Etilenglikol tormoz suyuqligi va antifriz tarkibiga kiradi. Etilenglikol bilan
o’tkir zaharlanganda toksik koma rivojlanib, MNS nerv hujayralari ishdan chiqadi.
Bemorlarga tez yordam va maxsus yordam shifoxonalarda ko’rsatilishi zarur.
bo’lmagan sharoitlarda (misol uchun domna pechlaridagi va sanoat gazlari tarkibida)
hosil bo’ladi. Ichki yonuv dvigatellari hosil bo’lgan gaz tarkibida is gazi 1% dan 13%
gacha bo’ladi. Bundan tashqari uglerod oksidi yong`in paytida barcha polimerlardan
53
1. Avtomobildan chiqqan tutunlar bilan, eshiklari yopiq garaj yoki dvigateli
ishlab turgan avtomobil ichida o’tirgan odamlarning ushbu gaz bilan nafas olishlari;
2. Ishdan chiqqan isitish pechlari bo’lgan maishiy yoki sanoat korxonalarida
Ushbu pechlardan foydalanish oqibatida:
3. YOng`in paytida yonayotgan bino, xona, lift, transport ichidagi odamlarning
tutun bilan nafas olishlari: va boshqalar.
Is gazi bilan o’tkir zaharlanish ingalyatsion zararlanishlar ichida oldingi
o’rinlarni egallaydi va o’limga olib keluvchi zaharlanishlarning 17,5% tashkil qiladi.
Ishchi xonalardagi havo tarkibidagi uglerod oksidining ruxsat berilgan chegaraviy
kontsentratsiyasi (PDK) 20mg/m
3
.
Bundan yuqori bo’lgan SO kontsentratsiyasida mahsus respiratorsiz ishlash
mumkin emas.
Uglerod oksidining organizmga toksik ta`siri uning gemoglobin bilan birikishi
va kislorodni tashish qobiliyatiga ega bo’lmagan karboksigemoglobin hosil qilish
bilan bog`liq. YUzaga kelgan gipoksiya transport xususiyatli bo’ladi. Bundan
tashqari is gazi to’qimaning tarkibida ikki valentlik temir bo’lgan nafas fermentlari
bilan birikadi.
Bu kompleksdan uglerod oksidi dissotsiatsiyasi juda sekinlik bilan boradi,
shuning uchun ham to’qimada nafas olish va oksidlanish-qaytarilish jarayonlari
buziladi. Demak, gepoksiya to’qimalarida yuzaga chiqadi.
Maxsus
antidot
terapiyasi
sifatida
giperbarik
oksigenatsiya
karboksigemoglabinning dissotsiatsiyasini 10-15 martagacha kamaytiradi va
plazmada erigan kislorod miqdorini ko’paytiradi.
Og`ir xollarda giperbarikoksigenatsiya 90 minutdan sutkasiga 4 martagacha
o’tkaziladi.
Keyin esa miya shishini oldini olish va davolash uchun laziks va mochevina
yuboriladi, pnevmoniyaning oldini olish uchun antibiotiklar va geparin, energiya
tanqisligini yo’qotish uchun 5-10% glyukoza eritmasi ikki litrgacha 12 TB insulin va
V
1
, V
6
va S vitaminlari bilan tomchi xolida venaga yuboriladi.
Reabilitatsiya paytida nevropatolog, psixiator nazoratida bo’lish, davo
fizkulturasi va fizioteropiya qabul qilish lozim.
Karbonat angidrid gazi asosan eski shaxta va quduqlarda 10-20% gacha
bo’lishi mumkin. Zaharlanish holatlari va tez yordam choralari is gazi bilan
zaharlangandagi kabi zaharlanishning oldini olish: quduqlarga va shaxtalarga faqat
protivogaz bilan tushish lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi