Javob: Qorako‘l terisi.
350-savol: Vladimir Voroshilovning sevimli iborasi bor: “Birinchisini ko‘rdingmi-uni qo‘y.
Ikkinchini ko‘rdingmi-uni o‘tqaz. Agar hech nima ko‘rmayotgan bo‘lsang, qog‘oz va matoni
vayron qilma”. Siz menga birinchi va ikkinchini o‘zaro birlashtirgan va bundan bir yangilikni
yaratgan insonni ayting.
Javob: Morze (Gap bu yerda nuqta va chiziq, ya’ni tire haqida ketmoqda).
2007 yil.
351-savol: Gruziyaning Alazan vodiysidagi Kaxetiya tumanida bir shahar bor. Bu shaharning
nomini eshitgan kishining hayoliga Osiyoning boshqa davlatidagi shahar keladi. Lekin har
ikkalasida ham gruzinlar yashaydi. Endi siz menga bu ikkala shaharda yashovchi ikki inson
o‘zaro suhbatlashayotib, ehtiroslarga barilib ketib nima qilishganini ayting.
Javob: Qo‘shiq kuylashgan.
352-savol: U 1966 yilda Saratovda tug‘iladi, erta bolaligida ota-onasidan mahrum bo‘ladi va
otasining ukalaridan biri tomonidan asrab olinadi. Gubkin nomidagi Moskva neft va gaz
institutida tahsil oladi. Endi siz menga u 2003 yilda nimani harid qilganini ayting.
Javob: Angliyaning “Chelsi” futbol klubi.
353-savol: Bu Rossiya flotining birinchi rangiga tegishli a’zosi rus-yapon, birinchi jahon,
fuqarolar, Ulug‘ Vatan urushlarida qatnashgan. Uning Diana va Pallada ismli ikkita singlisi ham
bo‘lgan. Endi siz menga hozir u qaerda yashashini ayting.
Javob: Sankt-Peterburgda, Kichik Nevaning chap qirg‘og‘ida.
354-savol: Bu mamlakat gerbida bir nechta hayvonlarni ko‘rish mumkin: sut emizuvchilar,
qushlar. Lekin ularning ko‘pchiligi bu davlatga aloqador emas. Faqat asosiy fondagi bir su
emizuvchi va qushni avtoxton desa bo‘ladi. Siz menga bu davlat rahbari kim ekanligini ayting.
Dostları ilə paylaş: |