Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
Olib qololmadim seni bezavol
Qahraton qahridan, yaxning zahridan.
Hilol to'lib, oxir g'ildirak bo'ldi,
Yulduzlar changidi samo yo'lida.
Arava obketdi bir quchoq gulni,
Meni asrolmading bitta o'limdan...
1987
QO'SHTEGIRMON, 1982 YIL
Siz bizga
olmalar otmaysiz,
O'tib qolsak bog'ko'changizdan.
Xandalar otasiz, xandalar...
Tuni bilan uxlayolmayman
og'riqdan...
TIMSOHGA AYLANIB...
Timsohga aylanib kaltakesaklar
Yamlab ketadilar bor-budimizni.
Mening eng chiroyli ismimni saqla,
Sandiqqa solib qo'y umidimizni.
Sichqonlar ayiqqa aylanib bir kun
Dashtu yobonlarga haydasa bizni.
Mening issiq izim ustidan yurgin,
Bag'ringga bosgancha umidimizni.
Tosh bo'lib yog'sa ham o'tkir yulduzlar,
Umidni jon kabi uzmasdan turgin.
Holing nechuk, ukam, singlim, deb kelar
Bo'rilar odamga aylanib bir kun.
1992
Dostları ilə paylaş: