Sport tayyorgarligi tizimi – bilimlar,vositalar, uslublar, shakllar
va shu muhitda tashkil qilish bilan sportchini eng yaxshi darajada
tayyorlashni ta’minlash, shuningdek sportchini tayyorlashni amaliy
faoliyatidir.
Sport maktabi – sportchilarni tayyorlashni yagona tizimi bo‘lib, bir
gurug‘ mutaxasislarni ijobiy izlanishga asoslanadi.
Sport natijalari – sportdagi son va sifat darajasini
ko‘rsatkichidir.
Sportchini tasnifi – sportchini barqaror tasnifi bo‘lib, ma’lum vaqt
ichida yoki sport musobaqalarida qatnashishini umumlashgan yakunidir.
Tarbiya – aniq maqsad asosida shaxsda ijobiy xislatlarni
shakllantirishga qaratilgan faoliyat.
Tarbiya vositalari – tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqa turli
vazifalarni bajarish uchun belgilangan moddiy, ma’naviy, madaniy obyekt
va predmetlar yig‘indisidir.
Tarbiya metodlari – tarbiyalanuvchini hayotini, faoliyatini, muomala
va munosabatini tashkil etish, hulqi va faoliyatini tartibga solish uchun
pedagogik maqsadga muvofiq ijtimoiy shartlangan usullardir.
Tarbiya prinsiplari – tarbiya jarayonining mazmuni, metodlari va
vositalariga qo‘yiladigan talablar.
Tarbiya usullari – tarbiya metodining bir qismi bo‘lib, alohida
ta’sir, muayyan o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi.
Tarbiya shakllari – tarbiyachi va tarbiyalanuvchining birgalikda,
belgilangan tartibda amalga oshiradigan faoliyatining tashqi
ko‘rinishidir.
Tarbiyalanganlik — milliy urf-odatimiz mezoniga kirmagan,
o‘zgalarning nafratini qo‘zg‘atadigan xatti-harakatlardan o‘zini tiya bilish.
Ta’lim – insonning ma’lum
bir tizim asosida olgan bilim, ko‘nikma,
malakasi va egallangan ma’naviy fazilatlari yig‘indisidir.
Universitet- lotincha so‘z bo‘lib, “to‘plam”, “umumiylik” ma’nosini
bildiradi. Keng sohalar bo‘yicha oliy ma’lumot beruvchi o‘quv-ilmiy ta’lim
muassasasi.
O‘qitish – aniq maqsad asosida shaxsda bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishga qaratilgan faoliyat.
Shaxs rivojlanishi - insonning butun
umri davomida aqliy va
jismoniy o‘zgarishi jarayonidir.
Shaxs shakllanishi – odamni (biologik mavjudot) turli omillar
(ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy, psixologik va h.k.) ta’sirida ijtimoiy
mavjudotga aylanish jarayonidir, bunda tarbiya asosiy omil sanaladi.