Toksikologiya asoslari doc



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/62
tarix28.03.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#54291
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Davosi.  Zaharlanganlarga  shoshilinch  yordam  ko’rsatilganda  shilliq  qavatga, 

og`iz  bo’shlig`iga,  teri  qavatiga  va  kiyim-kechaklarga  tushgan  tetraetilqo’rg`oshin  

tezlik  bilan  zararsizlantirilishi  kerak  Zaharli  modda  me`daga  tushganda  tezda  me`da 

zond  bilan  yuviladi.  Me`dani  yuvish  uchun  1—2%  li  natriy  gidrokarbonat  eritmasi 

qo’llaniladi. Etilli benzin teri qavatiga tushganda iliq suv va sovun bilan yuvish kerak 

bo’ladi,  suv  bo’lmaganda  kerosin  bilan  yuviladi.  Kiyim-kechakka  tushgan 

tetraetilqo’rg`oshinni  zararsizlantirish  uchun  10—14%  li  xloramin  eritmasi 

ishlatiladi. Og`iz va shilliq qavatlar 0,25—0,5% li xloramin eritmasi bilan chayiladi. 

Organizmdan  zaharli  moddani  chiqarish  uchun  etilendiaminotetrasirka 

kislotaning  kaltsiy-dinatriyli  tuzi  (SaNa

2

  TBTA),  20  ml  10%  li  eritmasi  natriy 



xloridning  izotonik  eritmasida  yoki  5%  li  glyukoza  eritmasida  eritilib,  venaga 

tomchilatib  4—6  soat  mobaynida  yuboriladi.  Uning  tezligi  daqiqasiga  40  tomchi 

bo’lishi kerak. Davolash kursi bir oy. Engil darajadagi zaharlanishda davolash uchun 

SaNa


2

  TBTA  tabletkasi  0,5  g  dan  kuniga  4  marta  yoki  0,25  g  dan  kuniga  8  marta 

beriladi. Tabletkalar har 1—2 kunda qabul qilinadi, davolash kursi 20—30 kun. 

Qo’zg`alishlar  kuzatilganda  geksenal  (10%  li  eritmasi  5—10  ml  dan)  venaga 

yuboriladi  yoki  10  ml  25%  li  magneziy  sulfat  muskullar  orasiga  yuboriladi.  Engil 

holatlarda kechkurun  ichish  uchun  fenobarbital (0,1  g)  yoki  barbamil  (0,1  g) tavsiya 

etiladi. Kompleks davolashda vitaminlardan V

1

, S buyuriladi. 




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin