Toksikologiya asoslari doc


Surunkali  zaharlanishlar



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/62
tarix28.03.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#54291
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Surunkali  zaharlanishlar.  Etillangan  benzin  bilan  ishlaydigan  kishilarda 

(shoferlar,  ombor  ishchilari  va  benzin  quyuvchilar)  bu  holdagi  zaharlanish  ko’p 

uchrab  turadi.  Zaharlanish  asta-sekin  sodir  bo’ladi,  chunki  tetraetilqo’rg`oshin 

kumulyativ  xususiyatga  ega.  Bunda  bosh  og`rishi  va  tez  charchash  paydo  bo’ladi, 

ishtaha  yo’qoladi.  Uyqu  yuzaki  bo’lib,  dahshatli  tushlar  ko’radi.  Ko’p  terlash 

kuzatiladi. Astenik holat asta-sekin og`irlashib boradi va umumiy loxaslik kuchayadi, 

darmonsizlik,  xotira  pasayishi,  ishlash  qobiliyatini  yo’qolishi    kabi  alomatlar  paydo 

bo’ladi.  Jizzakilik,  serjahllik  emotsiyaning  buzilishi  rivojlanadi.  Zaharlangan  odam 

ishtaha yo’qligi tufayli oriqlab ketadi. Erkaklarda mijoz susayib ketadi. 

www.ziyouz.com kutubxonasi




 

52 


 

Ayrim  vaqtlarda  zaharlangan  kishilarda  paresteziya  paydo  bo’ladi.  Ular  qo’l-

oyoklarning  uvishib  qolishidan,  badan  jimirlashi,  og`izda  birorta  narsa  bordek 

tuyulishi,  tishlarning  «yumshab»  qolganligidan  shikoyat  qiladilar.  Ba`zi  kishilarning 

qo’l-oyoqlarida, muskullarida va bug`imlarida og`riq paydo bo’ladi.  

Zaharlanganlar  tekshirib  ko’rilganda  ularda  uchlik  simptomi:  bradikardiya, 

gipotoniya  va  gipotermiya  aniqlanadi.  Bundan  tashqari,  ularda  gipergidroz, 

qo’llarning  titrashi  (tremor),  pay  reflekslarining  taranglashgani  kuzatiladi.  Moddalar 

almashinuvining  buzilishi  tufayli  odam  oriqlab  ketadi.  YOshiga  nisbatan  ancha  qari 

ko’rinadi. 

Qon tekshirib ko’rilganda xech qanday o’zgarish sodir bo’lmaydi, lekin ba`zan 

leykotsitoz  kuzatiladi.  Siydik  biokimyoviy  tekshirilganda  siydikda  qo’rg`oshin 

borligi  aniqlanadi.  Siydik  tarkibida  0,05—0,07  mg/l  miqdorda    qo’rg`oshinning 

bo’lishi  tetraetilqo’rg`oshindan zaharlanganlikni bildiradi. 




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin