8-BOB
KUYDIRUVCHI MODDALAR BILAN O’TKIR ZAHARLANISH.
Kuydiruvchi moddalar bilan o’tkir zaharlanish.
O’tkir maishiy zaharlanishlar orasida kuydiruvchi moddalar bilan zararlanish
asosiy o’rinlardan hisoblanadi. Organik moddalar: sirka(uksus), shavel kislotasi bilan
zaharlanishlar kuydiruvchi zaharlar bilan shikastlanishlarning 70% ni, noorganik
kislotalar bilan zaharlanish 7% ni, ishqorlar bilan zararlanish (nashatir spirti,
o’yuvchi kaliy va natriy) – 15% ni, oksidlovchilar (vodorod peroksidi, kaliy
permanganat) – 8% ni tashkil qiladi.
Sirka kislotasi teri va tekstil sanoatida organik bo’yoqlar bilan birga, plastit
massa, gerbitsid, kimyoviy reaktiv, xushbo’y moddalar, dori vositalari, organik
modda erituvchilari, eritmalar tayyorlashda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |