Toksikologiya asoslari doc


-BOB  ZAHARLI O’SIMLIKLARDAN ZAHARLANISH



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/62
tarix28.03.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#54291
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

9-BOB 

ZAHARLI O’SIMLIKLARDAN ZAHARLANISH 

 

Zaharli  o’simliklardan  zaharlanish  xollari  zaharli  xayvonlardan  zararlanishga 



qaraganda  ancha  ko’proq  uchraydi.  O’simliklarning  mevasi,  ildizi,  urug`i,  poyasi  va 

boshqa  qismlari  zaharli  bo’lishi  mumkin.  O’simlik  zaharlari  odam  organizmiga 

asosan og`iz orqali tushadi, shuning uchun ham toksik gastroenterit birinchi navbatda 

rivojlanadi.  Zaharlar  oshqozon  va  ichakning  shilliq  qavatiga  qo’zg`atuvchi  ta`sir 

ko’rsatishi  oqibatida  qorinda  og`riq,  ko’ngil  aynash,  qusish,  ich  ketish  alomatlari 

kuzatiladi.  Patomorfologik  belgilar  oshqozon  va  ichak  devoriga  qon  quyilishi 

ko’rinishida  (gemorragik  gastrit,  enterit)  yuzaga  chiqadi.  Ko’pchilik  o’simlik 

zaharlari qonga ingichka ichakning quyi bo’limlarida so’riladi. 

Dalada  qishda  qolib  ketgan  yoki  ko’karib  chiqqan  kartoshka  tarkibida  solanin 

alkoloidi ko’pligi sababli yaqqol dispeptik o’zgarishlarni chaqiradi. SHunga o’xshash 

ko’rinishlar  ovqatga  ham  oq  no’xot,  shuningdek  xom  yong`oq  ishlatilganda  ham 

kuzatiladi.  Zaharli  changlarga  ega  o’simliklardan  yig`ilgan  asalari  asali  ham  toksik 

bo’lishi mumkin. Bunday asalni istemol qilganlarning tana harorati oshadi, qusadi va 

ichi ketadi, allergik toshmalar toshishadi .  

Nerv  tizimining  shikastlanishi  ko’pchilik  zaharli  o’simliklardan  zararlanishda 

etakchi  o’rinlardan  birini  egallaydi.  Markaziy  nerv  tizimi  funktsiyasining  buzilishi 

atropinga  o’xshagan  sindromlar  (yurak  o’ynashi,  og`iz  qurishi,  kuz  qorachig`ining 

kengayishi,  so’lak  ajralishini  to’xtashi,  bronxlarning  bo’shashishi,  ichak  tonusi  va 

qisqarishining  kamayishi,  terni  chiqmay  qo’yishi)  yuzaga  chiqadi.  Intoksikatsion 

psixoz karaxtlik va koma bilan birgalikda kuzatiladi.  

Tarkibida yurak glikozidlari bo’lgan o’simliklar (misol uchun angishvona gul) 

yurak o’tkazuvchanligi va ritmining buzilishiga olib keladi. 

Ayrim  o’simliklar  tarkibida  «jigar  zaharlari»  bo’lib,  jigar  funktsiyasini  ishdan 

chiqaradi.  Bunday  bemorlarda  jigarning  kattalashishi  kuzatilib,  teri  sarg`ayadi, 

gemorragik  toshmalar  toshadi.  Zaharli  o’simliklar  orasida  zaharli  qo’ziqorinlar 

alohida ahamiyatga ega, ular jigar va buyrakka zaharli ta`sir ko’rsatadi. 

Qichitqi  o’t  toksik  dermatitni  chaqiradi,  shunday  bo’lsada  ayrim  xollardan 

tashqari bunday ko’rinishdagi zararlanish ishsiz yo’qoladi. 

O’simlik  zaharlaridan  o’tkir  zaharlanishda  ekzogen  toksikozga  qarshi  kurash 

usullari  qo’llaniladi.  Birinchi  navbatda,  o’z  vaqtida  organizmning  ekstren 

detoksikatsiyasi, simptomatik terapiyasi o’tkazilishi lozim.  

Og`iz  orqali  zaharlanganda    kasalxonaga  borguncha  oshqozonni  zont  orqali 

yuvish  va  oshqozonga  80-100mg  aktivlangan  ko’mirning  suv  bilan  yuborish  katta 

ahamitga ega, chunki ko’pchilik o’simlik zaharlari sorbtsiyalanish xususiyatiga ega. 

YUrak  zaharlari  bilan  zaharlanganda  (ritm  va  o’tkazuvchanlikning  yaqqol 

buzilishlarida) 

gemosorbtsiya 

elektrostimulyatsiya 

bilan 

birgalikda 



ishlatiladi.Gemosorbtsiya  barcha  og`ir  zaharlanishlarda  qo’llanilishi  shart,  chunki 

bunday  zaharlar  yirik  yoki  og`ir  molekulali  bo’lib,  biologik  muhitdan  sorbent 

yordamida yaxshi tozalanadi.   

www.ziyouz.com kutubxonasi




 

59 


 

Simptomatik davo choralari a`zolar funktsiyasini ta`minlab turishga asoslangan 

bo’lib, ayrim hollarda antidot terapiyasi ham ishlatiladi. 

O’simlik zaharlari bilan zaharlanganda 1-2 stakan osh tuzi  qo’shilgan  iliq suv 

(0,5  choy  qoshiq  osh  tuzi  1  stakan  suvda  eritiladi)  va  qayt  qilinadi.  Bu  muolaja  3-4 

marta qaytariladi. Sorbent sifatida 8%-100gr qotgan non yoki karbolen (4-5 tabletka) 

ishlatish mumkin. Keyin ichni suruvchi ingliz tuzi eritmasi ( 30 gramm magniy sulfat 

100ml suvda eritilib)  beriladi. 

O’simlik  zaharlari  bilan  o’tkir  zaharlanishni  oldini  olish  uchun    quyidagi 

qoidalarga  amal  qilish  kerak:  notanish  o’simlik  va  qo’ziqorinlarni,  dalada  qolib 

ketgan kartoshka, don, loviya, no’xotlarni ovqatga ishlatmaslik, uyda vrach ruxsatisiz 

o’simliklardan tayyorlangan damlama va qaynatmalarni ishlatmaslik, vrach buyurgan 

dori vositalarining miqdorini o’zboshimchalik bilan oshirmaslik, bolalarga qo’ziqorin 

va rezavorlarni terishga ruxsat bermaslik, odam o’z sog`ligini «ajoyib o’simliklar»ni 

davo sifatida ishlatadigan tabiblarga  ishonmasliklari zarur.  


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin