Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

YODINGDA QOLMOQCHI  EDIM
Fuzuliy  lutf etib  ketgan  bir zamon, 
Go'zallar vafosiz,  aldoqchi  dedim. 
Yoningda  qolishga  yo'q  edi  imkon,
Men  sening  yodingda  qolmoqchi  edim.
Negadir istardim  qiynalishingni, 
Yuragingga  kamand  solmoqchi  edim.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Onangga  aytolmay qolsang tushingni... 
Men  sening  yodingda  qolmoqchi edim.
Do'stlar kechib qo'ygan  edi  bahrimdan, 
Kimlardandir qasos olmoqchi  edim. 
Haydab chiqardilar hayotlaridan,
Men  sening  yodingda  qolmoqchi edim.
Alamim,  hasadim,  ginam  tufayli,
Ehtimol  ustingdan  kulmoqchi  edim. 
Sog'insang,  o'rtansang,  yig'lasang  mayli, 
Men  sening  yodingda  qolmoqchi  edim.
Ko'zingni  ko'zimga  bermading  sira, 
Ishondingmi,  yo'qmi,  bilmoqchi edim. 
Seni  ko'p o'yladim.  She'r yozdim  qara, 
Men  sening  yodingda  qolmoqchi edim.
1998
YOLG'IZ
Milyon  yilda  meni  yaratdi  hayot,
Meni  so'rab,  tog'lar qator cho'kdi tiz. 
Nahot anglamaysan,  bilmaysan  nahot, 
Axir men  bittaman,  yagona,  yolg'iz.
Bug'lanib,  qaytadan  to'kiladi  suv, 
Quyoshdan  ishorat -  ko'z yorar ildiz.
Men,  axir ularga  o'xshamayman-ku,
Axir men  bittaman,  yagona,  yolg'iz.
Har elat o'zicha  atar shamolni,
Mingta  ism  bilan  yashaydi yulduz.
Sen  qaydan  topasan  boshqa  Iqbolni,
Axir men  bittaman,  yagona,  yolg'iz.
Nafasim  -  g'animat,  so'zim  -  g'animat, 
Fojia  -  poyimdan  uzilgan  har iz.
Mening  nigohlarim  eng  ezgu  ne'mat,
Axir men  bittaman,  yagona,  yolg'iz.
Yaratganga  borib aytaman  seni!
O'zi  hukm  etsin  odil  va  xolis.
Men  qatib  kelmayman,  tushunyapsanmi? 
Axir men  bittaman,  yagona,  yolg'iz...


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
1995
GO'YO
Bir daraxtni  ko'rdim  -  mag'rur,  barkamol, 
Istagan  faslida  gullaydiganday.
Pisandiga  yaqin  kelmas qor,  shamol: 
Durkun  bargi  mangu  so'lmaydiganday.
Shul  daraxtning  oldida  xor,  g'aribman,
Yo'l  yarmiga  etar-etmas horibman, 
Havodan  kuz  hidin  olib turibman,
Bahor menga  qaytib  kelmaydiganday.
Bir irmoqni  ko'rdim  -  o'jar irmoqni,
Surib xasni,  loyqa  qilib tuproqni,
Tashlab  ketayotir bog'ni,  o'tloqni  - 
Zum  to'xtasa,  sira  bo'lmaydiganday.
SHul  irmoqning  huzurida  kim  bo'ldim? 
To'xtab  qoldim,  til  tishladim,  mum  bo'ldim. 
Hasrat keldi,  ko'z yoshimga  lim  bo'ldim, 
Eski  ko'ngil  endi to'lmaydiganday.
Bir dilbarni  ko'rdim  -  qoshi  qaroli, 
Qoshlaridan  yurak-bag'rim  yaroli,
Bo'lsam  edi  xizmatkori,  qaroli,
Qul  bo'lmasam,  baxtim  kulmaydiganday.
Shul  dilbarning  qoshida  bechoraman, 
Yuragimdan  nolib,  qayga  boraman.
O'zim  bilan  olishib ovoraman,
Men  ham  unga  parvo qilmaydiganday.
Bir kimsani  ko'rdim,  aziz yoronlar,
Firib  bersa,  chap  berolmas shaytonlar, 
Yig'mish  dunyo,  qurmish  turlik oshyonlar, 
Go'yo  bu  zot aslo o'lmaydiganday.
Shul  kimsaning  yonida  men  nimaman,
Balki  uning  yukin  ortgan  kemaman.
Siz  nimasiz?  Dard  so'yladim  kimga  man, 
Kimligimni  hech  kim  bilmaydiganday.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin