1-
BILET
Tarix
9-sinf
1. Qadimgi Misr va Qadimgi Xitoy sivilizatsiyalarini taqqoslang.
Misr, Mesopotamiya va Hindistondagi kabi Xitoyda ham
qadimgi
sivilizatsiyalar Xuanxe va Yantszi degan katta daryolar bo’ylarida vujudga
kelgan. Mil. avv. 3-ming yillikning oxirlarida qadimgi Xitoy hududida ilk
davlat Xuanxe daryosining o’rta oqimida paydo b’oladi. Bu davlatni Sya sulo-
lasi hukmdorlari boshqarib turganlar. Shan qabilasining boshlig’i Sya sulolasi
podshosini taxtdan ag’darib, davlatni o’ziga bo’ysundir- gan. Shu tariqa davlat
nomi ham uning bosh shahri nomi kabi «Shan» deb atal- gan. Mil. avv. 3-ming
yillikning Shan- ga qo’shni chjou qabilasi bostirib kiradi, uning hukmdori Shan
yerlarini o’zinikiga qo’shib oladi va «Chjou» degan katta davlat- ni bunyod
etadi. Davlat ulkanligi bois hukm- dorlar uni «Osmon ostidagi podsholik»,
o’zlarini esa «Osmon o’g’illari» deb atash- gan. Butun Shimoliy Xitoy ana shu
davlat tarkibiga kirgan.
Misrning XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi tarixi Turkiya
hukmronligidan ozodbo’lish va inglizlarning mustamlakachiliksiyosatiga qarshi
kurash bayrog’i ostida o’tgan o’zgarishlar davribo’ldi. Musulmon ruhoniylaridan
al-Azhar
madrasasida
mudarris
bo’lganJamoliddin
al-Afg’oniy
va
uningshogirdlari milliy-ozodlik harakatidakatta obro’ qozonishdi. Ular
barchamusulmonlarni
mustamlakachilarga,Turkiya
zulmiga
qarshi
birlashuvga,konstitutsiyaviy
tuzum
o’rnatilishigachaqirdilar.
1871-yilda
Jamoliddin al-Afg’oniy ―Xizb ul-Vatan‖ (‘Vatanpartiyasi―) partiyasini tuzdi.
Bupartiya chet elliklarga qarshi ‘Misrmisrliklarniki― shiori ostida
kurashdi.’Vatan―chilar hukmdor (Hadiv)ning huquqini cheklovchi konstitutsiya
uchun kurashdilar. 1882-yil 7-fevral kuni Hadiv yangiqonunga imzo chekishga
majbur bo’ldi. Unga ko’ra, hukumatDeputatlar palatasiga bo’ysunadigan,
parlament budjet ustidannazorat qilish huquqini oladigan, birorta qonun
deputatlar palatasiruxsatisiz qabul qilinmaydigan bo’ldi. Bularning hammasi
feudal mustabid tuzumidan burjua parlament tuzumiga o’tish yo’lidagikatta
g’alaba
edi.Chet
elliklar
Misr
hukumatiga
ultimatum
yuborib,
amaldagihukumatni tarqatishini talab qildilar. Mustamlakachilarning butalabi
bajarilmadi. Bunga javoban Buyuk Britaniya 1882-yildaIskandariyani to’plardan
o’qqa tutdi. Uning desanti shaharni egalladi. Bunga qarshi, Misr qo’shini
rahbarlaridan biri AhmadOrabibey Qohirada oliy davlat organi — Muvaqqat
kengash tuzdi.U 60 ming kishilik qo’shin to’pladi. Ko’p o’tmay
inglizlarSuvayshni bosib oldilar va Qohiraga yurish boshladilar. 1882-
yilsentabrda Misr qo’shinlari yengildi. Polkovnik Ahmad OrabibeySeylon
oroliga umrbod surgun qilindi. Shunday qilib, Misr BuyukBritaniya
mustamlakasiga aylandi.
2. Napoleon Bonapartning Yevropa tarixidagi tutgan o’rni haqida fikr bildiring.
Napoleon Bonapart (frans. Napoléon Bonaparte, ital. Napoleone
Buonaparte; 1769-yil 15-avgust — 1821-yil 5-may) — fransuz inqilobining
oxirgi bosqichlarida va Fransuz inqilobi urushlarida mashhurlikka erishgan
fransuz qoʻmondoni va siyosiy yetakchisi. Napoleon i, Napoleon Bonapart
(1769.15.8, Ayachcho shahri, Korsika o. — 1821.5.5, Muqaddas Yelena o.) —
fransuz davlat arbobi va sarkardasi, Fransiya Respublikasining birinchi konsuli
(1799—1804), Fransiya imperatori (1804—14 va 1815). 10 yoshida
Fransiyaning Oten kollejiga kirgan, soʻng oʻsha 1779 yilda Briyenn harbiy oʻquv
yurtiga koʻchirilgan. 1784 yil mazkur oʻquv yurtini muvaffaqiyatli tamomlab,
Parij harbiy maktabiga (1784—85) oʻtgan. 1785 yil podporuchik unvonida
armiya xizmatini boshlagan. Maxsus, umumiy ilmiy, falsafiy, siyosiy, badi-iy
adabiyotni oʻqib oʻrgangan. Ilgʻor fransuz maʼrifatparvarlari ruhida
tarbiyalangan H.I 1789 yil Buyuk fransuz inqilobini iliq kutib olgan.U inqilob
qoʻlga kiritgan demokratik yutuqlarni bekorga chiqargan. Ammo, iqtisodiy
sohada inqilob samaralarini, shu jumladan, mulkni qayta taqsimlash tadbirini
himoya qilgan, sanoat va savdoning rivojlanishiga katta eʼtibor bergan. 1800 yil
fransuz bankiga asos solgan.
3. “Miniatura” atamasiga izoh bering.
Miniatura (frans. miniature; lot. minium — qizil boʻyoq) — badiiy
usullari oʻta nafis boʻlgan kichik hajmli (moʻʼjaz) tasviriy sanat asarlari. Oʻrta
asr qoʻlyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis moʻʼjaz rasmlar,
shuningdek, suyak, pergament, magʻzi soxta (toshqogʻoz), metall, chinni, baʼzan
maishiy buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va boshqalar)ga ishlangan kichik
hajmdagi rangtasvirga ham M. atamasi qoʻllanadi