lsang,  yerda  yursam,  nima  qilay? 
Shu  holimga  yaxshi  ko'rsam,  nima  qilay? 
O'xshashingni topolmasam,  nima  qilay?


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
2004
AJOYIB QIZ
Ajoyib  qiz ekan-da, 
Qarashlari  g'alati,
Kulib turib yig'laydi, 
Yig'lab turib  kuladi.
She'rlarim  sanasiga 
Qarab,  otashda  yongan, 
Meni  hammadan,  hatto 
O'tmishimdan  qizg'ongan.
Ajoyib  qiz ekan-da, 
Qarashlari  g'alati. 
Sevgimas,  bu  -  kasallik, 
Tag'in  Xudo  biladi.
Ismim  aytib uxlagan, 
Ismim  aytib  uyg'ongan, 
Meni  hammadan,  hatto 
Ayolimdan  qizg'ongan.
G'alatiman  o'zim  ham, 
Es-hushim  yo'q,  g'alati. 
O'zim  -  o'zimdamasman, 
Bilmayman  -  ne  bo'ladi.
Kerak  bo'lsa,  bugunim, 
Ertamdan  ham  tonaman. 
Uni  hammadan,  hatto 
Xudodan  qizg'onaman.
2003


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin