Maktabgacha ta'lim Klasterlarida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix30.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56726
Ergasheva tursunoy Karimovna



Maktabgacha ta'lim

Klasterlarida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida

pedagog kadrlarining

2022- yil aprel oyida malaka oshirish bo'yicha

Maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi

Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi

Ergasheva tursunoy Karimovnaning

"ILK QADAM " davlat o'quv dasturi

bo'yicha May oyining

“Men va mening uyim. 9-may  Xotira va qadrlash kuni”

mavzusidagi mashg'ulotni tashkil etish va o'tkazish metodikasi

yuzasidan

TAQDIMOTI



Reja:

1.Kirish


2.Men va mening uyim. 9-may  Xotira va qadrlash

kuni. 


3.Inson xotirasi – muqaddas, inson qadri – ulug‘.

4.Xulosa 




Kirish

Maktabgacha yoshdagi va kichik yoshdagi o'quvchilarda tasavvurni rivojlantirish bolaning umumiy 

rivojlanishining ajralmas qismidir. Ijodkorlik va yangi narsa yaratish qobiliyati aqlli odamning asosiy 

fazilatlaridan biridir. Agar ishga qabul qilishda avval bilim va tajriba qadrlangan bo‘lsa, endi yaxshi 

tasavvur va iste’dodga ega bo‘lish zarur. Ijodkor odamlar bugungi kunda deyarli barcha sohalarda 

talabga ega.

Bolaning ongida qanchalik ko'p bilim va g'oyalar paydo bo'lsa, unga tasavvur qilish uchun yangi 

kombinatsiyalarni yaratish osonroq bo'ladi. Taklif etilayotgan o'yinlar va mashqlar bolangizning 

tasavvurini rivojlantirishga yordam beradi.

Kattaroq maktabgacha yoshdagi bolaning tasavvuri kichik yoshdagi bolalarning tasavvuridan biroz 

farq qiladi: u allaqachon maqsadga muvofiqroq. Katta maktabgacha tarbiyachi allaqachon o'z 

ijodiy ishlarini rejalashtirmoqda, o'z tasavvurlari yordamida loyihalash, chizish, modellashtirishda 

nimani olishini tasavvur qiladi. Kichkina ijodkor o‘z oldiga maqsad qo‘yadi va unga erishish 

yo‘llarini izlaydi. Ya'ni, u o'z rejasi asosida ijodiy faoliyat olib boradi. Katta yoshdagi maktabgacha 

yoshdagi bolalar uchun ularning g'oyalari haqiqatga qanchalik mos kelishi muhimdir. 



Ta’limiy maqsad:  Bolalarni jamosda ishlash mahoratini, qo’l mayda matorikalarini va 

tafakkurini                        

rivojlantirish , lug’at boyligini boyitish, tovushni to’gri talaffuz etish, ijodiy qobiliyatni 

rivojlantirish, hayot xavzligi asoslariga rioya qilish, kompozitsiya va ranglarni his qilish, 

ziyraklikni tarbiyalash . 

Tarbiyaviy maqsad: Kattalar va tengdoshlari bilan muloqot qilish ko’nikmalarini 

shakllantirish, bir-birlarini hurmat qilishga urgatish, mehnatsevarlikni ulug’lash, 

Kerakli jihozlar: Karton, qaychi, rangli qog’oz, yelim, uy rasmlari, bo’yoq, mo’y qalam, 

plastilin, J tovushiga mos predmetli rasmlar, rangli qalam, AKT , avtobus atributi, 

o’yinchqlar, oldindan tayyorlangan pul va chiptalar, teatr bezaklari.





Faoliyatning borishi: 

Kirish. Tarbiyachi bolarni diqqatini o’ziga jalb qilib , Faoliyatni boshlaydi.

–Vatanimiz qayer? 

–Bolajonlar hozir qaysi fasl?

–Bahorning nechanchi oyi?

–Bahor oylarini kim ketma-ketlikda sanab bera oladi?

–Bahor faslida ob-havolar qanday bo’ladi?

–Kelinglar yomg’ir qo’shig’imizni birgalikda aytaylik.(Raqs)

Asosiy qism.

O’ng tomonga qaraymiz,  Diqqatimizni jamlab,

Chap tomonga qaraymiz,  Faoliyatni boshlaymiz.

–Biz o’tgan oy va hayta mavzumiz nomi nima edi?

–Yer sayyorasining globusdagi tasviridagi havorang joylar nimani ifodalaydi?

–Suvlikda nimalar yashaydi?

–Quruqlikda nimalar joylashgan?




Tarbiyachi:Bolajonlar bizning yangi oy mavzumiz: “Asbob va anjomlar” , hafta 

mavzumiz: “Men va mening uyim”.Men va mening uyim ingliz va rus tilida qanday 

bo’ladi? Kelinglar kimligimizni tanishtiraylik va bahor faslida yod olgan 

she’rlarimizn aytaylik.(Barcha bolalar o’zlarini tanishtirdilar va she’r, qo’shiq 

aytdilar) 

–Men Abdullajonov Shahbozbek. Yoshim 4 da. Men To’ptol qishlog’ida yashayman.

Koptogi suvga tushdi,

Tanya yig’lar hech tinmas,

Qo’y tig’lama Tanyaxon,

Koptoging cho’kib ketmas.

Tarbiyachi: Bolajonlar men sizlarning e’tiboringizga turli uylar ko’rinishlarini va “ 

G’aroyib sayohat”

multfilmini namoyish etaman.




Inson, xalq, millat tarixiy xotira bilan tirik, barhayot. Ayniqsa, 

o‘tganlarning xayrli ishlarini yodga olmoq, qadrlamoq biz uchun ham 

farz, ham qarzdir. Shu ma’noda, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan 

minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish va e’zozlash, og‘ir jangu 

jadallarni boshdan kechirgan, yarador bo‘lib qaytgan keksalarimizni, 

front ortida mashaqqatli mehnati bilan g‘alabaga hissa qo‘shgan 

insonlar, ayniqsa, onalarimizning hurmat-ehtiromini joyiga qo‘yish va 

munosib taqdirlash milliy qadriyatlarimiz qatoridan keng o‘rin olgani 

quvonchli.

Eng muhimi, yoshlarimiz ongu shuurida o‘tganlarni xotirlash, 

tiriklarni qadrlashdek insoniy fazilatlar tobora mustahkam 

muhrlanmoqda. Kechagi kun saboqlarini, xalqimiz kelajagi yo‘lida 

jonini fido qilgan insonlarni xotirlash bugungi va ertangi kunimizni 

qadrlashga o‘rgatadi. Xotira bo‘lmas ekan, Qadrlash ham yo‘q. Ushbu 

tushunchalar mustaqillik davri avlodi uchun o‘ziga xos ma’naviy 

qadriyatga aylandi. Illo, Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, buyuk 

g‘alabani buyuk jasoratli insonlar ta’minlagan va biz, minnatdor 

avlodlar bu fidoyi yurtdoshlarimizni doimo ulug‘laymiz, ularning 

beqiyos matonati va xotirasi oldida hurmat bilan bosh egamiz.




- Bugun, 9 may – yurtimizda Xotira va qadrlash kuni deb nom olgan umumxalq bayrami 

bilan barcha yurtdoshlarimizni qutlayman, - dedi Islom Karimov jurnalistlar bilan 

suhbatda. - Mana shunday ulug‘ kunda xalqimiz shu yorug‘ va farovon kunlarga 

shukronalar aytish barobarida, hayotimizning tinchligi va osoyishtaligi, osmonimizning 

musaffoligi uchun jangu jadallarda jon olib-jon bergan ajdodlarimiz xotirasi oldida haqli 

ravishda bosh egadi. Shu bilan birga, bugun hayot, oramizda yashayotgan urush 

qatnashchilarini har qancha qadrlasak arziydi.

Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan g‘alabani ta’minlashda ko‘plab xalqlar qatori 

O‘zbekiston xalqi ham juda katta hissa qo‘shgan. O‘sha paytda yurtimizda qariyb 3,5 

million aholi istiqomat qilgan bo‘lsa, ulardan taxminan 1,5 million nafari urushga 

safarbar etilgan. O‘z Vatanining erkinligi va ozodligi uchun, bugun biz kechirayotgan 

osuda hayot uchun 400 ming nafardan ziyod vatandoshimiz urush maydonlarida qurbon 

bo‘lgan, yana qanchadan-qancha kishilarimiz bedarak ketgan.

Buncha odamning qurbon bo‘lganini o‘ylash, ko‘z o‘ngidan o‘tkazishning o‘zi 

iztirobli. Zotan, janggohlarda halok bo‘lgan birgina odam ham – Inson. Uning hayoti 

bemahal yakun topdi, orzu-umidlari ro‘yobiga chiqmay xazon bo‘ldi. Bu yo‘qotishning 

ortida yana qanchadan-qancha qayg‘u, g‘am-alam, hasratlar yotibdi. Beva-bechorayu 

yetim-yesirlar, farzandi yo‘liga ko‘z tikkan onaizorning umidu nadomatlari mujassam shu 

birgina achchiq yo‘qotishning zamirida...



Xulosa.

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalarning uchta turini 

ko‘rsatish mumkin: – qabul qilinishiga qarab aytiladigan hikoyalar 

(bolaning hikoya paytida nimani ko‘rayotganligi haqida hikoya); –

xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nimalarni qabul 

qilganligi haqida hikoya); – tasavvur asosida hikoya qilish (o‘ylab 

topilgan hikoya). Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli 

materiallarga asoslangan bo‘lib, bolalar faktlarni bayon qiladilar. 

Tasavvurga asoslangan hikoyalar ijod mahsuli bo‘lib, unda hikoyachi 

bola mavzuga qarab o‘z tajribasining shaklini o‘zgartiradi hamda yangi 

vaziyat va obrazlar yaratadi. Bitta mashg‘ulotda bitta fikrda hikoyalar 

turlarining aralashib ketishiga yo‘l qo‘yish mumkin: bola o‘yinchoqni 

tavsiflab (qabul qilish asosidagi hikoya) bo‘lganidan so‘ng uni qayerdan 

sotib olganligi yoki uni qanday qilib tuzatganini (xotira asosidagi 

hikoya) aytib berishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha 

hikoyalar turlari ta’lim maqsadlaridan kelib chiqqan holda tavsiflash, 



bayon qilish yoki shunchaki mulohaza yuritish sifatida bajarilishi 

mumkin. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin