Sizni kuylayman


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo AYYOR QIZ



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

2001


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
AYYOR QIZ
Kulib  qarab,  kulib  ko'zin  obqochgan, 
O'rgatvolib,  keyin  o'zin  obqochgan, 
Quchoqlasam,  titrab yuzin  obqochgan, 
Tugunchagin tugib qo'ygan  tayyor qiz, 
Yolg'on  yig'lab,  erga  borar ayyor qiz.
Huv,  deydi-yu,  o'ylar yostiq-ko'rpasin, 
Ko'zda  yosh  yo'q  -  ayaydi-da  surmasin, 
Eshitsinu  lekin  birov  ko'rmasin... 
Tugunchagin tugib qo'ygan  tayyor qiz, 
Yolg'on  yig'lab,  erga  borar ayyor qiz.
Kuydirmajon  edi,  qurg'ur,  sho'x edi, 
Ko'nglim  unda  edi,  ko'nglim  to'q  edi. 
Qosh  terganda  yig'lagani yo'q  edi... 
Tugunchagin tugib qo'ygan  tayyor qiz, 
Yolg'on  yig'lab,  erga  borar ayyor qiz.
Erta  pishar edi  qo'qon  gilosi, 
Yuragimdek qop-qora  qon  gilosi. 
Allaqachon  bo'lgan talon  gilosi... 
Tugunchagin tugib qo'ygan  tayyor qiz, 
Yolg'on  yig'lab,  erga  borar ayyor qiz.
Tengdoshini  sevgan  bo'lar teng  tentak, 
To'yda  bildim,  ancha  ekan  deng  tentak. 
O'sha  kuni  sal  yig'labman  men  tentak... 
Tugunchagin tugib qo'ygan  tayyor qiz, 
Yolg'on  yig'lab,  erga  borar ayyor qiz.
To'y  buzishga  etarmidi jur'atim?
Un  tortgani tegirmonga jo'nadim. 
Tuguniga  sig'magandir suratim... 
Tugunchagin tugib qo'ygan  tayyor qiz, 
Yolg'on  yig'lab,  erga  borar ayyor qiz.
2002

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin