O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

 
TERINI PARVARISH QILISH 
 
Teri himoya, sezgi, ter ajratish, issiqlikni idora qilish, nafas 
olish  kabi  besh  vazifani  bajaradi.  Teri  insonlarni  shikastlardan, 
ortiqcha quyosh nuridan, tashqi muhitning zararli moddalaridan 
hamda  mikroorganizmlardan  himoya  qiladi.  Teri  moddalar  al-
mashinuvida, asosan, gazlar almashinuvida ishtirok etadi. Uning 
eng muhim analizatorlik vazifasi terida joylashgan nerv oxirlari, 
ya’ni tashqi muhitdan organizmga ta’sir qiladigan turli - tuman 
taassurotlarni  (issiq,  sovuq,  og‘riq,  bosim)  qabul  qiladigan 
retseptorlar  orqali  amalga  oshadi.  Yoz  kunlari  harorat  yuqori 
darajaga  ko‘tarilganda  organizmning  issiqlik  ta’siriga  javob 
reaksiyasi  (ter  ajratish  natijasida)  tashqi  muhit  bilan  organizm 
teriga ortiqcha talab qo‘yadi.  
Teri  o‘z  vazifasini  bajarish  uchun  ozoda  bo‘lishi  kerak. 
Buning  uchun  har  kuni  ertalab  va  kechqurun  yuvinib  turish 
zarur.  Shunga  ko‘ra  bemorning  ozodalikka  rioya  qilishi  katta 
ahamiyat kasb etadi. Badandan ajralayotgan yog‘, ter mikrob va 
changlar  bilan  qo‘shilib,  terini  ifloslantiradi.  Og‘ir  yotgan 
bemorlarda  terining  ifloslanishi  uchun  sharoit  vujudga  keladi. 
Yotoq  rejimdagi  bemorlar  haftada  bir  marta  gigiyenik  vanna 
yoki  dush  qabul  qilishlari  lozim.  Og‘ir  yotgan  bemorlarning 
badan terisi har kuni bir necha marta nam sochiq bilan artiladi. 


88 
Terini artish uchun zararsizlantiruvchi spirtli eritma, sirka kislo-
tasining  0,1%  li  eritmasi  yoki  kamfora  spirti  va  boshqalardan 
foydalaniladi.  
Yotoq yaralar eng ko‘p paydo bo‘ladigan soha dumg‘azadir. 
Kamroq  hollarda  ular  kurak,  tovon,  ensa,  tirsak,  quymuch 
do‘mboqlari va suyak bilan to‘shak orasida yumshoq to‘qimalar 
uzoq  vaqt  bosilib  turadigan  sohalarda  paydo  bo‘ladi.  Terining 
shu sohalariga bosim tushishi, qon aylanishining kamayishiga va 
to‘qimalarning qon bilan yetarli darajada ta’minlanmaslikka olib 
keladi. 
Yotoq  yaralar  asta-sekin,  ko‘pincha  bemorning  o‘zi  ham 
sezmaydigan  holda  avj  oladi.  Ular  quruq  va  infeksiya  tushishi 
natijasida yiringli yoki irigan bo‘ladi. Avvaliga teri qizarib so‘ng-
ra  yiring  bilan  to‘lgan  pufakchalar  yuzaga  keladi.  Ular  davo-
lansa,  yoriladi,  bunda  terining  so‘rg‘ichli  qavati  ochilib  qolib, 
rangi asta-sekin xiralashadi va jonsizlanish vaqtiga kelib, deyarli 
qorayadi.  O‘lgan  to‘qimalar  ko‘chib  tushadi  va  yotoq  yaraning 
ichkarisida  aksariyat  suyak  ko‘rinib  qoladi.  Darmonsiz  bemor-
larda  yotoq  yaralarning  tez  avj  olishi  umuman  qon  zararlani-
shiga va ba’zan o‘limga sabab bo‘ladi. To‘qimalarga tushadigan 
bosimni  bartaraf  qilish,  terini  yaxshi  parvarishlash  va  yotoq 
yaralarni to‘g‘ri davolash samarali natija berishi mumkin. Biroq 
shunga  qaramay,  yotoq  yarani  davolashdan  ko‘ra  uning  oldini 
olish osondir. Tibbiy-ijtimoiy xodim bemorga va uni yaqinlariga 
yotoq  yaralar  xavfi  va  ularni  oldini  olish  haqida  axborotni 
yetkazishi kerak.  
Yotoq  yaralarining  yuzaga  kelishiga  ko‘pincha  bemorlarni 
yaxshi  parvarish  qilmaslik:  notekis,  qattiq  o‘rin,  uning  tez-tez 
to‘g‘rilanib  turilmasligi,  almashtirilmasligi  va  shu  sabab  choy-
shabda  mayda  ushoqlar,  burmalar  bo‘lishi,  choyshab  va  ko‘y-
lakdagi  choklar,  bemor  ichkiyimini  kam  almashtirish,  siydik  va 
axlat  tegib  bulg‘angan  badan  terisini  vaqti-vaqtida  yuvib 
turmaslik sabab bo‘ladi.  

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin