Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

LAHZALIK SEVINCH  BOR...
Lahzalik sevinch  bor,  lahzalik visol 
Bosh-oyoq  soz o'tgan  kunni  bilmadim. 
Ertaga  yuragim  tinar,  ehtimol,
Qachon  qayg'u  do'li tindi,  bilmadim.
Suvloq  kechgan  kabi  izim  belgisiz,
Izim  ko'zyoshgami,  cho'mdi,  bilmadim. 
Umr sovurmoqqa  ruhsiz,  sevgisiz  - 
Asov dil  qaysi  kun  ko'ndi,  bilmadim.
Bahorda  quvonchgul  ekkandim,  chog'i, 
Ne  bois qayg'ugul  undi,  bilmadim.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Qaerda  adashdim,  qayda  gunohim? 
Qaerga  bosh  uray endi,  bilmadim.
Hur-hur shabadalar,  moviy chechaklar, 
Zangor oy eridi,  tomdi...  bilmadim. 
Sertutun  kunduzlar,  oysiz  kechalar, 
Sharpalar...  Bir shaffof tongni  bilmadim.
Sizdan  o'tinchim  shu  -  bir nafas tegmang, 
Gina  saqlamadim,  kinni  bilmadim.
Bir go'zal  insonni  sog'ingandekman,
Lekin  sog'inganman  kimni?  Bilmadim.
1999
O'G'LIM
Eski  doridek quvvati  ketgan  -  qadr...
Ammo  hayot  hamon  yangi  -  go'zal,  o'g'lim. 
Barmoqlaring  ignadan  ham  ingichkadir, 
Tuzala  qol,  o'g'lim,  tezroq  tuzal,  o'g'lim.
Derazadan  nafasingni  sezib turdim, 
Gunohlarim  o'ylab,  ko'nglim  ezib turdim.
Oq  libosdan  sendan  battar bezib turdim, 
Tuzala  qol,  o'g'lim,  tezroq  tuzal,  o'g'lim.
Tovonimdan  sochimgacha  uzun  og'riq,
Og'riq  bormi  chorasizlikdan  ham  ortiq.
Senga  qanday dard  tegdiykin  mendan  ortib, 
Tuzala  qol,  o'g'lim,  tezroq  tuzal,  o'g'lim.
G'aribgina  sochilmishdir o'yinchoqlar,
Beshik  bo'ynin  siqayotir ko'zmunchoqlar. 
Mittigina  tuflichalar ham  paypoqlar...
Tuzala  qol,  o'g'lim,  tezroq  tuzal,  o'g'lim.
Asli,  o'zim  xastaholman,  o'zim  dardmand, 
Faqatgina  dilimda  bu  kasal,  o'g'lim.
Sen  sog'aysang,  men  ham  balki tuzalarman, 
Tuzala  qol,  o'g'lim,  tezroq  tuzal,  o'g'lim.
1999

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin