Klinik manzarasi. Vodorod peroksid suyuqlik yoki aerozol holida teri
qavatiga ta`sir qilganda kimyoviy kuyish kelib chiqadi, kuzga tushganda esa
ko’rlikkacha olib keladi. Dastlab shox parda xiralashadi, yashirin davrdan bir yoki
uch hafta o’tgach ko’rlik paydo bo’ladi Aerozol holatidagi vodorod peroksididan
nafas olinganda nafas yo’llari shikastlanadi, o’pkaga ta`sir qilishi natijasida o’pka
shishi rivojlanishi mumkin. Kontsentrlangan vodorod peroksidi hazm yo’llari orqali
me`daga tushganda og`iz shilliq pardalarining kimyoviy kuyishiga sababchi bo’ladi.
Davosi. Davolash asosan simptomatik yo’l bilan olib boriladi. Bundan tashqari,
vitaminlar (V1, R, E, askorbin kislotasi) buyuriladi. Vodorod peroksid bilan ishlashda
havfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish shart bo’ladi.
Azot kislotasi va uning oksidlari organizmga mahalliy va umumiy ta`sir qilish
xususiyatiga ega.
Teri va shilliq qavatlarga kislota ta`sir qilganda to’qima oqsillari
koagulyatsiyasiga uchraydi va to’qimalardagi suvni yo’qotadi (degidratatsiya).
Kuygan soha yuzasida sariq-zangori rangli hosila paydo bo’ladi. Hosila atrofida shish
www.ziyouz.com kutubxonasi
55
va qizarish kuzatiladi. Ularning chekkasida leykotsitar infiltratsiya rivojlanadi. Limfa
qon tomirlari kengayishi va qon tomirlarida ko’plab tromblar hosil bo’ladi.
Azot kislotaning kuzga tushishi juda havfli hisoblanadi, chunki bunda uning
oqibatini oldindan aytib bo’lmaydi. Dastlab engil darajada bo’lib ko’ringan
zararlanish kuchli zararlanish bo’lib chiqishi va og`ir asoratlarni berishi mumkin.
Azot kislota bug`lari va uning oksidlaridan nafas olganda organizmda sezilarli
o’zgarishlar yuzaga keladi. Juda kam kontsentratsiyasi ham (0,1—0,2 mg/l) nafas
yo’llariga ta`sir etganda ta`sirlovchi xususiyatga ega bo’lib, kuzda achishish va
quyish, nafas yo’llarida va tush ortida og`riqlar, kuzdan yosh oqishi, yo’tal, aksirish
hamda umumiy loxaslik simptomlari paydo bo’ladi.
Azot kislotaning yuqori kontsentratsiyasi (0,2—0,4 mg/l va undan yuqori)
o’pkada toksik shish rivojlanishini keltirib chiqaradi. Klinik jihatdan paydo bo’lgan
o’pkaning toksik shishi fosgendan zaharlanish tufayli kelib chikqan shishdan farq
qilmaydi, lekin bir qancha xususiyatlarga ega.
1. Azot kislota va nitrogazlardan zaharlanganda dastlabki bosqich kuchli
rivojlangan bo’ladi; kuzda kuchli achishish, og`riq, yosh oqishi, aksirish, yo’tal,
hansirash, ko’ngil aynishi, ba`zi vaqtlarda qusish, tsianozning rivojlanishi,
bradikardiya, umumiy lohaslik, bosh og`rishi va tomoqning bo’g`ilishi kuzatiladi.
2. YAshirin davri qisqa vaqtni tashkil qiladi. U o’rtacha 30—60 daqiqa, ba`zan
2—3 soatni tashkil qiladi. Klinik simptomlarining ko’rinishi va rivojlanishi
moddaning havodagi kontsentratsiyasiga, ta`sir qilish vaqtiga hamda organizmning
reaktivligiga bog`liq bo’ladi. Bu davrda tez-tez charchash, jismoniy ish bajarganda
toliqib qolish. bradikardiya va nafas olishning tezlashishi aniqlanadi.
3. O’pka shishining rivojlanish davri alomatlari xuddi fosgenning klinik
alomatlariga o’xshaydi. Lekin bunda yo’tal bilan ajraladigan balg`am sariq yoki och
pushti rangda bo’ladi (nitromoddalarning oqsillarga ta`siri — ksantoprotein
reaktsiyasi), Bundan tashqari, nitrogazlar qonga so’rilish xususiyatiga ega va qon
tarkibida metgemoglobinni hosil qiladi, buning natijasida paydo bo’lgan gipoksiya
holatiga gemik gipoksiya ham qo’shiladi.
Agar nafas olinayotgan havoda azot oksidi (N0) kontsentratsiyasi ko’p bo’lsa,
unda yurak-tomir buzilishlari, miyada keskin buzilishlar hamda metgemoglobin hosil
bo’lishi va boshqa simptomlar yakqol rivojlangan bo’ladi. Agar havoda azot ikki
oksid (NO2) miqdori ko’p bo’lsa, unda nafas yo’llarining zararlanishi kuzatiladi va
tezda o’pka shishi rivojlanadi. Azot ikki oksidning yuqori kontsentratsiyasi nafas
olinganda kislorod etishmovchiligi natijasida bug`ilish (asfiksiya) rivojlanadi,
keyinchalik talvasalar paydo bo’ladi, nafas markazining ish faoliyati buzilganligi
tufayli u falajlanadi, nafas olish to’xtaydi va o’lim sodir bo’ladi.
4. Tuzalish bosqichiga o’tish ikki xil bo’lishi mumish Birinchi holda o’pkada
hosil bo’lgan shish suyuqligi tezda orqaga so’rila boshlaydi, kishining umumiy ahvoli
yaxshilanadi, tsianoz kamayadi va hansirash yo’qoladi. 2-3 kundan so’ng o’pka
shishidan asar ham qolmaydi.
Ikkinchi holda o’pkada shishi suyuqligi kamayganligiga qaramasdan,
zararlanganlarning umumiy ahvol og`irligicha qolaveradi, harorat yanada ko’tarilib
ketadi, o’pka auskultatsiya qilib ko’rilganda o’rtacha va kuchli nam xirillashlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
56
eshitiladi. Qon tekshirib ko’rilganda leykotsitoz aniqlanadi, eritrotsitlarning cho’kish
reaktsiyasi (ECHR) oshib ketadi. Bunday klinik simptomlar ikkilamchi infektsiya
qo’shilishi natijasida rivojlangan bronxopnevmoniya, o’pka abstsessi, o’pka infarkti
va boshqalardan dalolat beradi.
Zararlangan
kishining
qoni
tekshirib
ko’rilganda
ko’p
miqdorda
metgemoglobin aniqlanadi Agar oksidlardan oz vaqt ichida nafas olingan bo’lsa;
kishi tezda tuzalib ketadi, ko’p vaqt ichida nafas olingan bo’lsa o’lim sodir bo’ladi.
3. Asfiksiya turi. Bu turda zararlanish azot kislota oksidlarining juda yuqori
kontsentratsiyasidan nafas olinganda yuzaga keladi. Bunda birdaniga bug`ilish paydo
bo’ladi va tezda nafas olish to’xtaydi, talvasalar paydo bo’ladi va kishi o’ladi.
4. Kombinatsiyalangan tur. Oksidlardan nafas olinganda tezda miyada klinik
simptomlar rivojlanadi: bosh aylanishi, kuchli gangish holati, hushdan ketish va
tsianoz rivojlanadi. Azot kislotasi oksidlari bor havodan chiqarilgandan keyin odam
darrov o’ziga keladi, lekin bir necha soat o’tishi bilan hansirash paydo bo’ladi,
tsianoz kuchayadi, o’pkaning toksik shishi rivojlanadi. Bu holdagi zaharlanishlar ro’y
bersa, kamdan-kam holda odam tirik qoladi.
Mahalliy teri quyishlari ro’y berganda birinchi yordam ko’rsatish kimyoviy
agentni tezroq yo’qotishga, uning teridagi kontsentratsiyasini kamaytirishga
qaratilgan bo’ladi. Asosiy natija oqar suv tagida yuvilganda kuzatiladi. Kuygan joyni
darhol ishqorli eritma (natriy gidrokarbonat) bilan yuvish kerak Kuygan yuzadan
kimyoviy agent qancha tez ajratilsa, natija shuncha yaxshi bo’ladi.
Agar kiyim kimyoviy faol moddalardan namiqqan bo’lsa, uni tezrok ajratishga
kirishish kerak Buning uchun kuchli bosim ostidagi suvda (kiyimda) yuvinish lozim.
SHunda kiyim bilan teri orasida maxsus bo’shliq paydo bo’ladi va kiyimni echishga
imkoni tug`iladi.
Kimyoviy kuyishlarga mahalliy davo qilish termik quyishlarga davo qilishdan
unchalik farq qilmaydi. Kuygan yuzaga mahalliy davo qilish ochiq va yopiq usulda
olib boriladi. Ochiq usulda zararlanganlar chiroqlar o’rnatilgan maxsus karkas tagiga
yotqiziladi, u havo namligini kamaytirib, haroratni bir oz oshiradi. Bu o’z navbatida
kuygan yuzada quruq qavat (strup) paydo bo’lishiga hamda kuygan yuzani kuzatib
turishga imkon beradi. Kuygan yuza har kuni antiseptiklar (furatsilin, sulfamilon)
bilan artib turiladi. Bunda kaliy permanganat (margantsovka) ning 1:5000 eritmasi
kuniga 3— 4 martadan ishlatiladi.
Kuyishga yopiq usul,. ya`ni bog`lamlar bilan davo qilish keng tarqalgan- SHu
maqsadda bakteritsid va og`riqsizlantirish xususiyatiga ega bo’lgan 5—10% li
sintomitsin, 0,5% li furatsilin, 10% li anestezin,. Vishnevskiy malhami ishlatiladi.
Kuygan yuza tozalangandan so’ng shu surtmalar surtilgan bog`lam qo’yiladi, yiring
bo’lmasa 6—8 kungacha bog`lam almashtirilmaydi. Odatda 6—12 kun ichida
epitelizatsiya jarayoni boshlanadi,o’rta hisob bilan I-darajadagi quyish 2—3 kunda,
II-darajali kuyish 10—12 kunda, III—IV-darajadagi kuyishlar 50—60 kunda tuzalib
ketadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
57
Kuzga sirka kislotasi tushganda zudlik bilan ko’p miqdordagi oqar suv tagida
10—15 daqiqa davomida yuvish zarur(2% li natriy biokarbonat eritmasi bilan
yuviladi). Kuzdagi og`riqni qoldirish uchun 1—2 tomchi 2% li novokain eritmasi
yoki 0,5% li dikain eritmasi tomiziladi va 30% li albutsid eritmasi qovoqlar orqasiga
qo’yiladi. Kuzga 5—10% li sintomitsin yoki tetratsiklin malhami surtiladi.
O’pkaning toksik shishi rivojlanganda avvalo zararlanganlar zudlik bilan
zaharlanish o’chog`idan olib chiqib ketilishi kerak Davolash ishlari xuddi bo’g`uvchi
zaharlovchi moddalardagi kabi olib boriladi
www.ziyouz.com kutubxonasi
|