Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

YIGIT
Azizbekka
Osmonga  oy,  yigitga  ot yarashar - 
Tuyoqlari  yulduz sochsin  elganda.
Yigit bo'lsin,  kirsa  davra  yorishar, 
Qiz-juvonning  aqli  shoshsin  kulganda.
Munofiqlar,  haromzoda  kazzoblar


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Osh  edirib,  so'ng  guruchin  hisoblar.
Nari  bo'lsin  bunday  ko'hna  azoblar,
Bosh  egmasin  nomard  minnat qilganda.
Ota-ona  turgan  manzil  - yurt bo'lar,
Yo'lga  kirganidan  ko'zi to'rt bo'lar. 
Gugurtcho'pdek omonat va  mo'rt  bo'lar, 
Yo'qotmasin  endi  qadrin  bilganda.
Erlar ko'pu  erkaklar kam  zamonda,
Pok ayollar ko'zlari  nam  zamonda, 
Shunday g'irrom,  shu  muttaham  zamonda 
Mushtin  ishga  solsin  kezi  kelganda.
Osmonga  oy,  yigitga  yor yarashar,
Hovli  borki,  o'lan-alyor yarashar.
To'y kechasi  har neki  bor -  yarashar, 
Ko'ngli to'lsin  quchoqlari to'lganda.
Dunyo  kezsin,  o'nta tilda  so'ylasin, 
O'ylaganda  lek o'zbekcha  o'ylasin. 
Navoiyni chang  bostirib qo'ymasin, 
Mudramasin  qo'lga  kitob olganda.
Qaysi  ohang  yoqimliroq  yurakka? 
Chuldir-chuldir jilg'a  oqsin  tuvakka... 
Beshikdagi  manglayi  keng  buvakka  - 
Shu  she'rimni  aytsin  ota  bo'lganda.
2002

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin